YouVersion Logo
Search Icon

Ayub 11

11
11–BOB
Zoʻfar gapiradi: u Ayubning jazoga loyiqligini taʼkidlaydi
1Keyin Namaxlik#11:1 Namaxlik — 2:11 izohiga qarang. Zoʻfar shunday dedi:
2“Shuncha koʻp gap javobsiz qolaveradimi?
Koʻp gapirgan inson oqlanar ekanmi?
3Bekorchi gaplaring boshqalarning ovozini oʻchirib qoʻydimi?
Nahotki mazax qilib aytgan gaplaring uchun hech kim seni uyaltirmasa?
4Sen: «Men haqman, bunga ishonchim komil,
Oʻzim ham Xudoning nazarida pokman», deb aytasan.
5Qani endi, Xudo gapirsa,
Uning Oʻzi senga qarshi ogʻiz ochsa edi.
6Qani endi, U senga donolikning sirlarini bildirsa edi.
Axir, haqiqiy donolik koʻp qirrali–ku!
Bilib qoʻy, Xudo seni oʻz gunohlaringga yarasha jazolagani yoʻq,
Jazoni ancha kam beryapti.
7Xoʻsh, Xudoning sirlarini anglay olasanmi?!
Qodir Xudoning komilligini bila olasanmi?!
8Xudoning donoligi osmondan ham yuksakdir,
Sen nima qila olarding?!
Xudoning donoligi oʻliklar diyoridan#11:8 oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 7:9 izohiga qarang. ham chuqurroqdir,
Sen nimani bila olarding?!
9Uning oʻlchami yer tevaragidan ham uzunroq,
Dengizdan ham kengroqdir.
10Xudo kelib, seni qamoqqa tashlasa,
Yoki hammani hukmga yigʻsa,
Kim Uni toʻxtata olardi?
11Albatta U yolgʻonchilarni biladi,
Yovuzlikni koʻrganda, eʼtiborga oladi–ku!
12Asov eshakdan odam tugʻilmaganday,
Nodon#11:12 Nodon — 5:2 izohiga qarang. ham donolikka erisha olmaydi.
13Oʻz yuragingni Xudoga bagʻishla,
Ibodat qilib, qoʻllaringni U tomon choʻzgin.
14Qoʻllaring gunohdan bulgʻangan boʻlsa, poklagin,
Chodiringda yovuzlikka joy bermagin.
15Shunda sen uyalmasdan boshingni tik koʻtarib yurasan.
Qoʻrquvdan xoli boʻlib, barqaror turasan.
16Qaygʻularingni esdan chiqarasan,
Ular oqib ketgan suvlarday boʻlib qoladi.
17Hayoting kunduzgi nurday yorugʻ boʻladi,
Har qanday zulmat tongday boʻlib qoladi.
18Umiding borligi uchun ishonching komil boʻladi,
Atrofingda himoyang boʻlib, tinchlikda orom olasan.
19Yotganingda hech kimdan qoʻrqmaydigan boʻlasan,
Hamma sendan marhamat istab keladi.
20Fosiqlarning koʻz nuri soʻnadi,
Ular qochishga yoʻl topolmaydilar,
Oʻlib qutulamiz, deb umid qiladilar.”

Currently Selected:

Ayub 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in