2 Shohlar 8
8
8–BOB
Dovudning zafarlari
1Birmuncha vaqt oʻtgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni magʻlub qildi, shu tariqa yurtni ularning hukmronligidan ozod etdi#8:1 …ularni magʻlub qildi, shu tariqa yurtni ularning hukmronligidan ozod etdi — yoki …ularni magʻlub qildi va Matex–Ommoh shahrini Filistlardan tortib oldi.. 2Soʻng Moʻab xalqini ham magʻlub qildi. Asirlarni yerga qator qilib yotqizib, qatorni arqon bilan oʻlchay boshladi. Bir oʻlchab, tirik qoldirdi, ikki oʻlchab oʻldirdi. Shunday qilib, Moʻab xalqining tirik qolganlari Dovudga qul boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻlishdi.
3Zoʻvo#8:3 Zoʻvo — bu yurt Damashqdan shimolda joylashgan edi. shohi Hadadzar oʻz shohligini boshqatdan oʻrnatmoqchi boʻlib, Furot daryosi boʻylariga yurish qilgan edi. Dovud uni ham tor–mor qildi. Hadadzar Rexob deganning oʻgʻli edi. 4Dovud Hadadzarning 1700 nafar otliq, 20.000 nafar piyoda sipohini asirga oldi. Oʻzining 100 ta jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.
5Damashqdagi Oram xalqi Zoʻvo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini oʻldirdi. 6Soʻng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga oʻzining qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi. 7Dovud Hadadzarning aʼyonlari koʻtarib yuradigan oltin qalqonlarni qoʻlga kiritib, Quddusga keltirdi. 8Yana Hadadzarning qoʻli ostidagi Tivxat#8:8 Tivxat — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Betax. Uning Tivxat degan shakli 1 Solnomalar 18:8 dan olingan. va Baroʻtay shaharlaridan koʻp bronza olib keldi.
9Xomat#8:9 Xomat — bu yurt Zoʻvo yurtidan shimolda joylashgan edi. shohi Toʻax “Dovud Hadadzarning butun lashkarini magʻlub qilibdi”, deb eshitib qoldi. 10Toʻax shoh Dovudning huzuriga oʻgʻli Yoramni yuborib, uni qutladi, jangda Hadadzardan gʻolib kelgani uchun Dovudni olqishladi. Toʻax Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. Yoram Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni hadya qilib olib keldi. 11Shoh Dovud bu inʼomlarni bosib olgan yurtlardan keltirgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi. 12Bular Edom, Moʻab, Ommon yurtlaridan, Filist va Omolek xalqlaridan olib kelingan, Zoʻvo shohi Hadadzardan olingan oʻljalar edi.
13Dovud Tuz vodiysida#8:13 Tuz vodiysi — Oʻlik dengizning janubidagi oʻlka. Edom#8:12-13 Edom…13…Edom — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan (yana 1 Solnomalar 18:11-12 ga qarang). Ibroniycha matnda Oram…13…Oram. Edom yurti Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. xalqidan 18.000 kishini halok qilib qaytgandan soʻng, yanada dong taratdi.
14Edom yurtining hamma yeriga oʻz qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram boʻldi. Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
15Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi. 16Zeruya oʻgʻli Yoʻab — lashkarboshi, Oxilud oʻgʻli Yohushafat — mushovir#8:16 mushovir — lugʻaviy maʼnosi maslahatchi. Bu oʻrinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan. edi. 17Oxitob oʻgʻli Zodoʻx bilan Abuatar oʻgʻli Oximalek — ruhoniy, Sarayo mirza edi. 18Yohayido oʻgʻli Binayo Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarning#8:18 Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qoʻriqchilari boʻlib xizmat qilgan. boshligʻi edi. Dovudning oʻgʻillari esa ruhoniy#8:18 ruhoniy — yoki aʼyonlar (1 Solnomalar 8:17 ga qarang). edilar.
Currently Selected:
2 Shohlar 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: