YouVersion Logo
Search Icon

Matto 24

24
24–BOB
Iso oxirzamon haqida gapiradi
1Iso Maʼbaddan chiqib ketayotganda, shogirdlari kelib, Isoning diqqatini Maʼbadning binolariga qaratdilar. 2Iso ularga dedi:
— Bularning hammasini koʻryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bular vayron boʻladi#24:2 …bular vayron boʻladi — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim qoʻshini Quddusni va u yerdagi Maʼbadni butunlay vayron qilgan.. Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi.
3Iso bir Oʻzi Zaytun togʻida#24:3 Zaytun togʻi — 21:1 izohiga qarang. oʻtirganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, soʻrashdi:
— Bizlarga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Sizning kelishingizni va oxirzamon yaqinlashganini nimadan bilsak boʻladi?
4Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot boʻlinglar, hech kim sizlarni yoʻldan ozdirmasin! 5Chunki koʻp kishilar oʻzlarini Mening nomim bilan atab: «Men Masihman», — deb bir qancha odamni yoʻldan ozdiradilar. 6Sizlar uzoq–yaqindagi urush xabarlarini eshitasizlar. Biroq choʻchimanglar! Bular sodir boʻlishi shart, ammo bu hali oxiri degani emas. 7Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi koʻtariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar boʻladi. 8Bu hodisalar toʻlgʻoq azoblarining boshlanishiga oʻxshaydi.
9Oʻshanda sizlarni qiynash va oʻldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi. 10Shunda koʻplar imondan qaytadi, ular bir–birini sotib, bir–biridan nafratlanadi. 11Koʻp soxta paygʻambarlar paydo boʻladi, ular koʻplarni yoʻldan uradi. 12Yomonlik koʻpaygani uchun odamlar orasida mehr–oqibat yoʻqoladi. 13Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi. 14Osmon Shohligi toʻgʻrisidagi Xushxabar butun dunyo boʻylab vaʼz qilinadi, hamma xalqlar uni eshitadi. Shundagina oxirzamon keladi.
Buyuk musibat va Isoning kelishi
15Doniyor paygʻambar aytganiday, koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsaning#24:15 makruh bir narsa — Doniyor 9:27 ga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang. Yana Doniyor 11:31, 12:11 ga qarang. muqaddas joyda turganini koʻrganingizda — oʻqigan tushunib olsin! 16— Yahudiyada boʻlganlar togʻlarga qochishsin. 17Tomning ustida boʻlganlar#24:17 Tomning ustida boʻlganlar — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi. uyidan biron narsa olish uchun pastga tushmasin. 18Dalada boʻlganlar esa toʻnini olgani qaytib kelmasin. 19U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy! 20Qochishingiz qishga yoki Shabbat kuniga toʻgʻri kelmasligi uchun#24:20 …Shabbat kuniga toʻgʻri kelmasligi uchun… — oʻsha davrda yahudiylarning Shabbat kuni haqidagi qonunni sharhlashlari boʻyicha, Shabbat kunida faqatgina taxminan bir chaqirim joygacha yurish mumkin edi. Agar qochish Shabbat kuniga toʻgʻri kelib qolsa, ularning ahvoli yanada qiyinlashardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SHABBAT KUNI iborasiga qarang. iltijo qilinglar. 21Chunki oʻsha vaqtda shunday azob–uqubatlar boʻladiki, dunyo yaratilgandan to hozirgacha bunaqasi boʻlmagan va qaytib sodir boʻlmaydi. 22Lekin tanlangan odamlar tufayligina u kunlar qisqartiriladi. Agar oʻsha kunlar qisqartirilmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmasdi. 23Agar oʻshanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki: «Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar. 24Chunki soxta masihlar va soxta paygʻambarlar paydo boʻlib, iloji boʻlsa, tanlangan odamlarni ham yoʻldan ozdirish uchun buyuk alomatu moʻjizalar koʻrsatadilar. 25Mana, Men sizlarga oldindan aytib qoʻydim.
26Shunday qilib, agar ular sizlarga: «Qaranglar! U sahroda!» deb aytsalar, bormanglar. Agar ular: «U yashirin joyda», deb aytsalar, ishonmanglar. 27Chunki Inson Oʻgʻli kelganda, Uni hamma koʻradi. U sharqdan gʻarbga qadar butun osmonni yoritib yuborgan chaqmoqday boʻladi.
28Kalxatlar toʻplangan joyda murda boʻlishini hamma biladi. Mening kelishim ham shu singari, hammaga ayon boʻladi#24:28 Kalxatlar…shu singari, hammaga ayon boʻladi — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Murda qayerda boʻlsa, kalxatlar ham oʻsha yerda toʻplanadi..
29Oʻsha kunlardagi azob–uqubatlar oʻtishi bilanoq,
«Quyosh qorayadi, oyning nuri soʻnadi.
Osmondan yulduzlar qulab tushadi,
Samoviy kuchlar larzaga keladi.»#24:29 Ishayo 13:10, 34:4 ga qarang.
30Oʻshanda Inson Oʻgʻlining alomati osmonda namoyon boʻladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qaygʻuradi. Shunda hamma odamlar Inson Oʻgʻlini koʻradi. Inson Oʻgʻli qudratga va buyuk ulugʻvorlikka burkanib, bulutlarda keladi#24:30 Inson Oʻgʻli…bulutlarda keladi — Doniyor 7:13-14 ga qarang.. 31Karnayning baland sadosi ostida U farishtalarini yerning toʻrt tomoniga yuboradi. Ular dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlangan odamlarni toʻplab olishadi.
Hushyor boʻlish haqida
32Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari koʻkarib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar. 33Shu singari, mana bu voqealar sodir boʻlganda, bilingki, oʻsha vaqt#24:33 oʻsha vaqt — yoki Inson Oʻgʻli. yaqinlashib qolgan, ostonangizda turibdi. 34Sizlarga chinini aytayin: bu nasl oʻtmasdanoq, bularning hammasi sodir boʻladi. 35Yeru osmon yoʻq boʻlib ketadi, ammo Mening soʻzlarim kuchda qoladi.
36Oʻsha kun va soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. Oʻgʻil ham#24:36 Oʻgʻil ham… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida bu soʻzlar yoʻq., samodagi farishtalar ham bilmaydilar. 37Nuh davrida#24:37 Nuh davrida — Ibtido 6:5-7:23 ga qarang. qanday boʻlgan boʻlsa, Inson Oʻgʻli kelishida ham shunday boʻladi. 38Toʻfongacha boʻlgan davrda odamlar yeb–ichardilar, uylanib, turmushga chiqardilar. Nuh kemaga kirgunga qadar hayot shu zaylda davom etardi. 39Toʻfon kelib, ularning hammasini yuvib ketmaguncha, ular hamma narsadan bexabar edilar. Inson Oʻgʻli kelganda ham xuddi shunday boʻladi. 40Oʻshanda ikki kishi dalada boʻladi, biri olinadi, biri qoldiriladi. 41Tegirmon tortayotgan ikki ayol boʻladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
42Shuning uchun hushyor boʻlinglar. Men — Rabbingiz qaysi kuni kelishimni sizlar bilmaysizlar. 43Ammo shuni bilib qoʻyingki, agar uy egasi tunning qay paytida oʻgʻri kelishini bilganda edi, u uygʻoq oʻtirib, oʻgʻrining uyga buzib kirishiga yoʻl qoʻymagan boʻlardi. 44Shunga oʻxshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson Oʻgʻli sizlar kutmagan vaqtda keladi.
Sadoqatli va sadoqatsiz xizmatkor haqida masal
45Ishonchli va dono xizmatkor kim? Xoʻjayin bunday odamni boshqa xizmatkorlariga boshliq qilib qoʻyadi, ularga oʻz vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi. 46Xoʻjayin uyga qaytganda oʻsha xizmatkorini yumush ustida koʻrsa, xizmatkor naqadar baxtlidir! 47Sizlarga chinini aytay: xoʻjayin oʻsha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qoʻyadi.
48Bordi–yu, u xizmatkor yomon boʻlib, koʻnglida: «Xoʻjayinim hali beri qaytib kelmaydi» deb, 49boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa va sharobxoʻrlar bilan yeb–ichsa, 50xizmatkor kutmagan kunda, oʻylamagan soatda xoʻjayini kelib qoladi. 51U xizmatkorini qattiq jazolab, boshiga ikkiyuzlamachilarning kunini soladi. Shunda xizmatkor qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi.

Currently Selected:

Matto 24: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy