Ayub 31
31
31–BOB
Ayub aybsizligini oxirgi marta taʼkidlaydi
1Men: «Ayol–qizlarga shahvat bilan qaramayman», deb
Koʻzlarim bilan ahd tuzgan edim.
2Xoʻsh, Xudo menga bergan nasiba nima boʻldi?!
Qodir Xudo men uchun nima buyurgan?!
3Adolatsizlarning boshiga ofat,
Badkirdorlarning boshiga kulfat tushadi–ku.
4Xudo hamma yoʻllarimni koʻradi,
Bosgan qadamimni kuzatib turadi.
5Agar yolgʻon gapirgan boʻlsam,
Tilim yolgʻon–yashiqqa toʻla boʻlsa,
6Mayli, Xudo meni adolat tarozisida tortib koʻrsin,
Shunda U pokligimni bilib oladi.
7Agar toʻgʻri yoʻldan ogʻib ketgan boʻlsam,
Nafsim meni yoʻldan urib,
Qoʻllarimni bulgʻagan boʻlsam,
8Mayli, men ekay, hosili birovga nasib boʻlsin,
Dalamda ungan ekinlar sugʻurib tashlansin.
9Biror ayol meni yoʻldan urgan boʻlsa,
Shahvat bilan qoʻshnimni poylagan boʻlsam,
10Mayli, xotinim boshqalarning bugʻdoyini yanchsin,
Begona erkaklar uning oldiga kirsin.
11Axir, shahvat buzuqlik–ku!
Bu gunoh albatta hukm qilinadi.
12Halokat diyorigacha#31:12 Halokat diyori — ibroniycha matnda Abaddoʻn. 26:6 ning ikkinchi izohiga qarang. yetib boradigan olovdaydir u,
Bor–budimni tag–tomiri bilan yeb bitiradi.
13Qullarim, choʻrilarim men haqimda shikoyat qilganda,
Ularga nisbatan doim adolatli boʻlganman.
14Aks holda, Xudo hukmga turganda men nima qilardim?
Xudo meni soʻroq qilganda nima degan boʻlardim?
15Meni yaratgan ularni ham yaratgan–ku!
Onamizning qornida barchamizga shakl bergan — Xudo–ku!
16Muhtojlar madad soʻraganda, qaytarib yubormadim,
Bevalarning umidini puchga chiqarmadim.
17Ovqatimni bir oʻzim yemadim,
Yetimlar bilan boʻlishdim.
18Yoshligimdan yetimlarga ota boʻldim,
Umrim boʻyi bevalarga gʻamxoʻrlik qildim.
19-20Koʻzim tushgan yalangʻoch bechoralar
Qoʻylarimdan qirqib olingan junlar bilan isindi.
Ust–boshi boʻlmagan faqirlarga mehr koʻrsatdim,
Shuning uchun ular meni duo qildi.
21Agar qozixonada soʻzim oʻtishini bilib turib,
Yetimlarga qarshi qoʻl koʻtargan boʻlsam,
22Qoʻllarim sinib qolsin,
Qoʻlim yelkamdan uzilib tushsin.
23Men Xudodan keladigan kulfatdan qoʻrqardim,
Xudoning ulugʻvorligini bila turib, bunday ish qila olmasdim.
24Tillaga ishondimmi?
Toza tillaga umid bogʻladimmi?
25Boyligim koʻpligidan yoki mol–mulkim bilan maqtandimmi?
26Osmondagi yorugʻ quyoshga qarab,
Goʻzal oyning suzishini kuzatib,
27Yuragim vasvasaga tushdimi?
Ularga sigʻindimmi?
28Agar shunday qilgan boʻlsam, bu ham hukmga loyiq gunoh boʻlar edi.
Axir, bu ish bilan yuksakdagi Xudoga sadoqatsizlik koʻrsatgan boʻlardim–da!
29Hatto gʻanimlarimga kelgan kulfatdan suyunmadim,
Boshiga ofat tushganda quvonmadim.
30Ularni qargʻashdan oʻzimni tiydim,
Boshimga gunoh orttirmadim.
31Xizmatkorlarim shunday derdilar:
«Ayubning chodirida goʻsht yeb, toʻymaganlar bormi?»
32Hech bir musofir koʻchada tunamas edi,
Chunki eshigim doimo sayyohlarga ochiq edi.
33Boshqalarga oʻxshab, gunohlarimni yashirmadim,
Ayblarimni yuragimda saqlamadim.
34Olomondan choʻchiydiganlaru
Odamlarning gapidan qoʻrqadiganlar kabi
Koʻchaga chiqmay, jim oʻtiravermadim.
35Koshki endi menga quloq soladigan birortasi boʻlsa!
Mana arzimga oʻzim qoʻl qoʻyyapman.
Endi Qodir Xudo Oʻzi javob bersin.
Qani endi, dushmanim ayblarimni yozib bersa,
36Men faxrlanib, ularni yelkamga osgan boʻlardim,
Toj qilib kiyib yurgan boʻlardim.
37Har bir bosgan qadamimga javob bergan boʻlardim,
Magʻrur bir shahzoda kabi Xudoning oldiga borgan boʻlardim.
38Agar yerlarim menga qarshi faryod qilsa,
Yerlarim egatlari koʻz yoshga toʻla boʻlsa,
39Bahosini toʻlamay, hosilini yegan boʻlsam,
Dehqonlarning oʻlimiga sababchi boʻlgan boʻlsam,
40Bugʻdoy oʻrniga tikanlar oʻssin,
Arpa oʻrniga gazanda oʻtlar chiqsin.”
Shunday qilib, Ayubning gaplari tugadi.
Currently Selected:
Ayub 31: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: