YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 1

1
1–BOB
Ilyos va shoh Oxoziyo
1Isroil#1:1 Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. shohi Axabning vafotidan keyin#1:1 Isroil shohi Axabning vafotidan keyin… — shoh Axab taxminan miloddan oldingi 850 yilda vafot etdi., Moʻab yurti#1:1 Moʻab yurti — Oʻlik dengizning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. Isroilga qarshi isyon koʻtardi#1:1 …Moʻab yurti Isroilga qarshi isyon koʻtardi — Moʻab yurtini shoh Dovud bosib olib, oʻziga qaram qilib olgan edi (2 Shohlar 8:2 ga qarang). Moʻab isyonining batafsil bayoni 3:4-27 da yozilgan..
2Isroil shohi Oxoziyo Samariya shahridagi saroyining tomi#1:2 …saroyining tomi… — qadimgi paytlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odatda atrofi panjara yoki toʻsiq bilan oʻralgan edi. Odamlar tomga chiqib dam olishardi. panjarasidan yiqilib, qattiq shikastlandi. Soʻng choparlariga: “Filistlarning Exron shahridagi#1:2 Exron shahri — Exron Filistlarning muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahri edi. Exron Samariyadan qariyb 65 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. xudosi Baal–Zabub#1:2 Baal–Zabub — Exron aholisi Kanʼon xudosi Baalni shu nom bilan atashardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BAAL soʻziga qarang. yoniga borib, undan soʻranglar–chi, men sogʻayarmikanman”, deb ularni joʻnatdi.
3Shunda Tishba shahridan boʻlgan Ilyos paygʻambarga Egamizning farishtasi gapirdi:
— Qani, boʻl, Samariya shohi yuborgan choparlarga peshvoz chiqib, ularga shu gaplarni yetkaz: “Nima uchun sizlar Exron shahrining xudosi Baal–Zabubdan, shoh sogʻayarmikan, deb soʻrab bilish uchun boryapsizlar?! Isroilda Xudo yoʻq deb oʻylayapsizlarmi?! 4Endi Egam shunday aytmoqda: shohingiz shu qilgani uchun yotgan joyidan turmay, oʻladi.”
Ilyos Egamizning aytganini bajardi.
5Choparlar Oxoziyoning huzuriga qaytib bordilar. Shoh:
— Namuncha tez qaytib keldingizlar? — deb soʻradi.
6Choparlar Oxoziyoga aytdilar:
— Qarshimizdan bir odam bizga peshvoz chiqdi. Sizning huzuringizga qaytishimizni, shu xabarni yetkazishimizni aytdi: “Egamiz shunday demoqda: nimaga sen Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sogʻayarmikanman, deb soʻrab bilish uchun choparlar joʻnatding? Isroilda Xudo yoʻq deb oʻyladingmi?! Shu qilganing uchun yotgan joyingdan turmay, oʻlasan.”
7Oxoziyo choparlardan:
— Sizlarga peshvoz chiqib, shu gaplarni aytgan odamning koʻrinishi qanaqa edi? — deb soʻradi.
8— U odam jundan toʻqilgan kiyim kiygan ekan, beliga charm kamar bogʻlab olibdi, — deb javob berishdi choparlar shohga.
— U Ilyos, — dedi Oxoziyo. 9Shundan keyin shoh Oxoziyo Ilyosni olib kelish uchun ellikboshini ellikta sipohi bilan joʻnatdi. Ilyos togʻ tepasida oʻtirgan edi. Ellikboshi Ilyosni topib, unga dedi:
— Ey Xudoning odami!#1:9 Xudoning odami — Egamiz paygʻambarining yana bir nomi. Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda.
10— Agar men Xudoning odami boʻlsam, — deya javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin.
Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, hamma sipohlarini ham yondirib yubordi.
11Shoh Ilyosning oldiga yana boshqa ellikboshisini ellikta sipohi bilan joʻnatdi. U ellikboshi ham:
— Ey Xudoning odami! Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda, — dedi.
12— Agar men Xudoning odami boʻlsam, — deb javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin.
Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, ellikta sipohini ham yondirib yubordi.
13Oxoziyo uchinchi marta yana ellikta sipoh bilan boshqa ellikboshini joʻnatdi. Ellikboshi Ilyosning oldiga chiqib, uning qarshisida tiz choʻkdi va unga iltijo qilib dedi:
— Ey Xudoning odami! Mening jonimga va mana shu ellikta qulingizning joniga rahm qiling. 14Osmondan olov tushib, mendan oldingi ikkala ellikboshi ham barcha sipohlari bilan yonib ketgandi. Endi mening jonimga rahm qiling.
15Shunda Ilyosga Egamizning farishtasi zohir boʻlib:
— Shohdan qoʻrqma, ellikboshi bilan birga boraver, — deb aytdi. Ilyos ellikboshi bilan birga shoh huzuriga borib, 16unga shunday dedi:
— Egamiz aytmoqda: “Isroilda Xudo yoʻqday, Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sogʻayarmikanman, deb soʻrab bilish uchun choparlar joʻnatding. Shu qilganing uchun yotgan toʻshagingdan turmay, oʻlasan.”
17Shunday qilib, Egamizning Ilyos orqali aytganiga muvofiq, shoh Oxoziyo vafot etdi. Shohning oʻgʻli boʻlmagani uchun uning oʻrniga ukasi Yoram shoh boʻldi. Bu voqea yuz berganda, Yahudo shohi Yohuram ikkinchi yil shohlik qilayotgan edi#1:17 …Yoram shoh boʻldi. Bu voqea yuz berganda, Yahudo shohi Yohuram ikkinchi yil shohlik qilayotgan edi — 3:1 ga koʻra, bu voqea Yahudo shohi Yohuramning otasi Yohushafat hukmronligining oʻn sakkizinchi yilida yuz bergan. Qadim zamonlarda ota bilan oʻgʻil bir vaqtning oʻzida taxtda oʻtirib hukmronlik qilgan hollar ham boʻlgan. Shoh ota vafot etgan paytda, oʻgʻil anchadan beri shohlikni boshqarib kelayotgan boʻlar edi (yana 8:16 ga qarang).. Yohuram Yohushafatning oʻgʻli edi.
18Oxoziyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.

Currently Selected:

4 Shohlar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy