YouVersion Logo
Search Icon

Malaki 4

4
4–BOB
Egamizning kuni yaqinlashib qoldi
1Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, Egangizning kuni#4:1 Egangizning kuni — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. yaqinlashib qoldi. Oʻsha kun lovullagan tandirday boʻladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi goʻyo xas–choʻpdir. Kelayotgan oʻsha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.
2Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qoʻrqadiganlar, najot quyosh kabi koʻtariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Ogʻilxonadan qoʻyib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar. 3Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan oʻsha kunda ular oyogʻingiz ostidagi tuproqday boʻladi, — deydi Sarvari Olam. 4— Qulim Musoning koʻrsatmalarini eslang. Unga Sinay togʻida#4:4 Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi. butun Isroil xalqi uchun bergan odil qonun–qoidalarimni esga oling. 5Mana, Men, Egangizning ulugʻ va dahshatli kuni kelishidan oldin, oldingizga Ilyos paygʻambarni yuboryapman. 6Ilyos otalarning yuraklarini farzandlariga, farzandlarning yuraklarini esa otalariga moyil qiladi. Toki Men yurtni laʼnatlab yoʻq qilmayin.”

Currently Selected:

Malaki 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy