YouVersion Logo
Search Icon

Matto 8

8
8–BOB
Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sogʻaytiradi
1Iso togʻdan tushganda katta bir olomon Uning orqasidan ergashdi. 2Shu orada teri kasalligiga#8:2 teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yoʻliqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qoʻyilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang). chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz choʻkib, dedi:
— Hazrat#8:2 Hazrat — yunoncha matnda kurios. Bu oʻrinda obroʻ–eʼtiborli insonga nisbatan ishlatiladigan soʻz sifatida qoʻllangan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… soʻziga qarang., bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan Siz poklay olasiz.
3Iso qoʻlini uzatib, unga tekkizdi–da:
— Istayman, pok boʻl! — dedi. Teri kasalligiga chalingan odam shu zahoti dardidan forigʻ boʻldi. 4Iso unga dedi:
— Menga qara! Bu toʻgʻrida birovga ogʻiz ocha koʻrma. Borib, oʻzingni ruhoniyga#8:4 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang. koʻrsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun#8:4 Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun… — yoki Men Xudoning qonuniga jiddiy qarashimni ruhoniylar koʻrishlari uchun…. Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir#8:4 …oʻzingni ruhoniyga koʻrsat…Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir — Levilar 14:1-32 ga qarang..
Rim yuzboshisining imoni
5Iso Kafarnahum shahriga kirib kelganda, bir Rim#8:5 Rim — oʻsha davrda qadimgi Falastin Rim imperiyasi hukmronligi ostida edi. yuzboshisi Uning oldiga kelib, yolvordi:
6— Hazrat, xizmatkorim uyda toʻshakka mixlanib yotibdi. U qattiq azob chekyapti.
7— Mayli, Men borib, xizmatkoringizni sogʻaytiraman, — dedi Iso. 8Yuzboshi shunday dedi:
— Hazrat! Kulbamga oyoq bosishingiz uchun nomunosibman. Siz buyursangiz, bas, xizmatkorim sogʻayib ketadi. 9Men oʻzim buyruqqa tobe odamman, ammo mening ham qoʻlim ostida askarlarim bor. Biriga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
10Iso yuzboshining bu gapini eshitib, hayratlandi. U orqasidan ergashib kelayotganlarga dedi:
— Sizlarga chinini aytayin: Men Isroil xalqi orasida bunday kuchli imonga ega boʻlgan bironta odamni uchratmadim. 11Sizlarga shuni aytaman: koʻp odamlar sharqu gʻarbdan kelib, Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub bilan birga Osmon Shohligida ziyofatga oʻtiradilar. 12Osmon Shohligining merosxoʻrlari#8:12 Osmon Shohligining merosxoʻrlari — Isroil xalqiga ishora. Yana 22:1-14 ga va Luqo 13:28-30 ga qarang. esa tashqaridagi zulmatga quvib chiqariladi. Ular u yerda qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadilar.
13Keyin Iso yuzboshiga dedi:
— Boring, siz ishonganingizday boʻlsin.
Yuzboshining xizmatkori oʻsha zahoti sogʻayib ketdi.
Iso koʻp odamlarga shifo beradi
14Iso Butrusning uyiga kelganda, uning qaynanasi isitmalab, toʻshakda yotganini koʻrdi. 15Iso uning qoʻliga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol turib, Unga xizmat qildi.
16Kech kirganda#8:16 Kech kirganda… — yahudiylarning urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi (Mark 1:21, 29). Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi. Isoning oldiga jin chalgan koʻplab odamlarni olib kelishdi. U soʻz bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi. 17Shu tariqa Ishayo paygʻambarning quyidagi aytgan soʻzi bajo boʻldi:
“Dardlarimizni U Oʻziga oldi,
Ogʻriqlarimizdan bizni forigʻ qildi.”#8:17 Ishayo 53:4 ga qarang.
Isoga ergashish shartlari
18Iso atrofida bir talay olomonni koʻrib, shogirdlariga koʻlning narigi tomoniga#8:18 koʻlning narigi tomoni — Jalila koʻlining sharqiy qirgʻogʻiga ishora. oʻtishni buyurdi. 19Shu payt Isoning oldiga Tavrot tafsirchisi kelib dedi:
— Ustoz, qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman.
20Iso unga shunday dedi:
— Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson Oʻgʻlining#8:20 Inson Oʻgʻli — Iso Masih koʻpincha Oʻziga nisbatan ishlatgan unvon. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi INSON OʻGʻLI iborasiga qarang. esa bosh qoʻyadigan joyi yoʻq.
21Shogird boʻlgan boshqa bir odam esa Isoga:
— Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi. 22Iso esa Unga dedi:
— Sen ortimdan yur. Marhumlarni ruhan oʻlik boʻlganlar#8:22 ruhan oʻlik boʻlganlar — yunoncha matnda oʻlik boʻlganlar. dafn qilsinlar.
Iso boʻronni tinchitadi
23Iso qayiqqa tushdi, shogirdlari ham Unga ergashib, qayiqqa tushdilar. 24Shu orada koʻlda boʻron koʻtarildi, toʻlqinlar qayiqni suvga toʻldira boshladi. Iso esa uxlayotgan edi. 25Shunda shogirdlari Isoning oldiga borib:
— Hazrat, bizni qutqaring! Halok boʻlyapmiz! — deb Isoni uygʻotdilar. 26Iso ularga dedi:
— Nega qoʻrqyapsizlar, ey imoni sustlar?
Soʻng turib, shamolga va toʻlqinlarga doʻq urdi. Shu ondayoq chuqur sukunat choʻkdi. 27Qayiqdagilar hayratlanib, bir–biriga:
— Bu kim boʻldi ekan–a? Hatto shamol va toʻlqinlar Unga boʻysunadi–ya! — deyishdi.
Jinga chalingan ikki odamga Iso shifo beradi
28Iso koʻlning narigi qirgʻogʻiga, Gadara#8:28 Gadara — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Gergesa yoki Gerasa. Gadara shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda gʻayriyahudiylar istiqomat qilardi. shahrining yaqiniga yetib bordi. Shunda jinga chalingan ikki odam qabrlar orasidan yugurib kelib, Isoning qarshisidan chiqishdi. Ular shunchalik vahshiy edilarki, bironta odam u yerdan oʻta olmasdi. 29Ular shunday deb baqirishdi:
— Ey Xudoning Oʻgʻli!#8:29 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. Bizni tinch qoʻy! Sen bizga vaqtidan oldin azob bergani bu yerga keldingmi?
30Ulardan nariroqda katta bir choʻchqa podasi oʻtlab yurgan edi. 31Jinlar Isoga yolvorib:
— Agar bizlarni quvib chiqaradigan boʻlsang, unda choʻchqa podasiga yuborgin, — deyishdi. 32Iso ularga:
— Boringlar! — deyishi bilanoq, jinlar odamlar ichidan chiqib, choʻchqalarga kirib olishdi. Shu onda butun choʻchqa podasi tik qiyalikdan koʻlga yopirilib, suvda nobud boʻldi. 33Choʻchqa boquvchilar esa qochib shaharga bordilar. Jinga chalinganlar bilan boʻlib oʻtgan hodisani hammaga gapirib berdilar. 34Shunda butun shahar aholisi Isoning oldiga bordi. Uni koʻrgach, hududimizdan chiqib keting, deb oʻtinib soʻradilar.

Currently Selected:

Matto 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy