Shohdan: “Bizni yoʻlda dushmandan himoya qilish uchun bir guruh sipoh va otliqlar bering”, deb soʻrashga xijolat boʻlardim. Chunki biz shohga: “Xudoyimiz Unga yuz burganlarning hammasiga marhamat qiladi, lekin Undan yuz oʻgirganlarga gʻazabini sochadi”, deb aytgan edik. Shunday qilib, biz roʻza tutdik va Xudoyimizga, bizni saqlagin, deb iltijo qildik. Xudoyimiz bizning iltijolarimizni eshitdi.