Chiqish 38
38
38–BOB
Kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh yasaladi
1Akas yogʻochidan#38:1 Akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. toʻrtburchak qilib kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh#38:1 qurbongoh — lugʻatdagi QURBONGOH soʻzi ostida berilgan BRONZA QURBONGOH iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasadilar. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, boʻyi uch tirsak#38:1 …uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, boʻyi uch tirsak… — uzunligi va eni taxminan 2,3 metrga, boʻyi taxminan 1,4 metrga toʻgʻri keladi. edi. 2Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasadilar. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qopladilar. 3Qurbongohning hamma buyumlari — qozonlarni, kuraklarni, togʻorachalarni, sanchqilarni va olovkuraklarni bronzadan yasadilar. 4Qurbongohga bronzadan panjara yasadilar. Panjarani qurbongohning ichiga — toʻrt tomoniga oʻrnatilgan tokchaning ostida oʻrnatdilar, yarmigacha yetib bordi. 5Bronza panjaraning toʻrtala burchagiga xodalarni oʻtkazish uchun eritilgan bronzadan toʻrtta halqa yasadilar. 6Akas yogʻochidan xodalar yasab, xodalarni bronza bilan qopladilar. 7Qurbongohni xodalar yordamida koʻtarib yurish uchun qurbongoh yonlaridagi halqalarga xodalarni oʻtkazib qoʻydilar. Qurbongohning chetlariga taxta qoqib, ichini boʻsh qoldirdilar.
Bronza qoʻlyuvgich yasaladi
8Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qilgan ayollar#38:8 Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qilgan ayollar… — bu ayollar guruhi haqida hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan. Ular Muqaddas Kitobning yana bir joyida — 1 Shohlar 2:22 da tilga olingan. Ehtimol, bu ayollar alohida bir vaʼda boʻyicha oʻzlarini Xudoga nazr sifatida bagʻishlab, Unga xizmat qilganlar (Sahroda 6:1-2 ga qarang). hadya qilgan bronza koʻzgulardan#38:8 bronza koʻzgular — qadimgi paytlarda ayollar ishlatadigan kichkina koʻzgular yaxshi silliqlangan dumaloq shakldagi metalldan tayyorlanar edi. ular bronza qoʻlyuvgichni va uning tagligini yasadilar.
Muqaddas chodir hovlisi atrofidagi toʻsiq yasaladi
9Soʻngra Muqaddas chodirning hovlisini oʻrab tursin deb, pardadan toʻsiq qildilar: toʻsib turadigan pardalarni mayin zigʻir matosidan tikdilar. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi yuz tirsak#38:9 yuz tirsak — taxminan 45 metrga toʻgʻri keladi (shu bobning 11–oyatida ham bor). edi. 10Oʻsha toʻsiqda yigirmata bronzadan qilingan taglikka yigirmata ustun oʻrnatilgan edi. Shu yerdagi pardalarni osish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar. 11Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ham yuz tirsakni tashkil qilib, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagliklari bor edi. Uning pardalarini osish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar. 12Hovlining gʻarb tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqning uzunligi ellik tirsak#38:12 ellik tirsak — taxminan 22,5 metrga toʻgʻri keladi (shu bobning 13–oyatida ham bor)., uning oʻnta ustuni va tagligi bor edi. Uning pardalarini osish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar. 13Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda edi. 14-15Hovlining kirish joyi shu yer edi. Kirishning oʻng va chap tomonidagi pardadan qilingan toʻsiqlarning uzunligi oʻn besh tirsakdan#38:14-15 oʻn besh tirsak — taxminan 6,8 metrga toʻgʻri keladi. edi, har ikki tomonda uchtadan ustun va tagliklar bor edi. 16Hovlining hamma tomonidagi toʻsib turadigan pardalarni mayin zigʻir matosidan qildilar, 17ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar. Hovlining hamma ustunlarida kumush halqalar bor edi. 18Hovliga kirish joyi uchun parda qildilar. Uni mayin zigʻir matosidan tikdilar, ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. Bu pardaning eni yigirma tirsak#38:18 yigirma tirsak — taxminan 9 metrga toʻgʻri keladi., boʻyi hovlining toʻsib turadigan pardalari kabi, besh tirsak#38:18 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga toʻgʻri keladi. edi. 19Bu pardani toʻrtta taglikka oʻrnatilgan toʻrtta ustun ushlab turdi. Ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar. 20Muqaddas chodirni va pardadan qilingan toʻsiqni ushlab turadigan barcha qoziqlarni ham bronzadan yasadilar.
Muqaddas chodirda foydalanilgan oltin, kumush va bronza
21-23Egamizning Musoga bergan amriga koʻra, Yahudo qabilasidan Urining oʻgʻli, Xurning nabirasi Bazalil hamma ishlarni bajarib boʻldi. Dan qabilasidan boʻlgan Oxisamax oʻgʻli Oxoliyov uning yonida boʻldi. U hunarmand boʻlib, ijod qilar, buyumlar yasay olardi, koʻk, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zigʻir matosiga naqsh solishni bilardi.
Musoning ixtiyoridagi ruhoniy Horunning oʻgʻli Itamar nazorati ostida Levi qabilasi sarf qilingan oltin, kumush va bronzaning hisobini olib borgan edi. Muqaddas ahd chodirini#38:21-23 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Chodir — Guvohlik chodiri. Muqaddas chodirning yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik soʻzi oʻnta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi. Bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandigʻining ichida saqlanardi (40:20 ga qarang). yasashda ishlatilgan oltin, kumush va bronza hisobi quyidagicha edi:
Oltin
24Chodir yasalishiga sarf qilingan oltinning jami 62,5 pud#38:24 62,5 pud — ibroniycha matnda 29 talantu 730 shaqal edi, bular Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan. Oltinning ogʻirligi taxminan 1 tonnaga toʻgʻri keladi. edi. Xalq Egamizga nazr qilgan oltinning hisobi shuncha edi.
Kumush
25Sanab chiqilgan xalqdan yigʻilgan kumushning#38:25 Sanab chiqilgan xalqdan yigʻilgan kumush — 30:11-16 ga qarang. jami hisoblab chiqilganda, 214 pud#38:25 214 pud — ibroniycha matnda 100 talantu 1775 shaqal edi, bular Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan. Kumushning ogʻirligi taxminan 3,42 tonnaga toʻgʻri keladi. boʻldi. 26Bu miqdor hisoblab chiqilgan yigirma va undan yuqori yoshdagi 603.550 odamning har biriga 1,25 misqoldan#38:26 1,25 misqol — ibroniycha matnda bir biqo, yaʼni yarim shaqal, Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, biqo taxminan 6 grammga toʻgʻri keladi. toʻgʻri kelardi. 27213 pud kumush eritilib, Chodirning romlari va ichki pardani ushlab turadigan ustunlar uchun 100 ta taglik qilishga ishlatildi, har bir taglik uchun 2 puddan ortiq#38:27 213 pud…2 puddan ortiq… — ibroniycha matnda 100 talant…1 talant…. 100 talant — taxminan 3,4 tonnaga toʻgʻri keladi, 1 talant — taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. kumush sarf qilindi. 28Qolgan 1 pud#38:28 1 pud — ibroniycha matnda 1775 shaqal, taxminan 20 kiloga toʻgʻri keladi. kumush hovli atrofidagi ustunlar uchun ilgaklar va halqalar yasashga, ustunlarning tepasini qoplashga ishlatildi.
Bronza
29Xalq Egamizga nazr qilgan bronzaning miqdori 151 pud#38:29 151 pud — ibroniycha matnda 70 talant, 2400 shaqal, taxminan 2,4 tonnaga toʻgʻri keladi. edi. 30Quyidagi ashyolarni yasashda oʻsha bronza ishlatildi:
Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi ustunlar uchun tagliklarni,
bronza qurbongoh bilan uning bronza panjarasini, uning hamma buyumlarini,
31hovlining atrofidagi pardalarni ushlab turadigan ustunlar uchun tagliklarni,
hovliga kiraverishdagi parda uchun tagliklarni,
Muqaddas chodir bilan atrofdagi pardadan qilingan toʻsiqni ushlab turadigan barcha qoziqni.
Currently Selected:
Chiqish 38: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: