Amos 2
2
2–BOB
Moʻab
1Egamiz shunday demoqda:
“Moʻab#2:1 Moʻab — bu yurt Oʻlik dengizning sharqida joylashgan edi. xalqi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman.
Axir, ular Edom shohining qabrini bulgʻadilar,
Suyaklarini kuydirib ohak qildilar.
2Shunday ekan, Men Moʻab ustiga olov yogʻdiraman,
Olov Xariyoʻt#2:2 Xariyoʻt — Moʻab yurtidagi shahar. Bu shahar Moʻab xalqining xudosi Xamoʻshga sajda qilish oʻchogʻi boʻlgan. qalʼalarini kuydirib tashlaydi.
Shovqin–suron ostida, bosqinchilarning hayqiriqlariyu
Burgʻu sadolari ostida Moʻab xalqi halok boʻladi.
3Men Moʻab hukmdorini yoʻq qilaman,
U bilan birga mulozimlarini qirib tashlayman.”
Egamizning kalomi shudir.
Yahudo
4Egamiz shunday demoqda:
“Yahudo xalqi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular qonunlarimdan yuz oʻgirdilar.
Qoidalarimni bajarmadilar.
Ota–bobolari singari, soxta xudolarga sigʻinib,
Haq yoʻldan ozdilar.
5Shunday ekan, Men Yahudo yurtiga olov yogʻdiraman,
Olov Quddus qalʼalarini kuydirib tashlaydi.”
Isroil xalqi hukm qilinadi
6Egamiz shunday demoqda:
“Isroil xalqi gunoh ustiga gunoh qildi!
Men ularni jazosiz qoldirmayman,
Axir, ular aybsizlarni pulga sotyaptilar.
Kambagʻallarni bir juft choriqqa almashtiryaptilar.
7Yoʻqsilning boshini tuproqqa qorib, oyoq osti qilyaptilar,
Mazlumni yoʻldan chetga itarib chiqaryaptilar.
Ota va oʻgʻil bitta juvon bilan yotib#2:7 Ota va oʻgʻil bitta juvon bilan yotib… — Tavrot qonuniga koʻra, bu qatʼiy man qilingan (Levilar 20:11-12, Qonunlar 22:30, 27:20 ga qarang). Bu oʻrinda ota va oʻgʻil oʻzlarining uyida yashayotgan choʻri qizning ojizligidan foydalanib, uni zoʻrlashganiga ishora boʻlishi mumkin.,
Meni badnom qilyaptilar.
8Ular har bir qurbongoh oldida
Oʻzlari garovga olgan liboslar ustida yotibdilar#2:8 …Oʻzlari garovga olgan liboslar ustida yotibdilar — bunday xatti–harakat kambagʻallarning ehtiyojini va Tavrot taʼlimotini pisand qilmaslikni koʻrsatadi (Qonunlar 24:12-13, 17 ga qarang)..
Oʻz Xudosining uyida,
Jarima evaziga olgan sharobni ichyaptilar.
9Ey Isroil xalqi, Men sizni deb,
Amor xalqlarini#2:9 Amor xalqlari — bu oʻrinda umumiy nom boʻlib, bu nom ostida Isroil xalqi Kanʼon yurtini egallamasdan oldin oʻsha yerda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan. yoʻq qilgan edim.
Ularning boʻy–basti sadr daraxtiday baland,
Eman daraxtiday baquvvat boʻlgan boʻlsa–da,
Men ularning mevasini qovjiratgan edim,
Ildizini quritgan edim.
10Amor xalqining yurtini sizlarga mulk qilib beraman deb,
Sizlarni Misr yurtidan olib chiqqandim.
Qirq yil sahroda sizlarga yoʻl koʻrsatib yurgandim.
11Farzandlaringizdan paygʻambarlar tayinladim,
Baʼzi yigitlaringizni, Menga bagʻishlaninglar#2:11 Menga bagʻishlaninglar — ibroniycha matnda alohida bir soʻz ishlatilgan boʻlib, bu soʻz Xudoga xizmat qilish uchun maxsus vaʼda bergan odamni bildiradi. Baʼzi insonlar maxsus vaʼda berib, oʻzlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bagʻishlar edilar. Baʼzi birovlar esa tugʻilgan paytlaridanoq shunday vaʼda orqali Xudoga bagʻishlanganlar. Tavrot qonuniga koʻra, oʻzini Xudoga butunlay bagʻishlab nazr qilgan odam sharob yoki oʻtkir ichimlik ichmasligi, sochini oldirmasligi, murdaga tegmasligi kerak edi (Sahroda 6:1-8, 21 ga qarang). Ibroniycha matnda shu maʼnodagi soʻz mazkur bobning 12–oyatida ham bor., deb chorladim.
Shunday emasmi, ey Isroil xalqi?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
12Sizlar esa Menga bagʻishlanganlarga sharob ichirdingiz#2:12 …Menga bagʻishlanganlarga sharob ichirdingiz… — Tavrotga koʻra, oʻzini Xudoga nazr sifatida bagʻishlagan odam sharob yoki oʻtkir ichimlik ichishi mumkin emasdi (shu bobning 11–oyati izohiga qarang).,
Paygʻambarlarimga: «Bashorat qilmanglar!» deb buyurdingiz.
13Mana endi sizlarni shu qadar ezamanki,
Sizlar ogʻir yuk ostida gʻirchillagan aravaday boʻlasiz.
14Oʻshanda chaqqonlar ham qochib qutulolmaydi,
Pahlavonlar ham kuchdan qoladi,
Hatto jangchilar ham jonini saqlay olmaydi.
15Kamonkash dosh berolmaydi,
Choparlar qutqara olmaydi oʻzini,
Otliqlar saqlay olmaydi jonini.
16Oʻsha kuni jasurlarning eng dovuragi ham
Qurol–aslahalarini tashlab qochadi.”
Egamizning kalomi shudir.
Currently Selected:
Amos 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020