Ishayo Kirish
Kirish
Ishayo paygʻambar taxminan qirq yil davomida faoliyat koʻrsatgan. Mana shu davrda Yahudo shohlaridan toʻrttasi birin–ketin hukmronlik qilgan edi (1:1 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Ishayo Quddusda yashab, Xudoning kalomini Yahudoga, yaʼni janubiy shohlikka yetkazgandi. U yashagan davrda Isroil, yaʼni shimoliy shohlik quladi, aholisi esa Ossuriyaga asirlikka olib ketildi. Xoʻsheya va Mixo paygʻambarlar Ishayo paygʻambarning zamondoshlari edi.
Mazkur kitobni uch qismga boʻlish mumkin. Kitobning birinchi qismida (1-35–boblar) Ishayo paygʻambar Yahudo xalqining gunohlarini fosh qiladi. Yurtdagi buzgʻunchilik va hukm surgan adolatsizliklarni tilga oladi. Yahudo xalqining gunohlari Xudoning gʻazabini keltiradi. Kitobning bu qismida muallif Xudoning muqaddasligiga alohida urgʻu beradi, Uni butun olam Shohi, cheksiz qudrat Sohibi sifatida tasvirlaydi.
Kitobning ikkinchi qismida (36-39–boblar) tarixda yuz bergan hodisalar, chunonchi, Ossuriyaning Yahudo yurtiga bostirib kelgani va Quddusni qamal qilgani haqida bayon qilinadi. Oʻshanda Ossuriya muvaffaqiyatga erishmagan edi. Lekin Ishayo paygʻambar xalqni ogohlantirib, Bobil shohligining kuchayishi va kelajakda Yahudo yurtini bosib olishi haqida bashorat qiladi.
Kitobning uchinchi qismi (40-66–boblar) uzoq kelajakka oid bashoratlardan iborat boʻlib, xalqqa umid bagʻishlaydi. Bobil shohligi Yahudo yurtini vayron qilib, xalqini asirlikka olib ketgandan keyin, Xudo Oʻzi belgilagan vaqtda ularni oʻz yurtiga qaytarib olib keladi. Ularni yupatib, roʻshnolikka olib chiqadi. Mazkur boblarning mohiyati shundan iboratki, Xudo dunyoda yuz berayotgan hodisalarni boshqaradi, U nafaqat Oʻz xalqiga, balki boshqa millatlarga ham yaxshilikni ravo koʻradi. Xudo dunyodagi barcha xalqlarga Yahudo xalqi tufayli baraka ulashadi.
Currently Selected:
Ishayo Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: