Yoʻel Kirish
Kirish
Yoʻel paygʻambar Yahudo va Quddus aholisiga bashorat qilib, ularni tavbaga chaqiradi. Uning bashoratlari aniq va loʻnda boʻladi. Yoʻel paygʻambar qachon faoliyat koʻrsatgani aniq emas. Baʼzi olimlarning taxmini boʻyicha, Yoʻel paygʻambar Bobil Quddusni bosib olishidan avval, yaʼni miloddan oldingi 586 yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Yana baʼzi bir olimlarning tadqiqoti boʻyicha, paygʻambar Isroil xalqi Bobildagi surgundan qaytib kelgandan va Maʼbad qayta qurilgandan soʻng, yaʼni miloddan oldingi 515 yildan keyin bashorat qilgan.
Mazkur kitobda Yoʻel paygʻambar “Egamizning kuni” haqida xabar beradi. Oʻsha davrda Yahudo xalqi “Egamizning kuni”ni intizorlik bilan kutardi. Ular oʻsha kun kelganda Xudo barcha dushmanlarni yoʻq qiladi, yahudiylar uchun roʻshnolik davri boshlanadi, deb oʻylashardi. Biroq paygʻambar bunga eʼtiroz bildiradi, aslida “Egamizning kuni” kelganda, Xudo, birinchi navbatda, Oʻz xalqini gunohlari uchun jazolashini aytadi. Shu bois, paygʻambar xalqni tavbaga chaqiradi. U Yahudo yurtiga bostirib keladigan gala–gala chigirtkalar va u yerda hukm suradigan dahshatli qurgʻoqchilik haqida odamlarni ogohlantiradi. U “Egamizning kuni”ni zimziyo zulmat kuni, bulut qoplagan tim qorongʻi kun, deb tasvirlaydi.
Yoʻel paygʻambar xalqni Xudoga qaytishga daʼvat qiladi. Xudoning inoyati va rahmdilligi haqida soʻz ochadi. Xalq jazo olib boʻlgandan keyin, Xudo ularga shafqat qilishini, ustilariga Oʻz Ruhidan moʻl qilib yogʻdirishini, dushmanlarni esa ayovsiz jazolashini paygʻambar bashorat qilib aytadi.
Currently Selected:
Yoʻel Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: