Amos Kirish
Kirish
Amos paygʻambar Yahudo#Yahudo — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. yurtidan boʻlib, u yerda chorvachilik bilan shugʻullanar edi. U paygʻambar boʻlish uchun hech qanday tahsil olmagan (7:14-15 ga qarang). Shunga qaramay, Xudo uni Isroil yurtiga yuboradi va u yerdagi xalqqa bashorat qilishni buyuradi. Amos Yahudo yurtidagi oʻzi yashayotgan Taxuva qishlogʻini tark etib, Isroil yurtidagi Baytil shahriga boradi. Oʻsha davrlarda Baytil Isroildagi butparastlikning eng ashaddiy oʻchogʻi boʻlgan.
Ushbu kitobning boshlanishida Amos paygʻambar Isroil atrofidagi xalqlar toʻgʻrisida bashorat qiladi. Soʻng Isroil xalqining, ayniqsa, boy–badavlat odamlarning achchiq qismatini eʼlon qiladi. Negaki, ular kambagʻal yurtdoshlarini shilib, qul qilib olishardi. Oʻsha davrda Isroil xalqining aksariyat qismi Xudoning yoʻlidan ogʻib, butlarga sigʻina boshlagan edi. Shunga qaramay, ular Xudodan najot kutishardi. Amos esa xalqni ogohlantirib, Xudo ularni jazolashini aytadi.
Kitob umidbaxsh soʻzlar bilan yakunlanadi. Xudo Oʻz xalqini jazolab boʻlgandan soʻng, ularni asirlikdan oʻz yurtiga qaytarib olib keladi, Isroil shohligini qayta tiklaydi.
Currently Selected:
Amos Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: