YouVersion Logo
Search Icon

Amos 8

8
8–BOB
Yetilib pishgan mevalar haqidagi vahiy
1Egamiz Rabbiy menga yana vahiy koʻrsatdi: bir savat yetilib pishgan mevalar bor ekan. 2Egamiz mendan:
— Amos, nimani koʻryapsan? — deb soʻradi.
— Bir savat yetilgan mevani, — deb javob berdim men. Soʻng Egamiz menga shunday dedi:
“Xalqim Isroil ham jazo uchun yetilib turibdi.
Endi Men ularga shafqat qilmayman.
3Oʻsha kuni Maʼbaddagi ashulalar marsiyaga aylanadi,
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
Hamma joyda jasadlar yotadi.
Sukunat bosgan!”
4Ey yoʻqsillarni ezadiganlar, quloq solinglar!
Ey yurtdagi kambagʻallarni yoʻq qilganlar, eshitinglar!
5Sizlar shunday aytasizlar:
“Yangi oy shodiyonasi tezroq tamom boʻla qolsa–yu,
Donni sotsak.
Shabbat kuni#8:5 …Yangi oy shodiyonasi…Shabbat kuni… — Xudoga bagʻishlangan alohida bir kunlar. Tavrotga koʻra, bu kunlarda ishlash man etilgan. Ular mana shu diniy kunlarga chiqarilgan qoidalarga rioya qilardilar, ammo ishlashga ruxsat beriladigan kunlarda esa odamlarni aldab, firibgarlik qilardilar. Shunday qilib ularning ikkiyuzlamachiligi aniq koʻrinib turardi. tezroq oʻtsa–yu,
Bugʻdoyni bozorga olib chiqsak.
Shunda biz ogʻirligini kamaytirib,
Narxini oshiramiz,
Tarozidan urib, odamlarni aldaymiz.
6Bugʻdoy chiqitlarini ham sotib yuboramiz.
Yoʻqsilni bir juft choriqqa sotib olamiz,
Kambagʻalni kumushga xarid qilamiz.”
7Yoqub naslining takabburligini koʻrib, Egamiz shunday deb ont ichdi#8:7 Yoqub naslining takabburligini koʻrib, Egamiz shunday deb ont ichdi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Yoqubning faxri haqi Egamiz shunday deb ont ichdi…. Qadimgi Isroilda odamlar ont ichganlarida qadrli yoki oʻzgarmas narsalar nomini oʻrtaga qoʻyib qasam ichardilar. Bu oʻrinda Yoqubning faxri iborasi Xudoning unvoni boʻlib, Xudo shu unvonni oʻrtaga qoʻyib qasam ichyapti, deb tushunsa boʻladi. Yoki bu ibora Isroil yurtini bildirib, Xudo Isroil yurtini oʻrtaga qoʻyib qasam ichyapti, deb tushunsa ham boʻladi, chunki bu yurt Isroil xalqining qadrli mulki edi. Ammo bu oʻrinda Amos kinoya qilib, Xudo Isroilning oʻzgarmas takabburligi bilan qasam ichyapti, deb aytayotganining ehtimoli koʻproq (6:1-8 ga qarang).:
“Ularning qilmishlarini Men hech qachon unutmayman,
Ularni albatta jazolayman.
8Shu sababdan yer titraydi!
Yer yuzida yashovchi har bir mavjudot aza tutadi!
Butun yer yuzi daryo toʻlqinlariday larzaga keladi,
Ha, Nil suvlariday koʻtarilib, pastga tushadi#8:8 …Nil suvlariday koʻtarilib, pastga tushadi — har yilgi yomgʻir mavsumida Nil daryosi suvlari baʼzan 8 metrgacha koʻtarilgan. Buning oqibatida Misrning daryo boʻyidagi joylarini suv bosgan. Amos oldini olib boʻlmaydigan bu tabiiy hodisani majoziy maʼnoda ishlatib, Xudo Isroil xalqining boshiga keltiradigan jazoga ishora qilgan (yana 9:5-6 ga qarang)..”
9Egamiz Rabbiy demoqda:
“Ey Isroil xalqi,
Oʻsha kuni shunday qilamanki,
Quyosh tush paytida botadi,
Kuppa–kunduzi yer yuzini qorongʻilik qoplaydi.
10Bayramlaringiz motamga aylanadi,
Hamma ashulalaringiz marsiya boʻladi.
Sizlar hammalaringiz qaygʻudan qanorga oʻranasiz,
Aza tutganingizdan sochingizni qirdirasiz#8:10 …qaygʻudan qanorga oʻranasiz, Aza tutganingizdan sochingizni qirdirasiz — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va sochni qirish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi..
Yolgʻiz oʻgʻlidan judo boʻlgan ota–onaga oʻxshab qolasiz.
Oʻsha kun oxiriga qadar achchiq kulfatday boʻladi.”
11Egamiz Rabbiy demoqda:
“Shunday kunlar keladiki,
Men yurtga ocharchilik yuboraman.
Odamlar non bilan suvni emas,
Men, Egangizning soʻzini qoʻmsab, och qolishadi.
12Ular Mening soʻzimni eshitmoqchi boʻlib,
Bir dengizdan boshqa dengizgacha oyogʻini sudrab borishadi,
Shimoldan sharqqa yoʻl olishadi.
U yoqdan–bu yoqqa yurib, sarson boʻlishadi–yu,
Ammo Men, Egangizning soʻzini eshita olishmaydi.
13Oʻsha kuni goʻzal qizlaru baquvvat yigitlar
Tashnalikdan hushidan ketadilar.
14Axir, ular Samariyaning sharmanda maʼbudasi#8:14 Samariyaning sharmanda maʼbudasi — Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti Samariyada odamlar sajda qilgan butlar — Baal va Ashera nazarda tutilgan. nomi bilan
Qasam ichib yuribdilar,
«Ey Dan shahri#8:14 Dan shahri — Isroilning shimolida joylashgan boʻlib, butparastlik oʻchogʻi edi (3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29 ga qarang)., xudoying shohid», deb aytib yuribdilar,
«Bershebaga#8:14 Bersheba — 5:5 ning oxirgi izohiga qarang. olib boradigan ziyorat yoʻli haqi», deb yuribdilar.
Ammo ular yiqilib tushadilar, qaytib turmaydilar.”

Currently Selected:

Amos 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in