Ayub 3
3
3–BOB
Ayubning ilk nutqi: u tugʻilgan kunini laʼnatlaydi
1Oxiri Ayub soʻz boshlab, oʻzi dunyoga kelgan kunni laʼnatladi. 2U shunday dedi:
3“Men tugʻilgan kun qirilib ketsin,
Men yaratilgan kecha laʼnati boʻlsin.
4Oʻsha kun zulmatga aylanib qolsin!
Hatto Xudo ham shu kunni eslamasin,
Oʻsha kun hech qachon nur koʻrmasin.
5Zimziyo zulmat uni qamrasin,
U kunni bulutlar berkitsin,
Quyosh nurini qorongʻilik toʻsib qoʻysin.
6Ha, oʻsha kechani zulmat yutib yuborsin!
Yil kunlari orasida hech qachon sanalmasin,
Oylarning hisobiga oʻsha kecha kirmasin.
7Oʻsha kecha qisir boʻlsin,
Undan shodlik ovozi yangramasin.
8Maxluq Levitanni#3:8 Levitan — Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzgʻunchi kuchlarning ramzidir. Bu oʻrinda Ayubning niyati Levitanni chaqirtirib, quyosh nurini toʻsishdan iborat edi. chaqirishga qodir boʻlganlar uni qargʻasin,
Ha, laʼnat oʻqiydiganlar oʻsha kechaga qargʻish yogʻdirsin.
9Oʻsha kechada tong yulduzlari charaqlamasin.
Oʻsha kecha yorugʻlikka umid qilsin–u,
Ammo tong shuʼlasini koʻrmasin.
10Onamning bachadonini berkitmagani uchun,
Meni shuncha qaygʻudan xoli qilmagani uchun
Oʻsha kecha laʼnati boʻlsin.
11Nima uchun oʻlik tugʻilmadim?!
Onam qornidan tushiboq, oʻlmadim?!
12Nima uchun onam meni tizzalarida olib oʻtirdi ekan?!
Nima uchun meni emizdi ekan?!
13Oʻlganimda edi, hozir tinch yotgan boʻlardim.
Uxlab, orom olib yotgan boʻlardim.
14Vayronalarni tiklashga qodir boʻlgan
Shohu amaldorlar bilan birga boʻlardim.
15Tillaga boy, uylarini kumushga toʻldirgan
Shahzodalar qatori yotgan boʻlardim.
16Nima uchun oʻlik tugʻilgan boladay boʻlmadim?!
Nima uchun yorugʻlik koʻrmagan chaqaloqday koʻmilmadim?!
17Axir, qabrda fosiqlar ham
Fosiqlik qilishdan toʻxtaydilar–ku!
Charchaganlar ham dam oladilar–ku!
18Asirlar u yerda jam boʻlib tinch yashaydi,
Nazoratchilarning baqir–chaqiri eshitilmaydi.
19Katta ham, kichik ham u yerda bordir,
Qullar ham nihoyat u yerda ozoddir.
20Nima uchun qiynalganga yorugʻlik berilgan,
Qaygʻuga botganga esa hayot ato qilingan?!
21Ular oʻlimni kutadilar, lekin oʻlim kelmaydi,
Qimmatbaho xazinadan ham koʻra,
Koʻproq oʻlimni izlaydi ular.
22Oʻlim topganlarida ular juda quvonadi,
Shodlikdan boshlari osmonga yetadi.
23Nima uchun yoʻlni koʻrolmaydiganlarga yorugʻlik berilgan?!
Axir, Xudo ularning yoʻlini toʻsib qoʻygan–ku!
24Non yeyish oʻrniga ogʻir uf tortaman,
Chuqur ohu nolalarim suvday oqib chiqyapti.
25Ha, nimadan qoʻrqqan boʻlsam, oʻsha boshimga tushdi.
Xavfsiraganlarim sodir boʻldi.
26Koʻnglim tinch emas, menda xotirjamlik yoʻq,
Tinchlik yoʻq, gʻam–tashvish esa kelaveradi.”
Currently Selected:
Ayub 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: