Levilar 23
23
23–BOB
Bayramlar
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: Egamiz belgilagan bayramlarni nishonlanglar, oʻsha kunlari muqaddas yigʻin eʼlon qilinglar. Egamizning belgilagan bayramlari quyidagilardir.
Shabbat kuni
3Olti kun mehnat qilinglar, yettinchi kuni — Shabbat kuni esa toʻliq dam olinglar. Shu kuni muqaddas yigʻin boʻlsin. Hech qanday ish qilmanglar. Axir, Shabbat kuni Egamizga atalgandir! Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, shu kunga rioya qilinglar.
Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami
4Egamiz Shabbat kunidan tashqari boshqa bayramlarni ham belgilab berdi. Bu bayramlarda muqaddas yigʻinlarni oʻz vaqtida oʻtkazinglar.
5Birinchi oyning#23:5 Birinchi oy — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. oʻn toʻrtinchi kuni kechqurun Egamizga bagʻishlangan Fisih ziyofatini#23:5 Fisih ziyofati — Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlangan ziyofat (Chiqish 12:1-42 ga qarang). nishonlanglar. 6Oʻsha oyning oʻn beshinchi kuni esa Egamizga atab xamirturushsiz non bayramini#23:6 xamirturushsiz non bayrami — yetti kunlik bayram boʻlib, Fisih ziyofati singari, Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlganini nishonlash uchun oʻtkazilardi (Chiqish 12:14-20, 13:3-10 ga qarang). qilinglar. Yetti kun davomida xamirturushsiz nonlar yenglar. 7Bayramning birinchi kuni butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 8Yetti kun davomida har kuni Egamizga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bayramning yettinchi kuni ham muqaddas yigʻin oʻtkazinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar.
Ilk hosil nazri
9Egamiz Muso orqali 10Isroil xalqiga shunday dedi: “Men sizlarga berayotgan yurtga kirganingizdan keyin, har yili yigʻishtirgan hosilingizning#23:10 har yili yigʻishtirgan hosilingiz — bahorning Abib oyida pishadigan arpa hosiliga ishora (shu bobning 5–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang). birinchi bogʻlamini ruhoniyga olib keling. 11Shabbat kunining ertasiga ruhoniy bogʻlamni Men, Egangizga bagʻishlaganini koʻrsatib yuqoriga koʻtarsin, shunda Men nazringizni qabul qilaman. 12Oʻsha kuni bir yoshli nuqsonsiz qoʻzini Menga kuydiriladigan qurbonlik qiling. 13Qoʻzi bilan birga zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa#23:13 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning oʻndan ikki qismi, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi (shu bobning 17–oyatida ham bor). sifatli unni don nazri qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga yoqimli hid boradi. Bular bilan birga ikki kosa#23:13 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga toʻgʻri keladi. sharob nazrini keltiring. 14Ilk hosil nazrini Menga keltirmaguningizcha yangi bugʻdoydan yopilgan nonni, qovurilgan bugʻdoy va bugʻdoy boshoqlarini tanovul qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin.
Hosil bayrami
15Hosilingizning birinchi bogʻlamini yuqoriga koʻtarib, Men, Egangizga bagʻishlagan kuningizdan, yaʼni Shabbatning ertasi kunidan boshlab, toʻliq yetti haftani sanang. 16Elliginchi kuni, yettinchi Shabbatdan keyin, Menga yangi don#23:16 yangi don — bugʻdoyning ilk hosiliga nisbatan aytilgan (Chiqish 34:22 ga qarang). nazrini olib keling. 17Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, yuqoriga koʻtariladigan nazr uchun ikki dona nonni olib keling. Nonlar sakkiz kosa sifatli undan, xamirturush qoʻshib yopilgan boʻlsin. Bular Menga keltiriladigan ilk hosilingiz nazridir. 18Non bilan birga yettita bir yoshli nuqsonsiz qoʻzini, bitta buqani va ikkita qoʻchqorni olib keling. Bularni don va sharob nazrlari bilan birga kuydiriladigan qurbonlik qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Menga yoqimli hid boradi. 19Bulardan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi va ikkita bir yoshli erkak qoʻzini tinchlik qurbonligi qiling. 20Ruhoniy ikkita qoʻzini nonlar bilan birga Menga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtaradi. Men — Egangiz uchun muqaddas boʻlgan bu nazr ruhoniylarniki boʻlsin. 21Oʻsha kuni muqaddas yigʻin eʼlon qilinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin.
22Dalangiz hosilini oʻrganingizda dalaning eng chetidagi bugʻdoyni oʻrmang, yerga tushib qolgan bugʻdoy boshoqlarini ham termang. Ularni kambagʻal va musofirlarga qoldiring. Men Egangiz Xudoman.”
Karnay bayrami
23Egamiz Muso orqali 24Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning#23:24 Yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang. birinchi kunida toʻliq dam olinglar. Bu kun karnaylarning sadolari bilan nishonlanadigan xotira kunidir. Oʻsha kuni muqaddas yigʻin oʻtkazinglar. 25Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar.”
Poklanish kuni
26Egamiz Musoga dedi: 27“Yettinchi oyning#23:27 Yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang. oʻninchi kunida esa Poklanish kunini#23:27 Poklanish kuni — 16:1-34 ga qarang. nishonlanglar. Oʻsha kuni muqaddas yigʻin boʻlsin. Roʻza tutib, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. 28Oʻsha kuni hech qanday ish qilmanglar, chunki bu kuni oliy ruhoniy Egangiz Xudo huzurida sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. 29Oʻsha kuni roʻza tutmagan odam xalq orasidan yoʻq qilinsin. 30Ish bilan mashgʻul boʻlgan odamni ham Men xalq orasidan yoʻq qilaman. 31Oʻsha kuni umuman hech qanday ish qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 32Bu kuni Shabbat kuni singari toʻliq dam oling. Toʻqqizinchi kuni kechqurundan boshlab, keyingi kuni kechqurungacha#23:32 …kechqurundan…kechqurungacha… — qadimda Isroil xalqining urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanib, keyingi kuni quyosh botguncha davom etar edi. roʻza tuting.”
Chayla bayrami
33Egamiz Muso orqali 34Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning#23:34 Yettinchi oy — 16:29 izohiga qarang. oʻn beshinchi kunidan boshlab yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar. 35Bayramning birinchi kuni muqaddas yigʻin qilinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 36Yetti kun davomida har kuni Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Sakkizinchi kuni ham muqaddas yigʻin qilinglar, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bu oxirgi muqaddas yigʻin kunidir. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar.
37Men, Egangiz, belgilagan bayramlar shulardir. Ularni nishonlab, muqaddas yigʻinlar oʻtkazinglar. Olovda kuydiriladigan hamma nazrlaringizni — kuydiriladigan qurbonliklarni, don nazrlarini, sharob nazrlarini belgilangan kunlarda Menga keltiringlar. 38Bu bayramlarni Menga atab, Shabbat kunlaridan tashqari nishonlanglar. Bayram kunlari keltiradigan qurbonliklaringiz Menga beradigan ehsonlaringizdan, bergan vaʼdangizga muvofiq keltiradigan qurbonliklaringizdan va koʻngildan chiqarib beradigan nazrlaringizdan tashqari keltirilishi lozim.
39Dalangizning hosilini yigʻib boʻlganingizdan keyin, yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar. Bayram yettinchi oyning oʻn beshinchi kunida boshlansin. Bayramning birinchi va sakkizinchi kunlari toʻliq dam olinglar. 40Birinchi kuni daraxtlaringizning eng yaxshi mevalarini terib olinglar#23:40 …daraxtlaringizning eng yaxshi mevalarini terib olinglar… — yoki …eng yaxshi daraxtlaringizning shoxlarini olinglar…., palma daraxtining shoxlarini, suv boʻyida oʻsadigan majnuntolning va boshqa serbarg daraxtlarning novdalarini olib, yetti kun davomida Men, Egangiz Xudoning huzurida xursandchilik qilinglar. 41Menga atab bu bayramni har yili, yetti kun davomida nishonlanglar. Yilning yettinchi oyida nishonlanadigan bu bayram sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 42Yetti kun davomida chaylalarda yashanglar. Isroil xalqiga mansub boʻlgan har bir kishi chaylada yashasin. 43Shunda Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimda, sizlarni chaylalarda yashattirganimni avlodlaringiz bilishadi. Men Egangiz Xudoman.”
44Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga Egamiz belgilagan bayramlarni eʼlon qildi.
Currently Selected:
Levilar 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020