YouVersion Logo
Search Icon

Matto 9

9
9–BOB
Iso sholni sogʻaytiradi
1Iso qayiqqa tushib, koʻlning narigi tomonidagi Kafarnahum shahriga suzib bordi. U oʻsha paytda Kafarnahumda yashardi. 2Iso shaharga kirishi bilanoq bir necha kishi Uning oldiga toʻshakda yotgan bir shol odamni koʻtarib keldilar. Iso ularning ishonchini koʻrib, sholga:
— Dadil boʻl, oʻgʻlim, gunohlaring kechirildi, — dedi. 3Shunda Tavrot tafsirchilaridan baʼzilari oʻzlaricha: “Bu Odam kufrlik qilyapti–ku!” deyishdi. 4Ularning bu oʻy–fikrlarini bilgan Iso dedi:
— Nega sizlar bunday yomon narsalarni oʻylaysizlar? 5Qaysi biri osonroq? “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “Oʻrningdan turib yur!” deb aytishmi? 6Inson Oʻgʻliga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib olasizlar.
Iso shunday dedi–yu, sholga:
— Oʻrningdan tur! Toʻshagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi. 7Shol oʻrnidan turib, uyiga ketdi. 8Olomon bu voqeani koʻrib, qoʻrqib ketdi#9:8 …qoʻrqib ketdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida hayratga tushdi.. Ular inson zotiga bunday hokimiyat bergan Xudoni ulugʻladilar.
Iso Mattoni chaqiradi
9Iso yoʻlda davom etarkan, soliq yigʻadigan joyda oʻtirgan Mattoni koʻrib qoldi. Iso unga:
— Ortimdan yur! — dedi. Matto oʻrnidan turib, Isoga ergashdi.
10Bir ozdan keyin Iso Mattoning uyida mehmon boʻldi. Koʻp soliqchilar#9:10 soliqchilar — 5:46 izohiga qarang. va gunohkorlar kelib, Iso va Uning shogirdlari bilan birga dasturxon atrofiga oʻtirdilar. 11Farziylar buni koʻrib, Isoning shogirdlaridan:
— Nega Ustozingiz soliqchilaru gunohkorlar bilan birga yeb–ichib oʻtiribdi? — deb soʻradilar. 12Iso bu gapni eshitib, ularga shunday javob berdi:
— Sogʻlar emas, xastalar tabibga muhtojdir. 13Boringlar–da, Tavrotdagi: “Men qurbonlikni emas, rahm–shafqatni istayman”#9:13 Xoʻsheya 6:6 ga qarang. degan soʻzlarning maʼnosini oʻrganib kelinglar. Axir, Men solihlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
Roʻza tutish haqida savol
14Bir kuni Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar:
— Bizlar va farziylar koʻp roʻza tutamiz, nega Sizning shogirdlaringiz roʻza tutmaydilar?
15Iso ularga dedi:
— Kuyov davrada boʻlganda toʻydagi mehmonlar qaygʻuradimi? Biroq ular kuyovdan judo boʻladigan kunlar keladi, ana oʻshanda roʻza tutadilar. 16Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimni battar yirtib yuboradi. 17Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki mesh yorilib ketadi#9:17 …mesh yorilib ketadi… — qadimgi paytlarda suyuqlik odatda hayvon terisidan qilingan meshlarda saqlanardi. Uzum sharbati bijgʻib, sharobga aylanganda, meshlar shishardi. Mesh eskirgani sari oʻz choʻziluvchanligini yoʻqotgani bois, yangi sharob eski meshga solinganda, meshni yorib yuborardi., sharob ham toʻkiladi, mesh ham nobud boʻladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, shunda unisi ham, bunisi ham saqlanib qoladi.
Tirilgan qiz, sogʻaygan ayol
18Iso ularga bu soʻzlarni aytib turganda, bir sinagoga boshligʻi kelib qoldi. U Isoning oldida tiz choʻkib, shunday deb yolvordi:
— Qizim hozirgina vafot etdi. Yuring, qizimga qoʻlingizni tekkizing, u tirilib ketadi.
19Iso oʻrnidan turib, shogirdlari bilan oʻsha odamning orqasidan bordi. 20Shu payt oʻn ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol Isoning orqasidan kelib, Uning kiyimi etagiga qoʻl tekkizdi. 21U oʻzicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam, sogʻayib ketaman”, deb oʻylagan edi.
22Iso orqasiga oʻgirildi. Ayolni koʻrib, dedi:
— Dadil boʻl, qizim, ishonching seni sogʻaytirdi.
Ayol shu zahoti dardidan xalos boʻldi.
23Iso sinagoga boshligʻining uyiga yetib borganda, nay chaluvchilarni va dod–faryod qilayotgan olomonni#9:23 nay chaluvchilarni va dod–faryod qilayotgan olomon — baʼzan dafn marosimlari paytida dod–faryod qilib, aytib yigʻlash uchun yigʻichilar yollanardi. koʻrdi. 24Iso:
— Hammalaringiz chiqinglar! — deb buyurdi. — Qizcha oʻlmagan, u uxlab yotibdi.
Odamlar Isoning ustidan kulishdi. 25Olomon tashqariga chiqarilgandan soʻng Iso ichkariga kirib, qizchaning qoʻlidan ushladi. Qizcha oʻrnidan turib ketdi. 26Bu xabar butun atrofga yoyildi.
Iso ikkita koʻr odamga shifo beradi
27Iso u yerdan joʻnab ketayotganda, ikki koʻr Uning orqasidan ergashgancha dod solib:
— Ey Dovud Oʻgʻli#9:27 Dovud Oʻgʻli — yahudiylar shoh Dovud naslidan kelib chiqadigan Masihni shunday nom bilan atashar edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang. Iso, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi. 28Iso uyga kirganda, koʻrlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan soʻradi:
— Sizlarga shifo bera olishimga ishonasizlarmi?
— Ha, Hazrat! — deb javob berishdi ular. 29Shunda Iso ularning koʻzlariga qoʻlini tekkizib:
— Sizlarning ishonchingizga yarasha boʻlsin, — dedi. 30Ularning koʻzlari ochilib ketdi. Iso ularga:
— Buni hech kim bilmasin! — deb qatʼiy ogohlantirdi. 31Ammo ular oʻsha yerdan chiqiboq, butun atrofga Iso haqida ovoza qildilar.
Iso soqov odamga shifo beradi
32Ular ketgandan keyin, Isoning oldiga jin chalgan bir soqovni olib kelishdi. 33Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qolib:
— Isroil xalqi orasida bunday hodisa hech qachon boʻlmagan, — dedi. 34Ammo farziylar shunday derdilar:
— U ins–jinslar hukmdorining#9:34 ins–jinslar hukmdori — Baalzabul nomi bilan ham tanilgan (12:24 ga qarang). Bu nom shayton shohligidagi qudratli bir mavjudotga yoki shaytonning oʻziga ishora qiladi. kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.
Hosil moʻl, ishchilar oz
35Iso hamma shaharu qishloqlarga borib, sinagogalarda taʼlim berardi, Xudoning Shohligi toʻgʻrisidagi Xushxabarni eʼlon qilib, odamlarning turli xastaligu dardlariga shifo berardi. 36Iso olomonni koʻrib, ularga achinib ketdi, chunki ular choʻponsiz qoʻylarday dovdiragan va holdan toygan edilar.
37Shunda Iso shogirdlariga dedi:
— Hosil moʻl, ammo ishchilar oz. 38Shuning uchun hosil Egasidan: “Hosilingni yigʻib olishga yana ishchilar yubor”, deb soʻranglar.

Currently Selected:

Matto 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy