YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 9

9
9–BOB
Ayubning uchinchi nutqi: Xudodan qutqaradigan hakam yoʻq
1Ayub javob berib, shunday dedi:
2“Ha, bilaman, aytganlaringning hammasi toʻgʻri,
Lekin qanday qilib inson Xudoning nazarida haq boʻla oladi?
3Agar biror inson Xudo bilan bahsga kirishsa,
U Xudoning mingta savolidan bittasiga ham javob bera olmasdi.
4Ha, Xudo dono va qudratlidir,
Kim Xudoga qarshi chiqib, Undan ustun boʻlgan?!
5Xudo ogohlantirmay togʻlarni agʻdaradi,
Gʻazab alangasida ularni yiqitadi.
6Yerni joyidan qoʻzgʻatib, silkitadi,
Zamin ustunlarini#9:6 Zamin ustunlari — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi. titratadi.
7Quyoshga amr bersa, u nur sochmaydi,
Yulduzlarning nurini oʻchirishga qodir Xudodir U.
8Uning Oʻzi samoni yoygan#9:8 …samoni yoygan… — Ishayo 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.,
Dengiz toʻlqinlarini toptab yuradi#9:8 Dengiz toʻlqinlarini toptab yuradi — dengiz buzgʻunchi kuchlarning ramzi boʻlib, oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid solar edi. Bu yerda Xudo oʻsha kuchlarni tor–mor qilgan Gʻolib sifatida tasvirlangan (yana shu bobning 13–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang)..
9Hulkar#9:9 Hulkar — katta burj boʻlib, burjdagi yulduzlarning joylashuvi ovchi shaklini hosil qiladi. Hulkar Orion nomi bilan ham tanilgan. Yunon mifologiyasiga koʻra, Orion ovchi boʻlgan. yulduzini, Katta ayiq burji va Parvin#9:9 Parvin — kichkina, yorqin burj. Parvin “Yetti opa–singil” degan nom bilan ham tanilgan (yunon mifologiyasiga koʻra, bular Atlasning yetti qizi boʻlgan). yulduzlarini,
Butun janubdagi yulduz turkumlarini yaratgan Xudodir U.
10Inson aqli bovar qilmaydigan buyuk ishlar qiladi Xudo,
U qilgan moʻjizalarning son–sanogʻi yoʻqdir.
11U yonginamdan oʻtib ketsa ham,
Men Uni koʻra olmayman.
Oʻz yoʻlida davom etib ketaveradi,
Uning oʻtganini payqamay qolaman.
12U olib qoʻyaman, desa, kim toʻxtata oladi?!
Kim Undan: «Nima qilyapsan?» deb soʻray oladi?!
13Xudo Oʻz gʻazabini tutib turmaydi,
Hatto maxluq Rahob#9:13 Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzgʻunchi kuchlarning ramzidir. Muqaddas Kitobda Xudoning Levitan ustidan qozongan gʻalabasi Uning kuch–qudrati ramzidir. Zotan, Xudo butun borliq ustidan, shuningdek, Oʻz xalqining dushmanlari ustidan gʻolib boʻlgan qudratli Hukmdordir. yordamchilari Uning oyogʻi ostida qaltiraydi.
14Men kim boʻlibmanki, Unga javob bera olsam,
U bilan bahslashish uchun kerakli soʻzlar tilimga kelsa?!
15Aybsiz boʻlsam ham, Unga javob bera olmagan boʻlardim,
Hakamdan faqat rahm–shafqat tilagan boʻlardim.
16Agar Uni chaqirsam, U menga javob bersa ham,
Gaplarimga quloq solishiga ishonmayman.
17Xudo boʻron chaqirib, meni ezmoqda#9:17 Xudo boʻron chaqirib, meni ezmoqda… — 1:18-19 dagi voqea nazarda tutilgan boʻlsa kerak.,
Hech bir sababsiz yaralarimni koʻpaytirmoqda.
18Nafasimni rostlab olishga ham imkon bermayapti,
Yuragimni qaygʻuga toʻldiryapti.
19Agar kuch sinalsa, albatta U eng kuchlisi boʻlib chiqadi.
Odillik masalasida esa kim Uni mahkamaga chaqirib keladi?!
20Gunohsiz boʻlsam ham, oʻz ogʻzim meni aybdor deb topadi,
Aybsiz boʻlsam ham, oʻz ogʻzim meni egri deb hukm qiladi.
21Aybsizman, ammo menga baribir,
Oʻz hayotimdan nafratlanyapman.
22Eh, hammasi baribir ekan, shuning uchun ham:
«U aybsizni ham, fosiqni ham halok qiladi», deb aytaman.
23Kulfat kutilmaganda odamga oʻlim keltirsa,
Aybsizning boshiga tushgan ofatdan Xudo kuladi.
24Butun yer yuzi fosiqlar qoʻlida,
Xudo hakamlarning koʻzlarini bogʻlab qoʻygan.
Agar U bogʻlamagan boʻlsa,
Yana kim bogʻlagan boʻlishi mumkin?!
25Hayotim chopagʻon kishidan ham tezroq oʻtib ketadi.
Shunchalik tezki, hech farogʻat koʻrmay oʻtib ketaman.
26Umrim tez suzadigan qayiqlarday koʻzga koʻrinmay ketadi,
Oʻz oʻljasiga tashlangan burgutday tezdir.
27«Endi hech nolimayman,
Qaygʻuli chehram yorishsin,
Xursand boʻlay», degim keladi,
28Lekin yanada koʻproq keladigan gʻam–alamdan qoʻrqaman.
Axir, Sen meni aybsiz hisoblamaysan.
29Modomiki, aybdor ekanman,
Harakat qilishimdan nima foyda bor?
30Qor suvida choʻmilib,
Qoʻllarimni sovun bilan yuvsam–da,
31Ey Xudo, Sen meni loy chuqurga tashlaysan,
Hatto kiyimlarim ham mendan nafratlanadi.
32Xudo inson emaski, men U bilan bahslashsam,
Men bilan daʼvolashgin deb, Uni chaqirsam.
33Ikkimiz oramizda hakam yoʻqki,
Bizni ajrim qilsa.
34Hakam boʻlganda, Xudoning tayogʻini ustimdan olib tashlagan boʻlardi,
Oʻshanda Xudo meni boshqa dahshatga solmasdi.
35Qoʻrqmasdan Unga gapira olgan boʻlardim,
Lekin hozirgi ahvolimda unday qilolmayman.

Currently Selected:

Ayub 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in