YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 11

11
11–BOB
Xudoning isyonkor xalqiga boʻlgan muhabbati
1Egamiz shunday deydi:
“Men Isroilni bolaligida yaxshi koʻrar edim,
Oʻz oʻgʻlonimni Misrdan chaqirib olgan edim#11:1 …Oʻz oʻgʻlonimni Misrdan chaqirib olgan edim — Chiqish 4:22-23 ga qarang..
2Uni qancha koʻp chaqirsam,
Mendan#11:2 …chaqirsam, Mendan… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …chaqirsalar, ulardan…. Ibroniycha matnda ishlatilgan uchinchi shaxs shakli Xudoning paygʻambarlarini bildiradi (misol uchun, 4 Shohlar 17:13-14, Yeremiyo 7:25-28 ga qarang). Mazkur tarjima ravon oʻqilishi uchun birinchi shaxs tilidan bayon qilingan. shuncha koʻp uzoqlashardi.
Baalga qurbonliklar keltirardi,
Butlarga tutatqilar nazr qilardi.
3Efrayimga#11:3 Efrayim — 4:17 izohiga qarang. yurishni Men oʻrgatgan edim,
Uni qoʻllarimda koʻtarib yurgan edim.
Ammo qilgan gʻamxoʻrligimni u bilmadi.
4Men esa uni mehr ila yetaklagandim,
Muhabbat rishtalari ila olib yurgan edim.
Boʻynidan boʻyinturuqni#11:4 boʻyinturuq — Isroil xalqining Misrdagi qulligiga ishora. Bu oʻrinda boʻyinturuqni olib tashlash Xudo Oʻz xalqini zulmdan xalos qilishini bildiradi. 10:11 da boʻyinturuq taqish Xudo Oʻz xalqini jazolashini, dushmanlar ularga zulm oʻtkazishini anglatadi. olib tashlagandim,
Muloyimlik bilan uni boqqandim.
5Xalqim tavba qilishdan bosh tortdi.
Shuning uchun Men ularni
Endi Misrga joʻnatib jazolayman#11:5 …Misrga joʻnatib jazolayman… — 8:13 izohiga qarang.,
Ha, zolim Ossuriyaga tobe qilaman.
6Shaharlarida qilich hukm suradi,
Darvozalarining tambalarini yoʻq qiladi.
Yovuz rejalari tufayli xalqim qilichdan halok boʻladi.
7Qachon qaramang, ular Mendan yuzini oʻgirishadi.
Paygʻambarlarim xalqni Menga qaytishga daʼvat qilsa–da,
Xalq Mendan — Xudoyi Taolodan madad tilamaydi#11:7 Paygʻambarlarim xalqni Menga qaytishga daʼvat qilsa–da…madad tilamaydi — yoki Ular boshqa xudoga iltijo qiladilar, ammo oʻsha xudo ularga yordam bermaydi..
8Ey Efrayim, qanday qilib sendan voz kechay?!
Ey Isroil, qanday qilib seni tashlab ketay?!
Admani yoʻq qilganimday, seni yoʻq qila olarmikanman?!
Zavoʻyimga#11:8 Adma…Zavoʻyim… — Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlari bilan birga yakson qilingan shaharlar (Ibtido 19:24-25, Qonunlar 29:23 ga qarang). qilganimni senga qila olarmikanman?!
Bunday qilishga yuragim betlamas aslo!
Senga boʻlgan mehrim uygʻondi.
9Yoʻq, sochmayman senga qahr–gʻazabimni,
Ey Efrayim, qayta barbod qilmayman seni,
Zero, Men Xudoman, inson emas,
Orangizdagi Muqaddas Xudoman,
Oldingizga jahl bilan bormayman.
10Men, Egangiz, sherday oʻkiraman,
Oʻshanda xalqim ortimdan ergashadi,
Ovozimni eshitgach, farzandlarim gʻarbdan shoshib kelishadi.
11Ular qushlarday uchib keladi Misrdan,
Kaptarlarday yetib keladi Ossuriya yurtidan#11:10-11 …gʻarbdan…11…Misrdan…Ossuriya yurtidan — Ishayo 11:10-12 ga qarang..
Men ularni uylariga eltib qoʻyaman.
— Egamizning kalomi shudir. —
Isroil va Yahudoni Xudo ayblaydi
12Efrayim atrofimni yolgʻon bilan oʻrab tashladi,
Isroil xonadoni Meni hiylaga koʻmib tashladi.
Yahudo xalqi Menga qarshi bosh koʻtardi,
Men, Muqaddas Xudoga ular itoat qilmayapti#11:12 Yahudo xalqi Menga qarshi bosh koʻtardi…ular itoat qilmayapti — yoki Yahudo xalqi Menga ergashmoqda…ular sodiq qolmoqda. Bu oyatda ishlatilgan ibroniycha feʼl Yahudo haqidagi yaxshi yoki yomon xabarni bildirishi mumkin. Bu oʻrinda yomon xabar ekanligining ehtimoli koʻproq. Xoʻsheya asosan Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka qarshi bashorat qilgan, baʼzi oʻrinlarda esa Yahudo, yaʼni janubiy shohlik aholisiga ham qarshi bashorat qilgan (4:15, 5:5, 10, 14, 6:11, 8:14, 10:11, 12:2 ga qarang)..”

Currently Selected:

Xoʻsheya 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in