YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 10

10
10–BOB
Isroil gunohkorligi uchun surgun qilinadi
1Isroil gurkiragan,
Hosildor tok kabidir.
Ammo hosili koʻpaygani sari,
U koʻplab qurbongohlar qurdi.
Yurti ravnaq topgani sari,
Butsimon toshlariga zeb berdi.
2Sadoqatsiz bu xalq endi taʼzirini yeydi.
Egamiz qurbongohlarini vayron qiladi,
Butsimon toshlarini sindirib tashlaydi.
3Koʻp oʻtmay ular aytishadi:
“Biz Egamizdan qoʻrqmadik,
Shuning uchun shohimizdan ayrilib qoldik.
Ammo shohning qoʻlidan nima ham kelardi?!”
4Ular bemaʼni gaplar gapirmoqda,
Soxta qasamlar ichib, ahdlar tuzishmoqda.
Natijada egatlardagi zaharli oʻtday,
Daʼvolar unib chiqmoqda.
5Samariya ahli#10:5 Samariya ahli — 8:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Bayt–Obundagi#10:5 Bayt–Obun — ibroniychadagi maʼnosi qabihlik uyi. Bu oʻrinda Xoʻsheya kinoya bilan Baytilga ishora qilgan. Baytil soʻzining maʼnosi Xudoning uyi demakdir (Ibtido 28:10-19 ga qarang). Ammo Isroil xalqi Baytilni butparastlik oʻchogʻiga aylantirgani uchun, muallif bu shaharni qabihlik uyi deb atamoqda (3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29, Amos 7:13 ga qarang). oltin buzogʻidan#10:5 Oltin buzogʻi — 8:5 izohiga qarang. xavotir oladi,
Uning uchun ular aza tutishadi.
Butidan xursand boʻlgan ruhoniylar ham
But surgun boʻlganidan yigʻlashadi.
6Butning oʻzi Ossuriyaga olib ketiladi,
Buyuk shohga#10:6 Buyuk shoh — 8:10 izohiga qarang. taqdim qilinadi.
Efrayim#10:6 Efrayim — 4:17 izohiga qarang. sharmanda boʻladi,
Umidini butga bogʻlagani uchun#10:6 …Umidini butga bogʻlagani uchun… — yoki …Oʻzlari quloq solgan maslahat tufayli….
Isroil uyatga qoladi.
7Samariya shohi suvga gʻarq boʻlgan payrahaday
Halok boʻladi.
8Isroilning gunohiga sabab boʻlgan
Obundagi#10:8 Obun — ibroniychadagi maʼnosi qabihlik boʻlib, Bayt–Obun nazarda tutilgan. Shu bobning 5–oyatiga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang sajdagohlar yoʻq qilinadi.
Qurbongohlarini yantogʻu tikan bosadi.
Odamlar togʻlarga: “Bizni bosib qolinglar!” deya baqirishadi.
Qirlarga: “Ustimizga qulanglar!” deb yolvorishadi.
Isroil ustidan Egamiz Oʻz hukmini eʼlon qiladi
9Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil, sen Givoda gunoh qila boshlading#10:9 …sen Givoda gunoh qila boshlading… — 9:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.,
Oʻsha yerda gunohdan chiqmay qoldi sening boshing.
Givodagi jinoyatchilar jazosini olganday,
Sen ham jazodan qochib qutula olmaysan.
10Men xohlagan paytimda jazoingni beraman.
Senga qarshi xalqlarni birlashtiraman.
Ikki barobar koʻpaygan jinoyatlaring uchun
Dushmanlar senga kishan soladi.
11Efrayim oʻrgatilgan buzoqqa oʻxshardi,
Yanchishni u xoʻp yaxshi koʻrardi#10:11 …Yanchishni u xoʻp yaxshi koʻrardi — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlarini tayoq bilan urish, ustidan tepkilash yoki xoʻptir yurgizish orqali bajarilgan (xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta). Xoʻptir tortayotgan hayvonlar yanchilayotgan dondan yeyishlari uchun toʻsqinlik qilinmagan (Qonunlar 25:4 ga qarang). Xoʻsheya bu obraz orqali Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisining loqaydligini, ular Xudoning barakalaridan semirib ketganini, oʻzlarining hayoti Xudoga bogʻliq ekanini unutib, Unga sajda qilmay qoʻyganini tasvirlaydi (13:6 ga qarang). Yana Qonunlar 32:15-18 ga qarang..
Mana endi uning goʻzal boʻyniga,
Men boʻyinturuq taqaman.
Endi unga omoch torttiraman#10:11 Endi unga omoch torttiraman — omoch tortish gʻalla yanchishdan koʻra ancha ogʻir ish edi. Bu oʻrinda mazkur obraz Isroil xalqi Xudoning barakalaridan mahrum boʻlishini va Ossuriyaga surgun qilinishini ifodalaydi..
Qani, Yahudo shudgor qilsin!#10:11 …Yahudo shudgor qilsin — Yahudo, yaʼni janubiy shohlik ham Xudo tomonidan hukm qilinishiga ishora. Miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). Xoʻsheya asosan Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka qarshi bashorat qilgan, ayni paytda Yahudo, yaʼni janubiy shohlik aholisiga ham qarshi bashorat qilgan (4:15, 5:5, 10, 14, 6:11, 8:14 ga qarang).
Efrayim#10:11 Efrayim — ibroniycha matnda Yoqub. Efrayimga, yaʼni shimoliy shohlikka ishora qilishning yana bir yoʻli (4:17 izohiga qarang). oʻzi uchun mola bossin!
12Ey Isroil, oʻzingiz uchun solihlik urugʻini eking,
Cheksiz sevgini oʻrib oling.
Haydalmagan yeringizga ishlov bering,
Vaqt keldi! Men, Egangizga intiling!
Shunda Men oldingizga boraman,
Yomgʻir yogʻdirganday, sizga najot beraman.
13Sen yovuzlikni ekding,
Adolatsizlikni oʻrib olding,
Yolgʻonning mevasidan yeding.
Sen oʻz kuchingga tayanganing uchun,
Son–sanoqsiz sipohlaringga ishonganing uchun,
14Jangu jadallar seni chetlab oʻtmaydi.
Shoh Shalman Bayt–Arbelni jangda vayron qilganday#10:14 Shoh Shalman Bayt–Arbelni jangda vayron qilganday… — bu voqea haqida boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq. Shalman Shalmanasar ismining qisqa shakli boʻlib, Ossuriya shohlarining bir nechtasi Shalmanasar ismi bilan tanilgan.,
Xotinlarni bola–chaqalari bilan toshga urib oʻldirganday,
Hamma shaharlaring vayron boʻladi.
15Ey Baytil#10:15 Baytil — ibroniychadagi maʼnosi Xudoning uyi. Isroil xalqi Baytilni butparastlik oʻchogʻiga aylantirgani uchun, muallif kesatib, Isroil xalqini Baytil deb atagan (shu bobning 5–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang)., sen qabihliklar qilganing uchun,
Bu kunlar boshingga tushadi.
Tong otgach, ey Isroil, shohing oʻldiriladi.”

Currently Selected:

Xoʻsheya 10: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in