Yoshua 5
5
5–BOB
1Isroil xalqi Iordan daryosidan oʻtib boʻlguncha, Egamiz ular uchun daryoning suvini quritgan edi. Iordanning gʻarbidagi Amor shohlari va Oʻrta yer dengizi yonidagi Kanʼon shohlari bu haqda eshitib, yuraklari orqaga tortib ketdi. Isroil xalqidan qoʻrqqanlari uchun ularning jasoratidan asar ham qolmadi.
Isroil xalqi Gilgalda sunnat qilinadi
2Oʻsha paytda Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Toshdan pichoqlar yasab#5:2 Toshdan pichoqlar yasab… — bu tosh pichoqlar qoyatoshning uzun, ensiz parchasidan yasalgan edi. Qoyatoshni yoʻnib, undan oʻtkir tigʻ hosil qilishar edi., Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar#5:2 …Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Xalq sunnat qilinmay turib Fisih ziyofatini nishonlay olmasdi (Chiqish 12:48-49 ga qarang)..” 3Yoshua toshdan pichoqlar yasatib, ularni Givot–Xariloʻt#5:3 Givot–Xariloʻt — ibroniychadagi maʼnosi Sunnat terisi tepaligi. degan joyda sunnat qildirdi. 4Yoshua sunnat qilganining sababi quyidagicha: Misrdan chiqqan, jangga yaroqli erkaklarning hammasi sahrodagi safar davomida oʻlgan edi. 5Misrdan chiqqanlarning hammasi sunnat qilingan boʻlsa–da, sahroda tugʻilgan oʻgʻil bolalar sunnat qilinmagan edi. 6Egamizga itoat qilmagan, Misrdan chiqqanda jangga yaroqli boʻlgan naslning hammasi oʻlmaguncha, Isroil xalqi qirq yil sahroda sargardon boʻlib yurdi. Egamiz ularga: “Men ota–bobolaringizga vaʼda qilib, sizlarga beraman degan sut va asal oqib yotgan yurtni#5:6 sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Moʻl–koʻl sut — mol uchun koʻm–koʻk yaylovlarning koʻpligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora boʻlishi mumkin. Murabboning moʻlligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi. hech qachon koʻrmaysizlar”, deb qasam ichgan edi. 7Misrdan chiqqanlarning oʻrniga Egamiz ularning farzandlarini bino qildi. Oʻsha yangi avlod yoʻlda sunnat qilinmagan edi. Mana shuning uchun Yoshua ularni sunnat qildi.
8Hamma erkaklar sunnat qilingandan keyin, tuzalguncha qarorgohda qoldilar. 9Egamiz Yoshuaga: “Bugun Men sizlardan Misrdagi qullik sharmandaligini olib tashladim”, — dedi. Shuning uchun oʻsha joy bugungacha Gilgal#5:9 Gilgal — bu nom ibroniychadagi dumalatib tashlamoq soʻziga ohangdosh. Bu oyatda oʻsha ibroniycha soʻz olib tashladim deb tarjima qilingan. deb ataladi. 10Isroil xalqi Gilgalda turgan paytlarida oyning oʻn toʻrtinchi kunida#5:10 …oyning oʻn toʻrtinchi kunida… — ibroniy kalendarining birinchi oyi nazarda tutilgan (4:19 ning birinchi izohiga qarang). kechqurun Yerixo yonidagi tekislikda Fisih ziyofatini oʻtkazdilar. 11Fisih ziyofatining ertasi kuniyoq ular oʻsha yerning hosilidan pishirilgan xamirturushsiz non#5:11 xamirturushsiz non — Fisih ziyofatida va undan keyin bir hafta davomida Isroil xalqi faqat xamirturushsiz nonlarni isteʼmol qilishlari kerak edi. Oʻsha hafta Xamirturushsiz non bayrami deb atalgan (Chiqish 12:14-20, 13:3-10 ga qarang). va qovurilgan don yedilar. 12Isroil xalqi oʻsha yurtda yetishtirilgan hosilni yegan kundan boshlab, Xudo ularga manna#5:12 manna — Xudo Isroil xalqiga qirq yil davomida sahroda yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yogʻilardi, odamlar saharda turib, uni yigʻib olishardi. Soʻng uni yanchib, non yopishardi yoki qaynatib ovqat tayyorlashardi (Chiqish 16:13-35, Sahroda 11:7-9 ga qarang). yubormay qoʻydi. Oʻsha yil Isroil xalqi Kanʼon yerida yetishtirilgan hosildan yedi, ular mannani boshqa koʻrmadilar.
Yoshua va qilich ushlab turgan kishi
13Bir kuni Yoshua Yerixo shahri yaqinida boʻlganda, qarshisida qilich ushlagan bir kishini koʻrib qoldi. Yoshua uning oldiga borib: “Sen biznikimisan yoki dushman tarafdamisan?” — deb soʻradi. 14“Hech qaysisi, — deb javob berdi u kishi, — men Egamiz lashkarining lashkarboshisiman. Mana, keldim.” Yoshua muk tushib, unga taʼzim qildi. “Qulingizga nima buyurasiz, hazratim?” — deb soʻradi Yoshua. 15Egamiz lashkarining lashkarboshisi Yoshuaga shunday dedi: “Oyoq kiyimingni yech, sen turgan yer muqaddasdir.” Yoshua u aytganday qildi.
Yerixo qulaydi
16Yerixoliklar Isroil xalqidan qoʻrqib, shahar darvozalarini mahkamlab yopib, qoʻriqchilar qoʻyishdi. Endi shaharga hech kim kirolmas, u yerdan hech kim chiqolmas edi.
Currently Selected:
Yoshua 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020