Levilar 12
12
12–BOB
Koʻzi yorigan ayolning poklanishi
1Egamiz Muso orqali 2Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar ayol homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻsa, u ayol yetti kun harom hisoblanadi, hayz koʻrgan kunlaridagi kabi, harom boʻladi. 3Sakkizinchi kuni esa oʻgʻil chaqaloq sunnat qilinsin. 4Ayolning qondan poklanish muddati oʻttiz uch kun boʻlsin. Bu muddat tugamaguncha u birorta muqaddas narsaga tegmasligi va Muqaddas chodirga kirmasligi lozim.
5Agar ayol qiz tugʻsa, u hayz koʻrgandagi kabi ikki hafta davomida harom hisoblanadi. U oltmish olti kundan keyingina qon ketishidan poklanadi.
6Oʻgʻil yoki qiz koʻrgan ayolning poklanish muddati tugagach, u kuydiriladigan qurbonlik qilishga bir yoshli qoʻzini va gunoh qurbonligi qilishga musichani yoki kaptarni Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 7Ruhoniy Egamizning huzurida qurbonliklarni keltirsin, shu yoʻsin ayolni nopokliklaridan poklasin. Shundan soʻng ayol qon ketishidan poklanadi. Oʻgʻil yoki qiz koʻrgan ayol uchun qonun shudir. 8Bordi–yu, qoʻzini qurbonlik qilishga ayolning qurbi yetmasa, u ikkita kaptar yoki ikkita musichani olib kelsin. Ruhoniy birini kuydiriladigan qurbonlik, ikkinchisini gunoh qurbonligi qilsin, shu yoʻsin ayolni nopokliklaridan poklasin. Shunda ayol pok boʻladi.
Currently Selected:
Levilar 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020