YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 23

23
23–BOB
Ayubning sakkizinchi nutqi: u achchiq shikoyat qiladi
1Shunda Ayub yana gapirdi:
2“Bugun ham achchiq shikoyat qilaman#23:2 …achchiq shikoyat qilaman… — qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …Xudoga qarshi bosh koʻtarib, shikoyat qilaman….,
Oh–vohdan oʻzimni tuta olmayman.
3Qaniydi, Xudoni qayerdan topishni bilsam,
Taxti oldiga borgan boʻlardim!
4Uning oldiga barcha arzlarimni yoyib,
Oʻz daʼvolarimni aytgan boʻlardim.
5Oʻshanda Uning javobini tinglagan boʻlardim,
Uning menga aytganlarini tushungan boʻlardim.
6U buyuk qudrati bilan menga qarshi chiqarmidi?
Yoʻq, U menga quloq tutgan boʻlardi.
7Ha, solih inson Unga kelib, arzini ayta oladi.
Oʻz Hakamim meni bir umrga oqlaydi.
8Sharqqa borsam, Xudo yoʻqdir,
Gʻarbga borib ham Uni topolmayman.
9Shimolda biror ish qilsa, men Uni koʻrolmayman,
Janub tomon burilsa ham Uni topolmayman.
10U esa mening yurgan yoʻlimni biladi,
U meni sinagandan keyin sof tilladay boʻlaman.
11Men faqat Xudoning yoʻlidan yurdim,
Uning yoʻlini tutdim, chetga ogʻmadim.
12U bergan amrlardan chetga chiqmadim,
Kundalik rizqimdan ham koʻra
Uning soʻzlarini qimmatli bildim#23:12 …Kundalik rizqimdan ham koʻra Uning soʻzlarini qimmatli bildim — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalarda Uning soʻzlarini qalbimda saqladim..
13Xudo qarorida qatʼiy turadi,
Kim Uning fikrini oʻzgartira oladi?!
U nima xohlasa, shuni qiladi.
14Menga qarshi tuzgan rejalarini
U oxirigacha bajaradi,
Uning bunday rejalari hali koʻp.
15Shuning uchun Uning huzurida qoʻrquvga tushaman,
Bu haqda oʻylasam, meni vahima bosadi.
16Xudo meni jurʼatsiz qilib qoʻydi,
Qodir Xudo meni dahshatga solib qoʻydi.
17Ammo yuzimni qoplagan tim qorongʻilik,
Zulmat mening ovozimni oʻchira olmadi.

Currently Selected:

Ayub 23: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in