Ezra 5
5
5–BOB
1Oʻsha davrda Xaggey va Iddo oʻgʻli Zakariyo paygʻambarlar Yahudo yurtidagi va Quddusdagi yahudiylarga Isroil xalqining Xudosi nomidan bashorat qila boshladilar. 2Shunda Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel#5:2 Shaltiyol oʻgʻli Zarubabel — 3:2 ning ikkinchi izohiga qarang. va Yohuzadax#5:2 Yohuzadax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻzadax. oʻgʻli Yoshua Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurishga yana kirishdilar. Xudoning paygʻambarlari ularning ishini qoʻllab–quvvatlab turdilar.
3Oʻsha zahoti Furot daryosining gʻarbidagi viloyat#5:3 Furot daryosining gʻarbidagi viloyat — 4:10 ning ikkinchi izohiga qarang. hokimi Tattanay bilan Shatarboʻzanay hamda ularning sheriklari yahudiylarning oldiga kelib: “Bu uyni koʻtarishga, uni qayta qurishga kim sizlarga ijozat berdi?” deb soʻrashdi. 4Binoni qurayotgan odamlarning ismlarini aytishni talab qilishdi#5:4 Binoni qurayotgan odamlarning ismlarini aytishni talab qilishdi — yoki Yahudiy oqsoqollari ularga binoni qurayotgan odamlarning ismlarini aytib berishdi.. 5Lekin Xudo yahudiy oqsoqollariga nazarini solgan edi. Shuning uchun Fors amaldorlari shoh Doroga#5:5 shoh Doro — 4:24 izohiga qarang. maktub yuborishga qaror qildilar. “Maktubga javob kelmaguncha yahudiylarni toʻxtatmaymiz”, deb kelishib oldilar.
Shoh Doroga yuborilgan maktub
6Furot daryosining gʻarbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarboʻzanay va ularning sheriklari — viloyat amaldorlari shoh Doroga maktub yubordilar. 7Ular yuborgan maktubning mazmuni quyidagicha edi:
“Shoh Doro janobi oliylariga tinchlik–omonlik boʻlsin!
8Shoh janoblariga maʼlum boʻlsinki, biz Yahudo viloyatida ulugʻ Xudoga atab qurilayotgan uyga borgan edik. Bu uy yoʻnilgan toshlardan va sadr yogʻochidan qurilyapti. Ish qunt bilan qilinyapti, qurilish bir maromda ilgarilab boryapti. 9Biz oʻsha yerdagi oqsoqollar bilan gaplashdik, ulardan: «Bu uyni koʻtarishga, uni qayta qurishga kim sizlarga ijozat berdi?» deb soʻradik. 10Sizni xabardor qilib qoʻyaylik deb, ularga boshchilik qilayotgan odamlarning ismlarini ham soʻradik.
11Ularning bizga bergan javobi shu boʻldi: «Biz Samoviy Xudoning qullarimiz. Biz tiklayotgan Xudoning bu uyi ancha yillar oldin Isroilning ulugʻ bir shohi tomonidan qurib bitkazilgan edi#5:11 …Xudoning bu uyi…Isroilning ulugʻ bir shohi tomonidan qurib bitkazilgan edi — miloddan oldingi 960-953 yillarda shoh Sulaymon Quddusdagi Maʼbadni qurdirgan edi (3 Shohlar 6:1, 38 oyatlarga va 3 Shohlar 6:1 ning birinchi izohiga qarang).. 12Lekin ota–bobolarimiz Samoviy Xudoni gʻazablantirdilar. Shuning uchun Xudo ularni Xaldey qabilasidan boʻlgan Bobil shohi Navuxadnazarning qoʻliga berdi#5:12 …Xudo ularni…Navuxadnazarning qoʻliga berdi — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.. Navuxadnazar bu uyni vayron qilib, xalqni Bobilga surgun qildi. 13-14Xudoning uyidan oltin va kumush buyumlarni olib, Bobildagi maʼbadga olib ketdi. Lekin Bobil shohi Kurush#5:13-14 Bobil shohi Kurush — forslar Bobil shohligini bosib olganlari uchun, Fors shohi Kurushni Bobil shohi Kurush deb ham atashardi. 1:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. oʻz hukmronligining birinchi yilida, Xudoning uyi qayta qurilsin, deb farmon chiqardi. U hatto Quddusdagi Maʼbadga qarashli oʻsha oltin va kumush buyumlarni Bobildagi maʼbaddan olib kelishni buyurib, Shashbazzar degan odamga berdi. Shoh Kurushning oʻzi Shashbazzarni Yahudoning hokimi#5:13-14 Yahudoning hokimi — 1:8 izohiga qarang. qilib tayinladi. 15U Shashbazzarga shunday dedi: ‘Bu buyumlarni Quddusga olib bor. Xudoning uyini oldingi oʻrnida qurdirib, buyumlarni Maʼbadga joylashtir.’ 16Shunda Shashbazzar kelib, Xudoning Quddusdagi uyi poydevorini yotqizdirdi#5:16 …Shashbazzar kelib, Xudoning Quddusdagi uyi poydevorini yotqizdirdi — aslida bu ish bevosita Zarubabel boshchiligida amalga oshirilgan edi (3:8-11 ga va Zakariyo 4:9 ga qarang). Lekin yahudiy oqsoqollari, Maʼbad poydevorini Shashbazzar yotqizgan, deb aytishardi. Chunki shoh Kurush Shashbazzarni Yahudo hokimi qilib tayinlagan edi (shu bobning 14–oyatiga qarang). Bu ish rasman Shashbazzar hokimiyati ostida bajarilgan edi.. Oʻshandan buyon hozirgacha qurilish davom etmoqda, hali tugagani yoʻq.»
17Endi, shohimizga maʼqul boʻlsa, Bobildagi shohlik yilnomalarini sinchiklab qarab chiqsalar. Oʻshanda shoh Kurush Xudoning Quddusdagi oʻsha uyini qayta qurish uchun farmon chiqarganmi yoki yoʻqmi, koʻradilar. Shohimiz bu ishga oid qarorlarini bizga maʼlum qilishlarini soʻraymiz.”
Currently Selected:
Ezra 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020