YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 40

40
40–BOB
Muqaddas chodir oʻrnatilib, bagʻishlanadi
1Egamiz Musoga aytdi: 2“Birinchi oyning#40:2 Birinchi oy — 12:2 izohiga qarang. birinchi kuni Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni oʻrnattir. 3Soʻng Ahd sandigʻi#40:3 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi (shu bobning 5, 21–oyatlarida ham bor). 16:34 izohiga qarang. chodirga olib kirilsin, Sandiqni ichki parda#40:3 ichki parda — Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turar edi (26:31-33 ga qarang). bilan toʻsdir. 4Keyin xontaxta olib kirilsin. Xontaxtaga tegishli ashyolarni uning ustiga joylashtir. Chiroqpoya ham olib kirilsin#40:4 …xontaxta olib kirilsin…Chiroqpoya ham olib kirilsin… — bu jihozlar Muqaddas xonaga, ichki pardaning oldiga qoʻyilgan edi (26:35 ga va shu bobning 22-23–oyatlariga qarang)., chiroqpoyaga moychiroqlarni oʻrnashtir. 5Oltin tutatqi qurbongohini Ahd sandigʻi oldiga qoʻydir#40:5 …Ahd sandigʻi oldiga qoʻydir — oltin tutatqi qurbongohi Muqaddas xonaga, ichki pardaning oldiga qoʻyilgan edi (30:6 ga va shu bobning 26–oyatiga qarang).. Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdir. 6Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda oʻrnashtir. 7Qoʻlyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh oʻrtasiga oʻrnashtirib, ichiga suv quydir. 8Chodir va qurbongohning atrofiga pardadan qilingan toʻsiqni oʻrnashtirib, hovliga kiraverishdagi pardani osdir.
9Keyin muqaddas qiladigan moyni#40:9 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang. olib, Chodirga va uning hamma ashyolariga surtib chiqib, Menga bagʻishla. Shunda Chodir muqaddas boʻladi. 10Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga ham moy surtib, Menga bagʻishla. Shunda qurbongoh gʻoyat muqaddas boʻladi. 11Qoʻlyuvgichga va uning tagligiga ham moy surtib, Menga bagʻishla.
12Horun bilan oʻgʻillarini Uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, hammalarini yuvintir. 13Soʻng Horun ruhoniy boʻlib xizmat qilishi uchun uni Menga bagʻishla: unga muqaddas ruhoniylik liboslarini kiydirib, moy surt. 14Shundan keyin Horunning oʻgʻillarini ham olib kelib, ularga koʻylak kiygiz. 15Otasiga moy surtganingday, ularga ham moy surt, toki ular ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilishsin. Horun va uning oʻgʻillariga moy surtish bilan ularning oʻzlari ham, nasllari ham avlodlar osha Menga ruhoniy boʻlib xizmat qilishlari uchun sen ularga ijozat bergan boʻlasan.”
16Muso Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarib boʻldi. 17-18Ikkinchi yilning birinchi oyida#40:17-18 Ikkinchi yilning birinchi oyi — Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga bir yil boʻlib, ikkinchi yil boshlangan (12:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang) va Sinay togʻiga yetib borganiga taxminan toʻqqiz oy boʻlgan edi (19:1-2 ga qarang)., oyning birinchi kuni Muso Muqaddas chodirni oʻrnattirdi: u hamma tagliklarni joyiga qoʻydirdi, romlarni oʻrnashtirib, tambalarni joylashtirdi, ustunlarni oʻrnashtirdi. 19Soʻngra Chodirni tutib turadigan romlar ustiga choyshablar va qoplamalarni tashlatdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
20Keyin ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani#40:20 …ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani… — ibroniycha matnda …guvohlikni…. 25:16 izohiga qarang. olib, Sandiqqa solib qoʻydi. Xodalarni Sandiq halqasidan oʻtkazgach, Sandiqning qopqogʻini Sandiq ustiga oʻrnashtirdi. 21Sandiqni Muqaddas chodirga olib kirdi. Ichki pardani osib, Ahd sandigʻini toʻsdirib qoʻydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
22Uchrashuv chodiriga — chodirning shimol tomoniga, ichki pardaning tashqarisiga xontaxtani qoʻydirdi. 23Xontaxta ustiga — Egamizning huzuriga muqaddas nonlarni#40:23 muqaddas nonlar — 25:30 izohiga qarang. qoʻydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
24Uchrashuv chodiriga — xontaxtaning roʻparasiga, Chodirning janub tomoniga chiroqpoyani qoʻydirdi. 25Egamizning huzuriga — chiroqpoyaga moychiroqlarni oʻrnashtirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
26Uchrashuv chodiridagi ichki pardaning tashqarisiga oltin tutatqi qurbongohini qoʻydirdi. 27Qurbongohda xushboʻy tutatqi tutattirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
28Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdirdi. 29Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni oʻrnashtirdi. Soʻng qurbonlik bilan don nazri#40:29 qurbonlik bilan don nazri — kundalik nazrlarga ishora (29:38-41 ga qarang). keltirib, qurbongohda kuydirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
30Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh oʻrtasiga qoʻlyuvgichni oʻrnashtirib, yuvinish uchun ichiga suv quydirdi. 31-32Muso, Horun va Horunning oʻgʻillari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki qurbongohda nazrlarni kuydirganlarida, qoʻlyuvgichdagi suv bilan oyoq–qoʻllarini yuvishar edi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
33Soʻngra Muso Chodir bilan qurbongohning atrofiga pardadan qilingan toʻsiqni oʻrnashtirib, hovliga kiraverishda pardani osdirdi. Shunday qilib, Muso ishini tugatdi.
Bulut va Egamizning ulugʻvorligi
34-35Keyin Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni bulut qopladi, Egamiz ulugʻvorligi bilan zohir boʻlib Chodirni toʻldirdi. Shuning uchun Muso Chodirga kira olmadi. 36Chodirdan bulut koʻtarilganda, Isroil xalqi har bir toʻxtagan joyidan yoʻlga chiqib sayohatini davom ettirardi. 37Bulut koʻtarilmasdan, to bulut koʻtariladigan kun kelmaguncha, ular yoʻlga chiqishmasdi. 38Shunday qilib, Isroil xalqi butun sayohatlari davomida kunduzi Muqaddas chodir ustida Egamiz zohir boʻladigan bulutni, kechasi Chodir tepasidagi bulut ichida yonayotgan alangani koʻrar edilar.

Currently Selected:

Chiqish 40: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy