Xoʻsheya 6
6
6–BOB
Odamlarning soxta tavbasi
1Bu xalq shunday deydi:
“Kelinglar, Egamizga qaytaylik!
U bizni tilka–pora qildi,
Shifoni ham Oʻzi beradi.
Bizni yarador qildi,
Yaralarimizni Oʻzi bogʻlaydi.
2Uning huzurida yashay olishimiz uchun,
Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi,
Uchinchi kuni oyogʻimizga turgʻizadi.
3Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik.
Tong otishi muqarrar boʻlganday,
U albatta bizga zohir boʻladi,
Kuz va bahorda yomgʻir yogʻishi tabiiy boʻlganday,
U albatta oldimizga keladi.”
Isroilning soxta sadoqati va oladigan jazosi
4Egamiz shunday deydi:
“Seni nima qilay, ey Efrayim?!#6:4 Efrayim — 4:17 izohiga qarang.
Seni nima qilay, ey Yahudo?!
Sening sevging tongdagi tumanday tez gʻoyib boʻlar,
Sahardagi shudring kabi bugʻlanib ketar.
5Shuning uchun soʻzlarim bilan seni oʻlguday savaladim,
Paygʻambarlarim orqali seni chopib tashladim.
Chiqargan hukmim chaqmoq kabi seni uradi.
6Zero, Men qurbonlikni emas,
Rahm–shafqatni istayman,
Kuydirilgan qurbonliklarni emas,
Meni tanib–bilishingni afzal koʻraman.
7Xalqim Odam Atoday#6:7 …Odam Atoday… — yoki …Adam shahrida…, ammo bu shahar Muqaddas Kitobda faqatgina bir marta aytib oʻtilgan (Yoshua 3:16 ga qarang). Odam Ato Adan bogʻida Xudoga itoatsizlik qilgan edi (Ibtido 2:15-17, 3:1-7 ga qarang). ahdni buzdi,
Evoh, Menga bevafolik qildi.
8Gilad — yovuzlarning shahridir,
Koʻchalari qon dogʻlariga toʻladir.
9Ruhoniylar qaroqchilarga oʻxshaydi,
Ular pistirmada yotib, qurbonini poylashadi.
Shakam shahri#6:9 Shakam shahri — Isroilda, yaʼni shimoliy shohlikda, Ebal va Garizim togʻlari orasida joylashgan edi. Yoshua yashagan davrda Shakam shahri Isroil xalqining oʻn ikki qabilasi uchun muhim diniy va siyosiy markaz boʻlgan edi. Isroil xalqi Kanʼon yurtini bosib olgandan keyin Shakamda yigʻilib, Egamizga sodiq boʻlishga va Uning Muso orqali bergan qonunlariga amal qilishga vaʼda bergan edi (Qonunlar 27:1-10, Yoshua 8:30-35, 24:1, 24-25 ga qarang). Xoʻsheya yashagan davrda ham Shakam shahri Egamizga sodiq qolgan odamlar uchun muhim diniy markaz boʻlgani ehtimoldan holi emas. yoʻlida qotilliklar qilishadi,
Ha, ular mudhish jinoyatlarga qoʻl urdi.
10Men Isroilda dahshatli hodisani koʻrdim:
Efrayim bevafolik qildi!
Isroil oʻzini bulgʻadi!
11Ey Yahudo, sen uchun ham oʻrim payti belgilandi.
Men xalqimni yana farovonlikka erishtirmoqchi boʻlganimda,
Currently Selected:
Xoʻsheya 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: