YouVersion Logo
Search Icon

Yoʻel 1

1
1–BOB
1Patuval oʻgʻli Yoʻelga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi:
Xalq nobud boʻlgan donga kuyinadi
2Ey oqsoqollar, buni eshiting!
Yahudo odamlari, siz quloq tuting!
Yuz berganmi hech bunday falokat
Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?!
3Bu haqda farzandlaringizga ayting siz,
Bolalariga soʻzlab bersin farzandlaringiz,
Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.
4Qirgʻin keltiruvchi chigirtkadan#1:4 chigirtka — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot. Bu oyatning ibroniycha matnida chigirtkaga nisbatan toʻrt xil soʻz ishlatilgan. Ushbu ibroniycha soʻzlar toʻrt xil chigirtkani yoki chigirtkaning rivojlanish jarayonidagi toʻrtta bosqichni bildirishi mumkin. Shuningdek, chigirtkaga nisbatan ishlatilgan toʻrtta sinonim soʻz boʻlishi ham mumkin. qolganini
Yeb bitirdi kemiruvchi chigirtka galasi.
Kemiruvchi chigirtka galasidan qolganini
Yeb bitirdi sakraydigan chigirtka galasi.
Sakraydigan chigirtkadan qolganini
Yeb bitirdi qirtishlovchi chigirtka galasi.
5Uygʻoninglar, ey mayxoʻrlar, yigʻlanglar!
Ey sharobxoʻrlar, faryod qilinglar!
Sharob ogʻzingizdan tortib olindi, axir.
6Bostirib keldi yurtimizga lashkarlar#1:6 lashkarlar — majoziy obraz boʻlib, chigirtka galasiga ishora qiladi.,
Son–sanoqsiz kuchli bahodirlar.
Arslon tishiga oʻxshar tishlari,
Goʻyo urgʻochi arslonniki qoziq tishlari.
7Uzumzorlarimizni ular payhon qilishdi,
Anjir daraxtlarimizni sindirishdi,
Shoxlariyu novdalar poʻstlogʻini shilib,
Hammasini ship–shiydam qilishdi.
8Qanorga oʻraning, ey odamlar, faryod qiling,
Kuyovidan judo boʻlgan kelinchak kabi.
9Egamiz uyidan uzilgan sharob, don nazri,
Aza tutayotir Egamizning xizmatkor ruhoniylari.
10Xarob boʻldi ekinzorlar,
Motam tutayotir dalalar.
Bugʻdoy boshoqlari qovjirab qoldi,
Uzum sharbati ham oqmay toʻxtadi,
Zaytun moyi ham tamom quridi.
11Qaygʻurmaysizlarmi, ey dehqonlar?!
Faryod solmaysizlarmi, ey bogʻbonlar?!
Nobud boʻlib ketdi–ku arpa, bugʻdoyingiz,
Xarob boʻlib ketdi–ku jamiki hosilingiz.
12Uzum toki soʻlidi, anjir daraxti quridi.
Xazon boʻldi anor, xurmo, olma — hamma daraxtlar.
Inson sevinchi tamom qurib bitdi!
13Qanorga oʻranib#1:13 Qanorga oʻranib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan. motam tuting, ey ruhoniylar!
Faryod qiling qurbongohda xizmat qiladiganlar!
Tunni ham qanorda oʻtkazing sizlar,
Ey Xudoyimning xizmatida yurganlar!
Xudoyingiz uyida nazr qilgani
Don va sharob qolmadi, axir.
14Roʻza kunlarini belgilanglar,
Oʻsha kunlarga yigʻin eʼlon qilinglar.
Yigʻib kelinglar oqsoqollarni,
Yurtning jamiki aholisini.
Egangiz Xudoning uyiga yigʻinglar,
Egamizga iltijo qilib yolvoringlar!
15Shoʻrimiz qursin, evoh!
Egamizning kuniga#1:15 Egamizning kuni — Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudoning jazosi keladigan alohida bir vaqtga ishora qiladi. Mazkur oyatda chigirtkalar falokatiga nisbatan ishlatilgan. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi. oz qoldi,
Qodir Xudo kulfat keltiradi!
16Rizq–roʻzimiz koʻz oʻngimizda qirqildi–ku!
Xudoyimiz uyida shod–xurramlik tugadi–ku!
17Kesaklar tagida urugʻlar nobud boʻldi,
Donli ekinlar unmasdan qoldi.
Omborxonalar boʻm–boʻsh yotibdi,
Don omborlari xarob boʻlibdi.
18Ingramoqda hayvonlar naqadar!
Axir, qurigan–ku oʻtloqlar.
Daydib yurar mol podalari,
Gangigan hatto qoʻy suruvlari.
19Ey Egam, Senga men faryod qilarman!
Axir, olov yamladi dashtdagi yaylovlarni,
Yongʻin yoʻq qildi daladagi daraxtlarni.
20Hatto yovvoyi hayvonlar ham Senga nola qilmoqda!
Axir, irmoqlar ham qurib ketdi,
Dashtdagi yaylovlarni olov yamladi.

Currently Selected:

Yoʻel 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in