Yoʻel 3
3
3–BOB
Xudo xalqlarni hukm qiladi
1Egamiz shunday deydi: “Oʻsha kunlarda Men Yahudo va Quddusning oldingi mavqeini tiklayman. 2Soʻng barcha xalqlarni yigʻib, Hukm vodiysiga#3:2 Hukm vodiysi — ibroniycha matnda Yohushafat vodiysi, maʼnosi Egamiz hukm qiladigan vodiy. Quddusga yaqin boʻlgan bir joyning ramziy nomi boʻlishi mumkin. Ibroniycha matnda shu bobning 14–oyatida Hukm vodiysi degan ibora ishlatilgan. Bu vodiy faqat mazkur kitobda tilga olingan. Hukm vodiysi Xudo oxiratda Oʻz xalqining dushmanlarini hukm qiladigan joy, deb tasvirlangan. olib tushaman. U yerda xalqim Isroil haqi ular bilan daʼvolashaman, chunki ular Mening xalqimni turli ellarga tarqatib yubordilar. Yurtimni esa oʻzaro boʻlishib oldilar. 3Ular xalqim uchun qurʼa tashlab, oʻgʻil–qizlarimni sotib yubordilar. Tushgan pulga fohishabozligu aysh–ishrat qildilar.
4Ey Tir, Sidon#3:4 Tir, Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaharlar. Bu shaharlar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. Filistlar bu shaharlar bilan ittifoq tuzgan edilar. va butun Filist xalqi, Menda nima qasdingiz bor?! Sizlar hali Mendan oʻch olmoqchimisiz?! Bordi–yu, niyatingiz shu boʻlsa, Men oʻsha zahotiyoq qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. 5Sizlar oltinu kumushlarimni tortib oldingiz, qimmatbaho xazinalarimni sajdagohlaringizga olib ketdingiz. 6Yahudo va Quddus xalqini yunonlarga#3:6 yunonlar — ibroniycha matnda Yovon nasli, oʻsha vaqtda yunonlar shu nom bilan ham atalardi. sotib, oʻz vatanidan yiroq qildingiz. 7Endi Men Yahudo va Quddus xalqini sizlar sotgan yurtlardan olib chiqaman. Qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. 8Oʻgʻil–qizlaringizni Yahudo xalqiga sotaman, ular esa farzandlaringizni olisdagi bir xalqqa — Savoliklarga#3:8 Savo — Arabiston yarim orolining janubida yoki Afrikada, Qizil dengizning gʻarbiy boʻyida joylashgan. sotishadi.” Zotan, bu soʻzlarni Egamiz aytdi.
9Xalqlar orasida shunday deb eʼlon qiling:
“Jangga tayyorlanib, jangchilarni safarbar qiling!
Sipohlaringiz hujum qilsin!
10Omochlaringizdan yasang qilichlar,
Oʻroqlaringizdan qiling nayzalar.
Zaiflar ham qoʻliga qurol tutsin.
11Ey tevarakdagi xalqlar, shoshiling#3:11 …shoshiling… — bu kesatiqli eʼlonda Xudoning xalqiga dushman boʻlganlar oʻz hukmlariga tez yetib kelishga daʼvat qilinganlar.,
Qani, hammangiz vodiyda toʻplaning.”
Oʻz sipohlaringni, ey Egam, chaqir!
12Egamiz shunday deydi:
“Barcha xalqlar boʻlsin safarbar,
Hukm vodiysiga#3:12 Hukm vodiysi — ibroniycha matnda Yohushafat vodiysi, maʼnosi Egamiz hukm qiladigan vodiy. Shu bobning 2–oyati izohiga qarang. kelishsin ular.
Men u yerda oʻtirarman,
Hamma xalqlar ustidan hukm chiqararman.
13Qani, kelinglar,
Yetilgan bugʻdoyni oʻrganday ularni oʻringlar,
Pishgan uzumni ezganday#3:13 …Yetilgan bugʻdoyni oʻrganday…Pishgan uzumni ezganday… — xalqlarning haddan tashqari koʻpayib ketgan qabihligi gʻarq pishgan hosilga oʻxshatilgan. Yetilgan bugʻdoyni oʻrish vaqti kelganday, qabih xalqlarning Xudo tomonidan hukm qilinish vaqti ham yetib kelgan edi. Uzum ezish ham Muqaddas Kitobda koʻpincha Xudoning odamlar ustidan chiqaradigan hukmiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan. Qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi., bosib yoʻq qilinglar,
Xumlar toʻlgan,
Ularning qabihliklari bilan toʻlib–toshgan.”
14Ming–minglab olomon toʻplangan
Hukm vodiysida!
Zotan, yaqinlashgandir
Egamizning kuni#3:14 Egamizning kuni — 1:15 izohiga qarang. Hukm vodiysiga.
15Quyosh ham, oy ham qoraygan,
Yulduzlar nuri soʻngan.
16Egam Quddusdan turib hayqirar,
Siondan gulduros ovozi yangrar,
Yeru osmon larzaga kelar.
Ammo Egam Oʻz xalqini panohiga olar,
U Isroil xalqining qoʻrgʻoni boʻlar.
Xudo Oʻz xalqini barakalaydi
17Egamiz shunday deydi:
“Ey xalqim, shunda sizlar
Egangiz Xudo Men ekanligimni bilasizlar.
Men muqaddas togʻim Sionda#3:17 muqaddas togʻim Sion — 2:1 ning ikkinchi izohiga qarang. qurganman maskan.
Tabarruk bir shahar boʻladi Quddus,
Bosqinchilar endi aslo unga qilmas tajovuz.
18Oʻsha kuni sut oqar qirlardan,
Uzum sharbati kelar togʻlardan,
Yahudodagi oʻzanlar suvga toʻlar,
Mening uyimdan buloq otilib chiqar,
Akas daraxtlari oʻsadigan qaqroq soylikni#3:18 Akas daraxtlari oʻsadigan qaqroq soylik — ibroniycha matnda Shitim soyligi, maʼnosi akas daraxti soyligi. Akas daraxtlari quruq yerlarda oʻsadi. sugʻorar.
19Misr huvullab, Edom#3:19 Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. boʻm–boʻsh sahroga aylanar.
Oh, Yahudo xalqiga zulm oʻtkazdi ular,
Begunoh odamlarning qonin toʻkdilar.
20-21Men albatta jazolayman ularni!
Aslo oqlamayman jinoyatchilarni!#3:20-21 Men albatta jazolayman ularni! Aslo oqlamayman jinoyatchilarni! — yoki Men oldin ularning kechirmagan ayblarini endi kechiraman. Bu holda mazkur jumla Yahudo va Quddus aholisiga nisbatan aytilgan, deb tushunish kerak.
Yahudo esa abadiy yashar,
Quddus avlodlar osha barqaror boʻlar.
Men, Egangiz, Sionda qurganman maskan.”
Currently Selected:
Yoʻel 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020