Xoʻsheya 7
7
7–BOB
1Isroilni shifolamoqchi boʻlib turganimda,
Uning#7:1 U — ibroniycha matnda Efrayim, 4:17 izohiga qarang. buzuqligi oshkor boʻldi,
Samariyaning jinoyatlari ochildi.
Ular makkorona ish tutishadi,
Oʻgʻrilar xonadonlarni oʻmarishadi,
Qaroqchilar yoʻltoʻsarlik qilishadi.
2Qilgan barcha qabihliklari yodimda,
Biroq ular buni xayoliga keltirmaydi.
Mana, ular gunohlarga botishdi,
Koʻz oʻngimda bu gunohlar gavdalanadi.
Saroydagi fitnalar
3Odamlar shohni yovuzliklari bilan xushnud qilar,
Ular beklarni hiylalari bilan shod etar.
4Ularning hammasi sadoqatsiz va makkor,
Lovullagan tandirga oʻxshaydi.
Novvoy xamirini qorib boʻlguncha,
Xamir oshib tayyor boʻlguncha,
Hatto olov kovlashga ham ehtiyoj yoʻq.
5Shoh ziyofat bergan kuni
Beklar shohga maydan ichirishdi,
Shoh mazaxchilar bilan hamtovoq boʻldi.
6Ularning yuraklari tandirga oʻxshaydi,
Shohga qarshi ular fitna uyushtiradi,
Kechasi bilan gʻazabi choʻgʻday tutab yotadi,
Saharga kelib, olovday lovullab yonadi.
7Tandirday qizishgan bu hamma odamlar,
Hukmdorlarini yamlamay yutyaptilar.
Natijada shohlari birin–ketin nobud boʻlyapti#7:7 …shohlari birin–ketin nobud boʻlyapti — 4 Shohlar 15:8-10, 13-14, 23-25, 30 ga qarang.,
Ammo birontasi ham Menga iltijo qilmayapti.”
Isroil va oʻzga xalqlar
8Efrayim boshqa xalqlarga qorishgan.
U xom pishgan nonga oʻxshab qolgan.
9Oʻzga xalqlar uning kuchini kesdi,
U esa buni anglamaydi.
Sochlari oqarib boʻldi,
U esa buni payqamaydi.
10Isroilning magʻrurligi
Oʻziga qarshi guvohlik beradi.
Boshiga tushgan kulfatlarga qaramay
Isroil oʻz Egasi Xudoga qaytmaydi,
Yuzini Unga burmaydi.
11Egamiz shunday deydi:
“Efrayim kabutarga oʻxshar,
Ham befarosat, ham ovsar.
U Misrdan yordam soʻraydi,
Pir etib Ossuriyaga uchadi.
12Uchganda, Men unga toʻr tashlayman,
Ovlangan qushday yerga tushiraman.
Toʻdalashganini eshitsam, jazosini beraman.
13Xalqimning holiga voy!
Axir, ular Mendan uzoqlashdi!
Endi nobud boʻlishadi!
Axir, Menga qarshi bosh koʻtarishdi!
Ularni xalos qilardim–u,
Ammo Menga yolgʻon gapirishdi.
14Ular Menga chin dildan iltijo qilmaydi,
Ammo toʻshaklarida yotib, faryod chekishadi.
Butparastlarday badanlarini tilib,
Bugʻdoy va sharob talab qilishadi#7:14 Butparastlarday badanlarini tilib, Bugʻdoy va sharob talab qilishadi — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Ular don va sharob uchun yigʻiladilar. Baʼzan odamlar Baaldan baraka soʻrash va unga sodiqligini koʻrsatish uchun badanlarini tilardilar (3 Shohlar 18:28 ga qarang)..
Menga qarshi bosh koʻtarishadi.
15Men Oʻzim ularni boqdim, kuchaytirdim,
Ular esa Menga qarshi fitna qiladi.
16Hamma yoqdan madad izlaydi,
Men, Xudoyi Taologa esa yuz burmaydi.
Ular yaroqsiz bir kamonga oʻxshaydi,
Ularga aslo ishonib boʻlmaydi.
Beklari haqoratli soʻzlar aytganlari uchun
Qilichdan halok boʻladi.
Bu qilmishlari uchun
Misrda kulgi boʻlishadi.”
Currently Selected:
Xoʻsheya 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020