YouVersion Logo
Search Icon

Doniyor 2

2
2–BOB
Navuxadnazarning tushi
1Navuxadnazar oʻz hukmronligining ikkinchi yilida#2:1 Navuxadnazar oʻz hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 603 yil. bir tush koʻrdi. Bu tush uni shu qadar bezovta qilib yubordiki, koʻziga boshqa uyqu kelmadi. 2Shoh tushining taʼbirini bilish uchun qoʻli ostidagi barcha folbin, munajjim, sehrgar va afsungarlarni#2:2 afsungarlar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 10–oyatida ham bor). Xaldeylar folbinlik va sehr–jodu qilishlari bilan nom taratganlari uchun, mana shunday ish bilan shugʻullanadigan odamlarga nisbatan ham mana shu termin ishlatilgan. chaqirtirdi. Ular shoh huzurida hozir boʻlganlarida, 3shoh ularga shunday dedi:
— Men gʻalati bir tush koʻrdim. Yuragimga gʻulgʻula solgan bu tushning taʼbirini bilmoqchiman.
4Ular shohga oramiy tilida dedilar#2:4 …oramiy tilida dedilar… — mana shu joydan 7–bobning oxirigacha asl matn ibroniy tilida emas, oramiy tilida yozilgan.:
— Shoh hazratlarining umri boqiy boʻlsin! Shoh hazratlari avval tushlarini aytsinlar, bu qullaringiz uni taʼbirlashga tayyordirlar.
5— Bilib qoʻyinglar, — dedi ularga shoh. — Agar menga tush va uning taʼbirini aytib bermasangiz, men tanalaringizni boʻlak–boʻlak qildirib, sizlarni jazolayman, uylaringizni esa vayron qilib, bir uyum toshga aylantiraman. 6Bordi–yu, tushimni aytib, uni taʼbirlab bersangiz, sizlarga inʼomu mukofotlar berib, izzat–ikrom koʻrsataman. Qani, endi menga koʻrgan tushimni va uning taʼbirini aytib beringlar!
7Ular shohga ikkinchi marta dedilar:
— Shoh hazratlari avval tushlarini aytsinlar, kaminalaringiz uni taʼbirlashga tayyordirlar.
8— Sizlar qarorim qatʼiy ekanini koʻrib, vaqtni choʻzmoqchisizlar, — dedi shoh. — Buni aniq bilib turibman. 9Agar tushimni aytib bermasangizlar, hammangizga jazo bitta! Sizlar meni laqillatib, vaziyat oʻzgarguncha vaqtni choʻzishga kelishib olgansizlar. Tushni menga aytib beringlar, shunda uni taʼbirlay olishingizni ham bilaman.
10— Yer yuzida shohning bu talabini qondiradigan bironta jon bormikan?! — deya ajablandilar ular. — Shuhrati roʻyi zaminga yoyilgan shohlarning birontasi ham bunday narsani na folbin, na munajjim, na afsungardan talab qilgan. 11Shoh hazratlari bizdan imkonsiz bir narsani talab qilyaptilar. Buni shohga foniy bandalar dunyosidan yiroq yashaydigan xudolardan boshqa hech kim ochib berolmaydi.
12Dargʻazab boʻlgan shoh: “Bobildagi barcha saroy maslahatchilari qatl qilinsin!” — deb farmon berdi. 13Farmon eʼlon qilindi. Saroy maslahatchilari qatl qilinish arafasida edi. Doniyor va uning oʻrtoqlari ham qatl qilinishlari kerak edi.
Navuxadnazarning tushi Doniyorga oshkor boʻladi
14Shoh soqchilarining boshligʻi Oriyox saroy maslahatchilarini qatl qilmoq uchun yoʻlga chiqqanda, Doniyor uning oldiga borib, ehtiyotkorlik bilan murojaat qilib: 15“Ey Oriyox hazratlari, nima bois shoh bunday shoshilinch#2:15 shoshilinch — yoki shafqatsiz. farmon chiqardilar?” — deb soʻradi. Shunda Oriyox boʻlib oʻtgan voqeani unga birma–bir soʻzlab berdi. 16Doniyor shosha–pisha shoh huzuriga kirib, tushning taʼbirini topmoq uchun hazratlaridan muhlat soʻradi. 17Soʻng uyga borib, boʻlib oʻtgan voqeani sheriklari Xanoniyo, Mishail va Ozariyolarga aytib berdi: 18“Saroy maslahatchilari bilan birga halok boʻlmasligimiz uchun, Samoviy Xudoga iltijo qilinglar. U bizga rahm qilib, bu sirni ochib berishini soʻranglar.”
19Oʻsha kecha Doniyorga bu sir vahiy orqali oshkor boʻldi va Doniyor Samoviy Xudoga hamdu sanolar aytdi:
20“Xudoyimiz dono va qudratlidir,
Asrlar osha Uning nomi ulugʻlansin!
21U zamon va davrlarni oʻzgartirar,
Shohlarni taxtdan tushirib taxtga oʻtqazar.
Donishmandlarga donolik,
Oqilu fozillarga bilim berar.
22Pinhon saqlangan sirlarni ochar,
Zulmatda yashiringan narsalarni bilar,
Yorugʻlik Uning dargohida maskan topar.
23Ey ota–bobolarimning Xudosi,
Senga shukurlar aytaman, madhlar kuylayman,
Zero, donoligu qudratni menga bergan Sensan,
Istagan narsamni menga ochgan Sensan,
Shoh tushini bizga oshkor qilgan Sensan.”
Doniyor shohga tush bilan uning taʼbirini aytadi
24Doniyor saroy maslahatchilarini qatl qilish uchun shoh tomonidan tayinlangan Oriyoxning oldiga borib:
— Hazratim, saroy maslahatchilarining jonlariga zinhor qasd qilmang, — dedi. — Meni darhol shoh huzuriga olib kiring, men shoh hazratlari koʻrgan tushni taʼbirlab beraman.
25Oriyox zudlik bilan Doniyorni shoh huzuriga olib kirib:
— Ey olampanoh, kaminangiz Yahudo asirlari orasidan tushingizni taʼbirlab beradigan bir odamni topib keldi, — dedi.
26Shoh Doniyorga yuzlanib (Doniyorning boshqa ismi Beltashazar edi#2:26 …Doniyorning boshqa ismi Beltashazar edi… — 1:7 ga qarang.):
— Sen menga koʻrgan tushimni hamda uning taʼbirini aytib bera olasanmi? — dedi.
27Doniyor shohga shunday javob berdi: “Ey hazrati oliylari, na saroy maslahatchisi, na munajjim, na folbin, na rammol#2:27 rammol — folbinlarning bir turi. Qadimgi sharqda, xususan, Bobilda rammollar alohida ilmiy layoqatga ega boʻlgan shaxslar deb qaralar edi. Ularning bashoratlari astrologiya ilmiga — osmon yoritqichlarining holatiga asoslanar edi. buning uddasidan chiqa oladi. 28Lekin samoda shu kabi, sirlarni oshkor qila oladigan bir Xudo bordir. U sizga, ey shoh hazratlari, oxiratda boʻladigan narsalarni ayon qilmoqchi. Siz tushingizda koʻrgan vahiy quyidagicha edi:
29Ey olampanoh, siz uxlab, kelajak haqida bir tush koʻrdingiz. Bu tush orqali sirlarni oshkor qiluvchi Xudo sizga kelajakda roʻy beradigan narsalarni ayon qildi. 30Bu sirning menga ochilganligi esa donoligim boshqalarnikidan ziyoda boʻlgani uchun emas, balki shohanshohim koʻrgan tushining taʼbirini bilib, uning maʼnosini tushunishlari uchundir.
31Ey shoh hazratlari, tushingizda siz bahaybat bir haykal koʻrdingiz. Oldingizda turgan oʻsha ulkan haykalning koʻrinishi nihoyatda yarqiroq va qoʻrqinchli edi. 32Haykalning boshi toza oltindan, koʻkrak va qoʻllari kumushdan, beli va sonlari bronzadan, 33boldirlari temirdan, oyoqlarining bir qismi loydan, bir qismi temirdan edi. 34Unga qarab turganingizda, togʻdan oʻz–oʻzidan#2:34 oʻz–oʻzidan — oramiycha matnda inson qoʻli bilan emas. Bu ishni Xudo qilgani nazarda tutilgan (shu bobning 45–oyatida ham bor). uzilgan bir tosh dumalab kelib, haykalning loy va temirdan boʻlgan oyoqlariga urildi–da, ularni parcha–parcha qildi. 35Temir, loy, bronza, kumush va oltin parchalanib, yozgi xirmonlardagi toʻponday boʻldi. Shamol ularni uchirib ketib, hech bir asar qoldirmadi. Haykalga urilgan tosh esa katta togʻ boʻlib, butun yer yuzini qopladi.
36Bu siz koʻrgan tush edi. Endi esa shoh hazratlari tushining taʼbirini eshitsinlar. 37Ey shoh hazratlari, siz kabi buyuk hukmdorni dunyo hali koʻrmagan. Samoviy Xudo sizga saltanat, kuch–qudrat va shon–shuhrat ato qilgandir. 38U sizga yerda yashovchi barcha insonlarni, hatto dashtdagi yovvoyi hayvonlaru osmonda uchuvchi qushlarni tobe qilgan, ular ustidan hukmronligingizni mustahkam oʻrnatgan. Tilla bosh — sizsiz. 39Ammo sizdan keyin jahon sahnasiga boshqa buyuk bir shohlik chiqadi. Bu shohlik siznikidan zaifroq boʻladi. Soʻng haykalning bronza beli va sonlari bilan ifodalangan uchinchi shohlik hukmronlik qiladi. 40Undan keyin temirday qattiq toʻrtinchi shohlik boʻladi. Temir hamma narsani sindirib yoʻq qilganiday, oʻsha shohlik ham undan oldingi shohliklarni buzib, yoʻq qiladi. 41Siz haykalning oyoqlari va oyoq barmoqlarining bir qismi loydan, bir qismi temirdan ekanligini koʻrdingiz, bu boʻlingan shohlik boʻladi. Loy bilan temir birga qorilgani uchun bu shohlikda bir oz temirning kuchi boʻladi. 42Shohlik ayrim jihatdan kuchli, ayrim jihatdan zaif boʻladi. 43Temir bilan loyning qorishmasi yana shundan dalolat beradiki, oʻsha zamon hukmdorlari quda–andachilik yoʻli bilan shohliklarini mustahkam qilmoqchi boʻladilar, ammo temir loy bilan qovushmagani kabi, ular ham bir–biri bilan qovusha olmaydilar. 44Oʻsha shohlarning davrida Samoviy Xudo bitmas–tuganmas bir shohlik oʻrnatadi. Hech kim uni yenga olmaydi. Bu shohlik boshqa barcha shohliklarni yer bilan yakson qilib, oʻzi abadiy turadi. 45Togʻdan oʻz–oʻzidan dumalab tushib, temir, bronza, loy, kumush va oltinni parchalab tashlagan tosh oʻsha shohlikning ifodasidir. Buyuk Xudo sizga, ey shoh hazratlari, kelajakda sodir boʻladigan narsalarni ayon qildi. Siz koʻrgan tushingiz haqiqatan ham karomatli, taʼbiri esa roʻyirostdir#2:36-45 Navuxadnazarning tushidagi haykal birin–ketin hukmronlik qiladigan toʻrtta shohlikka ishora qiladi. Xudo bu toʻrttala shohlikni vayron qilib, ularning oʻrniga Oʻzining yangi Shohligini barpo qiladi. Xudoning Shohligi butun yer yuziga yoyilib, abadiy turadi (shu bobning 35, 44–oyatlariga qarang). Koʻp olimlar haykalning toʻrt qismini quyidagicha sharhlashadi: tilla bosh — Bobil shohligi (shu bobning 38–oyatiga qarang), haykalning kumush koʻkragi va qoʻllari — birlashgan Midiya va Fors shohligi. Bu shohlikka Kurush miloddan oldingi 539 yilda, Bobil qulagandan keyin asos solgan (1:21 izohiga qarang). Haykalning bronza beli va sonlari — miloddan oldingi 330 yillarda Iskandar Zulqarnayn asos solgan Yunon imperiyasini bildiradi. Temir boldirlar — Rim imperiyasidir. Bir qismi loydan, bir qismi temirdan boʻlgan oyoqlar va oyoq barmoqlari — oldin Rimliklarning qoʻli ostida boʻlgan hududdagi shohliklarning konfederatsiyasini bildiradi. Boshqa olimlarning talqinlariga koʻra esa haykalning toʻrtta qismi Bobil, Midiya, Fors va Yunon imperiyalariga ishora qiladi. Haykalning bir qismi loydan, bir qismi temirdan boʻlgan oyoqlar va oyoq barmoqlari — Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin ikkiga boʻlinib ketgan Yunon sulolasini bildiradi. Bu sulolalarning biri Misrda, ikkinchisi Suriyada hukmronlik qilgan..”
Shoh Navuxadnazar Doniyorni taqdirlaydi
46Shoh Navuxadnazar muk tushib Doniyorga sajda qildi. Soʻng odamlariga Doniyor oldida nazrlar keltirib, xushboʻy tutatqilar tutatishni buyurdi. 47Shoh Doniyorga dedi:
— Chindan ham sening Xudoying sirlarni oshkor qiluvchi eng buyuk Xudodir, U shohlarning haqiqiy Egasidir, chunki bu sirni menga faqat sen oshkor qila olding!
48Shoh Doniyorni yuqori mansabga koʻtarib, koʻpdan–koʻp inʼomlar taqdim qildi, uni Bobil viloyatining hokimi va saroy maslahatchilarining boshligʻi qilib tayinladi. 49Doniyorning iltimosiga binoan shoh Bobil viloyatining boshqaruvini Shadrax, Meshax va Abednaxuga topshirdi. Doniyorning oʻzi esa shoh saroyida xizmat qilib qoldi.

Currently Selected:

Doniyor 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in