YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 2

2
2–BOB
Shayton Ayubni takror sinaydi
1Bir kuni ilohiy zotlar#2:1 ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari. 1:6 ning birinchi izohiga qarang. Egamizning oldiga kelishdi. Shayton#2:1 Shayton — ibroniychadagi maʼnosi ayblovchi. ham Egamizning huzuriga keldi. 2Shaytondan Egamiz:
— Qayerdan kelyapsan? — deb soʻradi.
Shayton:
— Yer yuzining u yogʻidan bu yogʻiga yurib, aylanib chiqdim, — deb javob berdi.
3Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Qulim Ayubni koʻrdingmi? Yer yuzida unga oʻxshagan hech kim yoʻq. U aybsiz va solih odam. Mendan qoʻrqadi, fosiqlikdan yuz oʻgirgan. Sen esa bekorga Meni unga zarar koʻrsatishga undading. Qara, u hali ham solihligida mahkam turibdi.
4Shayton shunday javob berdi:
— Joniga azob berib koʻr–chi, nima qilar ekan?!#2:4 Joniga azob berib koʻr–chi, nima qilar ekan?! — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Teri evaziga teri. Bu ibora oʻz davrida keng qoʻllanilgan boʻlsa kerak. Koʻrasan, inson oʻz jonini saqlab qolish uchun hamma narsadan voz kechadi. 5Hozir uning tanasini dardga yoʻliqtirgin, u yuzingga qarab Seni laʼnatlaydi.
6Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Mayli, Ayubni qoʻlingga topshirdim. Uni faqat tirik qoldirgin.
7Shayton Egamizning huzuridan chiqib, Ayubni boshidan oyogʻigacha jirkanchli yaralar bilan qoplab tashladi. 8Ayub kul uyumlari orasida, sopol parchasi bilan yaralarini qashlab oʻtirardi.
9Xotini unga:
— Hamon solihligingizda mahkam turaverasizmi?! Xudoni laʼnatlang–da, oʻlib qoʻya qoling, — dedi.
10Ayub esa xotiniga shunday javob berdi:
— Sen ahmoq xotinlarday gapiryapsan. Xudoning qoʻlidan yaxshi narsalarni qabul qilamiz–u, yomonlarini olmaymizmi?
Shuncha azob–uqubatdan keyin ham Ayub Xudoga qarshi gapirib, gunoh qilmadi.
Ayubning doʻstlari keladi
11Ayubning boshiga tushgan kulfatlar haqida uning uch doʻsti eshitdi. Bular Temonlik Elifaz, Shuvaxlik Bildad va Namaxlik#2:11 …Temonlik…Shuvaxlik…Namaxlik… — Temon Edom yurtida joylashgan. Shuvax va Namax shaharlari aniq qayerda joylashgani maʼlum emas. Shuvax shahri Furot daryosi boʻyida yoki Arabiston yarim orolining shimolida, Namax shahri esa Bayrut va Damashq shaharlarining oraligʻida joylashgan boʻlishi mumkin. Zoʻfar degan odamlar edi. Ular yigʻilishib, Ayubga hamdardlik bildirish va tasalli berish niyatida uni koʻrishga keldilar. 12Doʻstlari Ayubni uzoqdan koʻrib taniy olmadilar. Qattiq dod–faryod solib, kiyimlarini yirtishdi, boshlari uzra tuproq sochishdi. 13Ular Ayub bilan birga yetti kun–yetti kecha yerda oʻtirdilar. Mana shu kunlar davomida hech biri Ayubga gapirmadi, chunki u juda qattiq azob chekayotganini koʻrib turar edilar.

Currently Selected:

Ayub 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy