YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 14

14
14–BOB
1Samariya aholisi#14:1 Samariya aholisi — 8:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. oʻz Xudosiga qarshi bosh koʻtardi,
Endi ular gunohining jazosini tortadi.
Ular qilichdan halok boʻladi,
Goʻdaklarini dushmanlar yerga urib oʻldiradi,
Homilador ayollarning qorinlarini yoradi.
Xoʻsheya Isroil xalqiga xitob qiladi
2Ey Isroil, Egang Xudoga qaytgin!
Axir, gunoh tufayli sen qulading.
3Gapingni tayyorlab, Egamizga qayt.
Sen Unga shunday deb ayt:
“Gunohlarimizdan kechib yuborgin,
Ibodatimizni qabul qilgin.
Qurbongohingda buqalarni qurbonlik qilganday,
Biz Senga madhiyamizni nazr qilamiz.
4Ossuriya bizga najot bermaydi,
Biz jangovar otlarga minmaymiz.
Qoʻl bilan yasalgan butlarni
Endi biz «xudolarimiz» deb atamaymiz.
Ey Egamiz, biz — yetimlarga
Faqat Sen rahm–shafqat qilasan.”
Isroilga Egamiz yangi hayot vaʼda qiladi
5Egamiz shunday deydi:
“Men xalqimga shifo berib,
Ularni bevafolikdan qaytaraman,
Ularga qayta koʻngil qoʻyaman,
Men jahldan tushdim.
6Men Isroil uchun shudringday boʻlaman,
Shunda Isroil nilufarday ochiladi,
Lubnon oʻrmoniday tomir otadi.
7Ularning novdalari oʻsib chiqadi,
Zaytun daraxtidek koʻrkam boʻladi,
Lubnon sadriday muattar hid taratadi.
8Ularning soyasida xalqlar yashaydi.
Isroil moʻl bugʻdoy yetishtiradi,
Ular uzumzorday koʻp hosil berishadi,
Lubnon sharobiday mashhur boʻlishadi.
9Ey Efrayim#14:9 Efrayim — 4:17 izohiga qarang., Men butlaringga aslo oʻxshamayman!#14:9 …Men butlaringga aslo oʻxshamayman! — yoki …Endi butlaringni tashla!
Sening ibodatlaringga javob beraman,
Senga gʻamxoʻrlik qilaman.
Men doim yashil sarv daraxti kabidirman#14:9 Men doim yashil sarv daraxti kabidirman… — Eski Ahdda Xudo faqat shu joyda daraxtga qiyoslangan. Kanʼondagi xalqlarning udumiga koʻra, sajdagohlar serbarg daraxtlar ostida yoki tepaliklarda joylashgan edi. Oʻsha joylarda odamlar Baal va shunga oʻxshash mahalliy xudolarga qurbonlik keltirib, ulardan yomgʻir yogʻdirishni, oʻzlarining mollariyu dalalariga baraka berishni soʻrardilar. Bu oʻrinda Xudo Oʻz xalqiga faqatgina Uning Oʻzi doim baraka va unumdorlik manbai ekanligini eslatadi.,
Olgan moʻl hosilingning manbaidirman.”
Xotima
10Kim dono boʻlsa,
Bu yerda yozilgan soʻzlarni tushunadi,
Kim fahm–farosatli boʻlsa,
Bularning hammasini anglab oladi.
Egamizning yoʻllari toʻgʻridir.
Solihlar Uning yoʻllaridan yuradi,
Isyonchilar esa qoqilib tushadi.

Currently Selected:

Xoʻsheya 14: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in