Ezra 8
8
8–BOB
Ezra bilan birga surgundan qaytib kelgan odamlar
1Shoh Artaxshas#8:1 Shoh Artaxshas — 4:7 ning birinchi izohiga qarang. hukmronligi davrida men#8:1 men — yaʼni Ezra (7:28 izohiga qarang). bilan birga Bobildan ketgan urugʻboshilar va ular bilan birga roʻyxatga olinganlar quyidagilar edi:
2-3Finxaz urugʻidan — Gershom.
Itamar urugʻidan — Doniyor.
Dovud urugʻidan — Shaxaniyo naslidan boʻlgan Xattush.
Paroʻsh urugʻidan — Zakariyo va u bilan birga roʻyxatga olingan 150 nafar erkak.
4Paxatmoʻab urugʻidan — Zaraxiyo oʻgʻli Elixoʻnay va u bilan birga 200 nafar erkak.
5Zattu urugʻidan — Yaxaziyol oʻgʻli Shaxaniyo#8:5 Zattu urugʻidan — Yaxaziyol oʻgʻli Shaxaniyo… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2:8 ga qarang). Ibroniycha matnda Shaxaniyo urugʻidan — Yaxaziyol oʻgʻli…. va u bilan birga 300 nafar erkak.
6Adin urugʻidan — Yoʻnatan oʻgʻli Evid va u bilan birga 50 nafar erkak.
7Elam urugʻidan — Otaliyo oʻgʻli Yeshayo va u bilan birga 70 nafar erkak.
8Shafatiyo naslidan — Mikoyil oʻgʻli Zabadiyo va u bilan birga 80 nafar erkak.
9Yoʻab naslidan — Yoxiyol oʻgʻli Obodiyo va u bilan birga 218 nafar erkak.
10Banix urugʻidan — Yoʻsifiyo oʻgʻli Shalumit#8:10 Banix urugʻidan — Yoʻsifiyo oʻgʻli Shalumit… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2:10 ga qarang). Ibroniycha matnda Shalumit urugʻidan — Yoʻsifiyo oʻgʻli…. va u bilan birga 160 nafar erkak.
11Boʻvay urugʻidan — Boʻvay oʻgʻli Zakariyo va u bilan birga 28 nafar erkak.
12Ozgad urugʻidan — Xakkatan oʻgʻli Yoʻxanon va u bilan birga 110 nafar erkak.
13Odonixam urugʻidan — Elifalet, Yaviyol, Shamayo va ular bilan birga 60 nafar erkak. Elifalet, Yaviyol va Shamayo qarindoshlari orasidan eng oxirgi boʻlib qaytib keldilar#8:13 Elifalet, Yaviyol va Shamayo…eng oxirgi boʻlib qaytib keldilar — yoki Ular keyinroq qaytib keldilar..
14Bigʻvay urugʻidan — Utay, Zakkur va ular bilan birga 70 nafar erkak.
Ezra Maʼbadda xizmat qilish uchun levilarni chaqirtiradi
15Men ularni Ohabo shahriga#8:15 Ohabo shahri — Bobil yurtida joylashgan. oqib boradigan daryo boʻyida toʻpladim. Oʻsha joyda biz uch kun turdik. Men toʻplanganlarni sinchiklab koʻrib chiqdim, ularning orasida ruhoniylarni topdim, lekin levilar yoʻq edi. 16Keyin yoʻlboshchilar Eliazarni, Oriyolni, Shamayoni, Elnatanni, Yorivni, Elnatanni, Natanni, Zakariyoni, Mashullomni hamda Tavrot ustozlari Yoʻxariv va Elnatanni chaqirtirdim. 17Ularni Kosifiyodagi#8:17 Kosifiyo — bu yer aynan qayerda joylashgani maʼlum emas. Surgundagi yahudiylar Kosifiyoda yashashgan va u yerda oʻzlariga sajdagoh barpo qilgan boʻlishlari mumkin. levilarning yoʻlboshchisi Iddoning huzuriga joʻnatayotib, ularga shunday deb tayinladim: “Iddoning huzuriga borgach, unga, uning sheriklariga, Kosifiyodagi Maʼbad xizmatkorlariga aytinglar, Xudoning uyi uchun levilarni yuborishsin.” 18Xudoyimizning marhamati bizga yor boʻlgani uchun, ular Sharaviyo degan layoqatli bir odamni, oʻgʻillari va qarindoshlari bilan birga yubordilar. Sharaviyo Yoqub#8:18 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). oʻgʻli Levi naslining Maxli urugʻidan edi. Kelganlar jami 18 nafar erkak edilar. 19Shuningdek, Marori urugʻidan Xashaviyo va Yeshayo oʻgʻillari va qarindoshlari bilan birga yuborilgan edi. Ular jami 20 nafar erkak edilar. 20Bulardan tashqari, 220 nafar Maʼbad xizmatkori ham yuborildi. Ularning hammasi nomma–nom qayd etilgan. Bu xizmatkorlarning ajdodlarini shoh Dovud va uning aʼyonlari levilarga yordam berish uchun tayinlagan edilar.
Ezra roʻza eʼlon qiladi
21Xudodan: “Bizni, bolalarimizni va butun mol–mulkimizni safarda saqlagin”, deb soʻrab, toat–ibodat qilishimiz uchun men Ohabo daryosi boʻyida roʻza eʼlon qildim. 22Shohdan: “Bizni yoʻlda dushmandan himoya qilish uchun bir guruh sipoh va otliqlar bering”, deb soʻrashga xijolat boʻlardim. Chunki biz shohga: “Xudoyimiz Unga yuz burganlarning hammasiga marhamat qiladi, lekin Undan yuz oʻgirganlarga gʻazabini sochadi”, deb aytgan edik. 23Shunday qilib, biz roʻza tutdik va Xudoyimizga, bizni saqlagin, deb iltijo qildik. Xudoyimiz bizning iltijolarimizni eshitdi.
Maʼbad uchun hadyalar
24Soʻngra men bosh ruhoniylarning orasidan oʻn ikkita ruhoniyni — Sharaviyoni, Xashaviyoni va ularning qarindoshlaridan oʻntasini tanlab oldim. 25Xudoyimizning uyi uchun nazr qilingan kumush, oltin va buyumlarni ularning huzurida tarozida tortdim. Shoh, uning maslahatchilari, aʼyonlari, Bobil viloyatidagi butun Isroil xalqi nazr qilgan bu hadyalarni ularga topshirdim. 26Men ularga topshirgan nazrlarning miqdori quyidagicha edi:
1400 pud#8:26 1400 pud — ibroniycha matnda 650 talant, taxminan 22 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush,
200 pud#8:26 200 pud — ibroniycha matnda 100 talant, taxminan 3,4 tonnaga toʻgʻri keladi (shu oyatning davomida ham bor). kumush buyum,
200 pud oltin,
27yarim pud#8:27 yarim pud — ibroniycha matnda 1000 darik, taxminan 8,5 kiloga toʻgʻri keladi. chiqadigan 20 ta oltin kosa,
qiymati oltinga teng boʻlgan, sayqallangan aʼlo sifatli 2 ta bronza buyum.
28Men ularga shunday dedim: “Sizlar Egamizga bagʻishlangansizlar, buyumlar ham Egamizga bagʻishlangan. Bu kumush va oltinlar ota–bobolarimizning Xudosi — Egamizga chin koʻngildan nazr qilingan. 29Sizlar bu nazrlarni Quddusga olib borgunlaringizgacha ehtiyot qilib saqlanglar. Soʻng bularni Egamizning uyi omborida bosh ruhoniylar, levilar va urugʻboshilar huzurida tarozida tortinglar.”
30Shunday qilib, ruhoniylar va levilar tarozida tortilgan bu kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning Quddusdagi uyiga olib borish uchun qabul qilib oldilar.
Quddusga safar
31Birinchi oyning#8:31 Birinchi oy — miloddan oldingi 458 yilning birinchi oyi. 7:6-9 ga va oʻsha oyatlarning izohlariga qarang. oʻn ikkinchi kuni biz Ohabo daryosi boʻyidan Quddus tomon yoʻlga tushdik. Xudoyimiz bizga yor edi. Yoʻlda ketayotganimizda, U bizni dushman hujumidan va qaroqchilardan himoya qildi. 32Biz Quddusga yetib kelib, u yerda uch kun turdik. 33Toʻrtinchi kuni esa kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning uyida tarozida tortib, Uriyo oʻgʻli ruhoniy Miromoʻtga topshirdik. Uning yonida Finxaz oʻgʻli ruhoniy Elazar, shuningdek, levilardan Yeshuva oʻgʻli Yoʻzabad va Binnuy oʻgʻli Novadiyo bor edilar. 34Oʻsha kuni biz hamma narsani tarozida tortib, hisoblab chiqdik, har bir narsaning vaznini yozib qoʻydik.
35Shundan soʻng surgundan qaytib kelganlar Isroil xalqining Xudosiga qurbonliklar keltirdilar. Ular butun Isroil xalqi uchun 12 ta buqani, 96 ta qoʻchqorni, 77 ta qoʻzini Egamizga qurbonlik qilib kuydirdilar. Bulardan tashqari, xalqni gunohlaridan poklash uchun 12 ta takani qurbonlik qildilar. 36Soʻng shohning farmonini Furot daryosining gʻarbidagi viloyat#8:36 Furot daryosining gʻarbidagi viloyat — 4:10 ning ikkinchi izohiga qarang. noiblariga va hokimlariga olib bordilar. Noiblar bilan hokimlar xalqqa va Xudoning uyiga yordam koʻrsatdilar.
Currently Selected:
Ezra 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020