YouVersion Logo
Search Icon

Matto Kirish

Kirish
Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning oʻn ikki shogirdidan biri boʻlgan Mattodir. U oʻz Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.
Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, paygʻambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, yaʼni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi. Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb taʼriflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa koʻp taʼlim beradi.
Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning eʼtiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini koʻrsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda oʻsishlari uchun zamin yaratmoqchi boʻladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bogʻlab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga koʻp ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki koʻp ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha boʻlgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud Oʻgʻli” ekaniga katta eʼtibor berilgan.
Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur boʻlib, odamlarga yod boʻlib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirigʻi ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)

Currently Selected:

Matto Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy