Chiqish 35
35
35–BOB
Shabbat kuni toʻgʻrisidagi amr
1Soʻngra Muso Isroil xalqining butun jamoasini toʻplab, ularga gapirdi:
— Sizlarga Egamizning amri shunday: 2“Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Egamizga atab ajratilgan Shabbat kunidir. Bu kunda hamma ishlaringizdan tininglar. Kimki Shabbat kuni ishlasa, oʻsha odamning jazosi oʻlimdir. 3Shabbat kuni bironta maskaningizda ham olov yoqmanglar.”
Muqaddas chodir yasash uchun tayyorgarlik
4Keyin Muso Isroil xalqining butun jamoasiga aytdi:
— Egamiz sizlarga quyidagilarni amr etdi: 5“Men, Egangizga chin koʻngildan nazr qilmoqchi boʻlgan odam oʻz nazrini olib kelsin. Xalq Menga quyidagilarni nazr qilsin: oltin, kumush, bronza, 6shuningdek, koʻk, safsar va qirmizi rangli iplar, mayin zigʻir matosi, echki juni, 7qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri#35:7 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang., akas yogʻochi#35:7 akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang., 8moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy#35:8 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang. uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar, 9efod va koʻkrakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 10Oralaringizdan mohir ustalar kelib, Men, Egangiz, amr qilgan Muqaddas chodirni yasashsin. Chodir quyidagi ashyolardan iborat boʻlsin:
11Chodirning ichki qavati, uning yopinchiqlari, ilgaklari, romlari, tambalari, ustunlari va tagliklari,
12Sandiq, uning xodalari, qopqogʻi va Sandiqni toʻsib turadigan ichki parda,
13xontaxta, uning xodalari, hamma buyumlari va unga qoʻyiladigan muqaddas nonlar#35:13 muqaddas nonlar — 25:30 izohiga qarang.,
14yorugʻ boʻlishi uchun chiroqpoya, uning buyumlari, moychiroqlari va moychiroqlar uchun zaytun moyi,
15tutatqi qurbongohi va uning xodalari,
muqaddas qiladigan moy va xushboʻy tutatqi,
Muqaddas chodirga kiraverishdagi parda,
16qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh, uning bronza panjarasi, xodalari va hamma buyumlari,
qoʻlyuvgich va uning tagligi,
17hovlini toʻsib turadigan pardalar, pardalarni ushlab turadigan ustunlar, ustunlarning tagliklari va hovliga kiraverishdagi parda,
18Muqaddas chodir bilan hovli uchun qoziqlar va arqonlar,
19ruhoniy Horun va uning oʻgʻillari Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyadigan, ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslar.”
Xalq Muqaddas chodir uchun nazrlar olib keladi
20Shunday qilib, Isroil xalqining butun jamoasi Musoning yonidan qaytib ketdi. 21Yuragi zavqqa toʻlgan har bir odam borib, Uchrashuv chodirini va Chodirda doimiy xizmatlarda foydalaniladigan ashyolarni qilish uchun, muqaddas ruhoniylik liboslarini tikish uchun Egamizga nazrlar olib kelishdi. 22Shunday qilib, yuragi zavq–shavqqa toʻlgan barcha erkagu ayollar turli xil oltin taqinchoqlarni — jigʻa, sirgʻa, uzuk, marjonlarni olib kelishdi. Bularni Egamizga bagʻishlaganlarini koʻrsatish uchun ular oltin taqinchoqlarini yuqoriga koʻtardilar. 23Kimda koʻk, safsar va qirmizi ip, mayin zigʻir matosi, echki juni, qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisi, yumshoq teri#35:23 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang. boʻlsa, olib keldi. 24Kim kumush yoki bronzani Egamizga nazr qilishga qodir boʻlsa, uni olib kelib, Egamizga nazr qildi. Kimda akas yogʻochi boʻlsa, Chodirni va uning ashyolarini tayyorlashda foydalangani olib keldi. 25Ip yigirishga mohir ayollar oʻz qoʻllari bilan yigirgan koʻk, safsar va qirmizi ipni hamda mayin zigʻirdan yigirilgan ipni nazr qilib olib kelishdi. 26Echki junidan ip yigirishga mohir ayollar yuragi zavqqa toʻlib, echki junidan ip yigirib olib keldilar. 27Oqsoqollar efod va koʻkrakpechga taqish uchun aqiq va boshqa qimmatbaho toshlar, 28shuningdek, moychiroqlar, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushboʻy tutatqi uchun ziravorlar va zaytun moyi olib kelishdi. 29Yuragi zavq–shavqqa toʻlgan Isroil xalqining erkagu ayollari Muso orqali Egamiz amr etgan hamma ishni bajargani Egamizga koʻngildan chiqarib nazrlar olib kelishdi.
Muqaddas chodirni yasaydigan mohir ustalar
30Keyin Muso Isroil xalqiga aytdi#35:30 …Muso Isroil xalqiga aytdi… — 35:30-36:1 da Muso Isroil xalqiga Xudoning 31:1-6 aytgan gaplarini yetkazib bermoqda.: “Ana, Egamiz Yahudo qabilasidan Urining oʻgʻli, Xurning nabirasi Bazalilni tanladi. 31Egamiz uni Oʻz Ruhi bilan toʻldirib, hunarmandchilikning hamma turi boʻyicha mohir va idrokli qildi, qobiliyat ato etdi. 32U ajoyib badiiy bezaklar qilishga va bularga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, 33qimmatbaho toshlarni oʻyishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yogʻoch oʻymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatli qildi. 34Egamiz Bazalilga va Dan qabilasidan Oxisamaxning oʻgʻli Oxoliyovga oʻz mahoratini boshqalarga oʻrgatish iqtidorini ato qildi. 35Bu odamlar har qanday ishni bajara olsin deb, Egamiz ularga mahorat ato qildi. Ular har qanday ashyodan har turli buyumlar qilishga qodirdir. Ular ijod qilib, buyumlar yasay oladilar, toʻqishni biladilar, koʻk, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zigʻir matosiga naqsh solishni biladilar. Ular har turli ishlarni bajarishga mohir hunarmanddirlar.
Currently Selected:
Chiqish 35: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020