Amos 1
1
1–BOB
1Ushbu kitobda Taxuvada#1:1 Taxuva — Yahudo yurtidagi shahar boʻlib, Quddusdan qariyb 16 kilometr janubda joylashgan. chorvador boʻlgan Amosning soʻzlari bayon etilgan. Isroil#1:1 Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. toʻgʻrisidagi bu soʻzlar Amosga zilziladan#1:1 zilzila — Yahudo shohi Uzziyo davrida (yaʼni miloddan oldingi 781-740 yillarda) qattiq zilzila boʻlgani tarixdan maʼlum. Bu zilzila haqida Zakariyo 14:5 da ham aytib oʻtilgan. ikki yil avval vahiy orqali ayon boʻlgan edi. Oʻsha davrda Yahudo yurtida shoh Uzziyo, Isroil yurtida esa Yohoʻsh#1:1 Yohoʻsh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻsh. oʻgʻli shoh Yorubom#1:1 …Uzziyo…Yorubom… — Uzziyo miloddan oldingi 781-740 yillarda, Yorubom miloddan oldingi 783-743 yillarda hukmronlik qilgan. hukmronlik qilayotgan edilar.
2Amos shunday dedi:
“Egamiz Quddusdan turib hayqiradi,
Siondan#1:2 Sion — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. gulduros ovozi yangraydi!
Choʻponlarning yaylovlari qurib qoladi#1:2 qurib qoladi — yoki motam tutadi.,
Karmil#1:2 Karmil — Isroilning shimolida, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan togʻ. Karmil togʻi unumdorligi va goʻzal tabiati bilan mashhur edi. choʻqqisidagi oʻtlar xazon boʻladi.”
Isroil atrofidagi xalqlar hukm qilinadi
Oram
3Egamiz shunday demoqda:
“Damashq#1:3 Damashq — Oram yurtining poytaxti. aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular Gilad aholisini temir tishli xoʻptir bilan yanchdi#1:3 …ular Gilad aholisini temir tishli xoʻptir bilan yanchdi — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlari ustidan xoʻptir yurgizish orqali bajarilgan (xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta). Yanchish soʻzi koʻpincha Eski Ahdda hukmga yoki urushda halokatga duchor boʻlishga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan. Bu oyatda Damashq aholisi Gilad aholisini “temir tishli xoʻptir bilan yanchigani”, yaʼni nihoyatda qattiq kulfatlarga duchor qilgani uchun Xudo Damashqliklarni jazolamoqchi ekani bayon qilingan. Gilad Isroilning shimoli–sharqida joylashgan boʻlib, Oram yurti bilan chegaradosh hudud edi. Oramning poytaxti Damashq edi. Oʻsha davrda Oram xalqi Isroilning ashaddiy dushmanlaridan biri boʻlib, ularga oʻtaketgan vahshiyliklar qilgan edi (4 Shohlar 8:11-12, 10:32-33, 13:3, 22 ga qarang)..
4Shunday ekan, Men shoh Xazayilning saroyiga olov yogʻdiraman,
Olov Banhadadning#1:4 …Xazayil…Banhadad… — Oramning ikki shohi. Oramning bir nechta shohi Banhadad ismi bilan atalgan edi. Bu oyatdagi Banhadad shoh Xazayilning oʻgʻli boʻlishi mumkin (4 Shohlar 8:14-15, 13:3 ga qarang). qalʼalarini yondirib yuboradi.
5Men Damashq darvozalarining tambalarini sindiraman.
«Qabihlik#1:5 Qabihlik — ibroniycha matnda Obun, maʼnosi qabihlik. Bu soʻz Damashq shahri va Oram yurtiga nisbatan ishlatilgan haqoratomuz nom boʻlishi mumkin. vodiysi»ning hukmdorini yoʻq qilaman,
Bayt–Edenda#1:5 Bayt–Eden — ibroniychadagi maʼnosi rohat uyi. Furot daryosi boʻyida joylashgan Oram yurtidagi bir shaharning nomi boʻlsa kerak. Ammo bu oʻrinda Damashq shahriga nisbatan kinoya sifatida ishlatilgan nom boʻlishi mumkin. saltanat hassasini#1:5 saltanat hassasi — bu maxsus hassa boʻlib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini bildiruvchi ramz edi. tutgan zotni halok qilaman.
Oram xalqi asirlikka tushadi, Xir yurtiga#1:5 Xir yurti — Oram xalqi kelib chiqqan yurt (9:7 ga qarang). Bu yurt qayerda joylashgani aniq maʼlum emas. Xudo Oram xalqini erishgan har bir yutuqlaridan mahrum qiladi, ular yana oldingiday zulm ostida qoladilar, zaif xalq boʻladilar. olib ketiladi.”
Egamizning kalomi shudir.
Filistiya
6Egamiz shunday demoqda:
“Gʻazo#1:6 Gʻazo — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: Gʻazo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular xalqimning qishloqlaridagi aholisini
Asirlikka olib, Edom xalqiga qul qilib sotdilar.
7Shunday ekan, Men Gʻazo devoriga olov yogʻdiraman,
Olov Gʻazo qalʼalarini kuydirib tashlaydi.
8Men Ashdod shahrining hukmdorini#1:8 hukmdori — yoki aholisi. yoʻq qilaman,
Ashqalonda saltanat hassasini tutgan zotni halok qilaman.
Exron shahriga qarshi qoʻl koʻtaraman,
Omon qolgan Filistlarni qirib tashlayman!”
Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Tir
9Egamiz shunday demoqda:
“Tir#1:9 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular birodarlik ittifoqini unutib,
Xalqimning qishloqlaridagi aholisini
Edomliklarga qul qilib sotdilar.
10Shunday ekan, Men Tir devoriga olov yogʻdiraman,
Olov Tir qalʼalarini kuydirib tashlaydi.”
Edom
11Egamiz shunday demoqda:
“Edom#1:11 Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. aholisi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular qardoshi Isroil xalqiga#1:11 qardoshi Isroil xalqi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi. rahm qilmadilar.
Ularni qilich bilan taʼqib qilib#1:11 Ularni qilich bilan taʼqib qilib… — Muso yashagan davrdan boshlab, Edom xalqi Isroilga dushmanlik qilardi (Sahroda 20:14-21 ga qarang).,
Qahrini cheksiz sochdilar,
Gʻazabidan hech tushmadilar.
12Shunday ekan, Men Temon shahriga olov yogʻdiraman,
Bozrax#1:12 …Temon…Bozrax… — Edomga qarashli ikki shahar. qalʼalarini olov kuydirib tashlaydi.”
Ommon
13Egamiz shunday demoqda:
“Ommon#1:13 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi. xalqi gunoh ustiga gunoh qildi,
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular hududini kengaytirish uchun Giladga hujum qildilar,
Oʻshanda homilador ayollarning qorinlarini yordilar.
14Shunday ekan, Men Rabba shahrining#1:14 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti. devoriga oʻt qoʻyaman,
Olov Rabba qalʼalarini kuydirib tashlaydi.
Oʻsha kuni jangdagi hayqiriqlar falakni tutadi,
Jang boʻron kabi avj oladi.
15Ommon shohi surgun qilinadi,
U bilan birga mulozimlar ham olib ketiladi.”
Egamizning kalomi shudir.
Currently Selected:
Amos 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: