Yoʻel 2
2
2–BOB
Egamizning kuni yaqinlashib qoldi
1Quddusda#2:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 15, 23–oyatlarida ham bor). Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. burgʻu chalinglar!
Egamizning muqaddas togʻida#2:1 Egamizning muqaddas togʻi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. bong uringlar!
Titrasin Yahudoning jamiki ahli,
Axir, kelyapti Egamizning kuni#2:1 Egamizning kuni — Yoʻel chigirtkalar keltirgan falokatga ishora qilib (1:2-12 ga qarang), kelajakda undan–da dahshatliroq hukm yuz berishi haqida ogohlantiradi (1:15 izohiga qarang)..
U kunga oz vaqt qoldi.
2Zimziyo zulmat kuni boʻlar u kun,
Bulut qoplagan tim qorongʻi boʻlar u kun!
Katta kuchli lashkar yurtni bosar,
Yorishgan tongday togʻlar uzra yoyilar.
Bunaqasi azaldan hech sodir boʻlgan emas,
Bundan keyin ham hech qachon sodir boʻlmas.
3Alanga yutib borar ular oldidan,
Olov guvullab yonar ular ortidan,
Biron jonzot qochib qutulmas ulardan.
Ilgari edi zamin Adan bogʻiday,
Endi boʻlib qoldi qaqroq sahroday.
4Ularning koʻrinishi otlarga oʻxshar,
Jang otlari kabi hujum qilishar.
5Togʻ choʻqqilariga sakrab chiqishar,
Jang aravasiday gumburlab chopar,
Yonayotgan xas–choʻp kabi chirsillar,
Jangga tayyor boʻlib saf tortgan
Kuchli lashkarga oʻxshar ular.
6Ularning oldida xalqlar dahshatga tushar,
Hammaning yuzi boʻzday oqarib ketar.
7Jangchilarday hujum qilar bu lashkar,
Sipohlarday devordan oshib tushar.
Safdan chetga chiqmay olgʻa bosishar.
8Bir–birlarin turtmaslar,
Hammasi oʻz yoʻlida ketar.
Gʻovlarni ham yorib oʻtishar,
Hech narsa ularni toʻxtata olmas.
9Bostirib borishar ular shaharga,
Yopirilishar shahar devorlariga.
Uylarga tirmashib chiqishar,
Oʻgʻriday derazalardan ichkariga kirishar.
10Ularning oldida zamin titrar,
Osmonu falak qaltirab turar.
Quyosh ham, oy ham qorayar,
Yulduzlar nuri soʻnar.
11Egamiz lashkarning boshida turar,
Lashkariga Oʻz sadosin berar.
Naqadar behisob Uning qoʻshini,
Uning amriga boʻysunadiganlar qudratli.
Egamizning kuni chindan dahshatli!
Bu vahimali kunga bardosh bergay kim?!
Tavba–tazarruga daʼvat
12Egamizning kalomi shudir:
“Hozir ham kech emas,
Roʻza tutib, yigʻlab, qaygʻurib,
Butun qalbingiz bilan Menga qaytinglar.
13Kiyimingizni emas, bagʻringizni yirtinglar#2:13 Kiyimingizni emas, bagʻringizni yirtinglar — kiyimlarni yirtish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan. Yoʻel, bagʻringizni yirtinglar, degan iborani majoziy maʼnoda qoʻllab, odamlarni chin yurakdan tavba qilishga chaqiradi..”
Egangiz Xudoga qaytinglar, U inoyatli,
Rahmdil, jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi moʻldir,
Gʻazabidan tushib kechiradigan Xudodir.
14Kim bilsin, U shashtidan qaytar,
Balki xirmoningizga baraka berar.
Shunda Egangiz Xudoga sizlar
Don bilan sharob nazrin taqdim qilasizlar.
15Burgʻu chaling Quddusda!
Roʻza kunlarin belgilanglar,
Oʻsha kunlarga yigʻin eʼlon qilinglar.
16Yigʻing jamiki xalqni,
Pok qiling jamoani.
Chaqirtiring qariyalarni,
Olib keling bolalaru emizikli goʻdaklarni.
Hatto yangi kelin–kuyovlar ham
Chimildiqdan chiqib kelishsin.
17Maʼbadning ayvoni bilan qurbongoh orasida#2:17 Maʼbadning ayvoni bilan qurbongoh orasida… — ruhoniylar odamlar uchun ibodat qiladigan joy.
Yigʻlashsin Egamizning xizmatkor ruhoniylari,
Yolvorishsin shunday deya Xudoga:
“Ey Egamiz, shafqat qilgin xalqingga,
Mulking boʻlgan Isroil ellar aro kulgi boʻlmasin.
«Ularning Xudosi qani?!» deya xalqlar bizni mazax qilmasin!”
Egamizning inoyati
18Egamiz Oʻz yurtiga jon kuydirdi shul zamon,
Oʻz xalqiga rahm qildi U oʻshal on.
19Javob berdi#2:19 Javob berdi… — odamlar Yoʻel paygʻambarning soʻzlariga qanday munosabat bildirgani ochiq yozilmagan boʻlsa–da, aniq koʻrinib turibdiki, ular tavba qilib, Egamizga qaytganlar. U xalqiga shunday debon:
“Toʻq boʻlasiz, sizlarga beraman sharob, moy va don.
Xalqlar orasida mazax boʻlishingizga endi yoʻl qoʻymayman.
20Daf qilaman shimoldan kelgan lashkarlarni,
Haydab solaman qaqroq, huvullagan sahroga ularni.
Oʻlik dengizga uloqtiraman ilgʻor qismlarini,
Oʻrta yer dengiziga suraman orqa qismlarini.
Jasadlaridan qoʻlansa hid anqiydi.”
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
21Ey zamin, qoʻrqma! Xursand boʻl, shodlan.
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
22Qoʻrqmanglar endi, ey yovvoyi hayvonlar,
Chunki yam–yashildir dashtdagi yaylovlar,
Meva berayotir endi daraxtlar,
Anjir va uzumning hosili moʻldir.
23Ey Quddus xalqi, xursand boʻlinglar,
Egangiz Xudoning ishlaridan sevininglar.
Sizlarga U yon bosib, yomgʻirni moʻl yogʻdirdi.
Oldingiday, kuz, bahorda yomgʻirni quydirdi.
24Endi xirmonlar donga toʻlib ketadi,
Xumlar sharobu moy bilan toʻlib–toshadi.
25Egamiz shunday deydi:
“Zarar koʻrdingiz qirgʻin keltiruvchi,
Yemiruvchi chigirtkalar#2:25 chigirtkalar — bu oyatning ibroniycha matnida chigirtkaga nisbatan toʻrt xil soʻz ishlatilgan. 1:4 izohiga qarang. dastidan,
Ekinzorlaringizni kemirib tashlagan
Sakraydigan chigirtka galasi dastidan,
Koʻrgan zararingizni Men qoplayman.
Bu kuchli lashkarni sizga qarshi Men yuborganman.
26Endi sizlar xohlaganingizcha yeysiz,
Sizlar uchun ajoyibotlar koʻrsatgan
Men, Egangiz Xudoga hamdu sano aytasiz.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda boʻlmaysan endi!
27Ey Isroil, Men orangda ekanimni bilib olasan shunda,
Men Egangiz Xudoman, yoʻqdir Mendan boshqasi.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda boʻlmaysan endi!
Xudo Oʻz Ruhini yogʻdirishni vaʼda qiladi
28Soʻngra Oʻz Ruhimni yogʻdiraman har bir inson ustiga,
Vahiylar keladi yigitlaringizga.
Bashoratlar qilar sizning oʻgʻil–qizlaringiz.
Karomatli tushlar koʻrar qariyalaringiz.
29Oʻz Ruhimni yogʻdiraman oʻsha kunlarda,
Hattoki qulu choʻrilaringiz ustiga.
30-31Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin, Men yeru osmonda alomatlarni koʻrsataman. Yer yuzida qonni, olovni va tutun ustunlarini paydo qilaman. Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.”
32Shunda Xudo daʼvat etgan odamlar omon qoladi. Ha, Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi. Egamiz aytganiday, Sion togʻiga va Quddusga qochib borganlar najot topishadi.
Currently Selected:
Yoʻel 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020