Ayub 29
29
29–BOB
Ayub ilgari Xudo unga bergan baraka haqida gapiradi
1Ayub gapida davom etdi:
2“Qani endi, Xudo menga
Gʻamxoʻrlik qilgan paytlari qaytib kelsa edi.
3Oʻsha paytlarda Xudo Oʻz chirogʻi bilan yoʻlimni yoritardi,
Uning nuri bilan zulmatdan oʻtar edim.
4Kuch–quvvatga toʻlgan kezlarimda
Xudo bilan boʻlgan doʻstligim chodirimni toʻldirib turardi.
5Qodir Xudo men bilan edi,
Farzandlarim ham atrofimda yurardi.
6Uyimda qaymoq oshib–toshib yotardi,
Zaytunzorlarimdan moy ariq boʻlib oqardi.
7Shahar darvozasi oldida oʻtirganimda,
Yoʻlboshchilar orasidan joy olganimda,
8Yoshlar meni koʻrib, yoʻl berardi,
Hatto keksalar ham oʻrnidan turardi.
9Oqsoqollar ham gapidan toʻxtardi,
Dami ichiga tushib ketardi.
10Boshliqlarning ham ovozi tinardi,
Tillari tanglayiga yopishib qolardi.
11Gaplarimni eshitganlar meni maqtardi,
Koʻrganlar men haqimda yaxshi gapirardi,
12Axir, men nola qilgan yoʻqsillarga yordam berardim,
Suyanchigʻi yoʻq yetimlarni chetda qoldirmas edim.
13Oʻlimdan qutqarilgan bu odamlar meni duo qilardilar,
Yordamim bilan bevalarning qalbini quvonchga toʻldirardim.
14Solihlikka kiyim kabi oʻrangandim,
Odillikni sallam va toʻnimday kiyib yurardim.
15Koʻrlarga koʻz boʻldim,
Choʻloqlarga oyoq boʻldim.
16Faqirlarga ota boʻldim,
Musofirlarning arzlarini eshitib, himoya qildim.
17Zolimlarning tishlarini sindirdim,
Ularning ogʻzidan oʻljasini tortib oldim.
18Men shunday deb oʻylardim:
«Uzoq umr koʻrib, oʻz uyimda hayotdan koʻz yumaman.
19Axir, men ildizlari suvga yetgan,
Shoxlarida tun boʻyi shabnam turadigan daraxtdayman.
20Doimo obroʻyim baland boʻlaveradi,
Kuchim qayta–qayta yangilanaveradi.»
21Hamma sukut saqlab, menga quloq solardi,
Bizga qanday maslahat berarkan, deb kutardi.
22Mening soʻzlarimdan keyin hech kim gap qoʻshmasdi,
Soʻzlarim ularning ustiga shabnamday ohista tushar edi.
23Ular yomgʻir kutganday meni kutishardi,
Soʻzlarim bahor yomgʻiri singari ularga singib ketardi.
24Ularga kulib qarasam, koʻzlariga ishonishmasdi,
Marhamat qilishimni umid bilan kutishardi.
25Ularga bosh boʻlib, yoʻl–yoʻriq koʻrsatardim,
Lashkarlari orasidagi shohday yashar edim,
Ular qaygʻuga tushganlarida tasalli berardim.
Currently Selected:
Ayub 29: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020