Bu odamlar har qanday ishni bajara olsin deb, Egamiz ularga mahorat ato qildi. Ular har qanday ashyodan har turli buyumlar qilishga qodirdir. Ular ijod qilib, buyumlar yasay oladilar, toʻqishni biladilar, koʻk, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zigʻir matosiga naqsh solishni biladilar. Ular har turli ishlarni bajarishga mohir hunarmanddirlar.