2 Shohlar 24
24
24–BOB
Dovud aholini roʻyxat qiladi
1Isroil xalqiga Egamiz yana gʻazabini sochdi. Egamiz xalqqa zarar yetkazmoqchi boʻlib, aholini roʻyxat qilishga Dovudni majbur etdi: “Qani, Isroil va Yahudo xalqini sanab chiq”, dedi.
2Shoh yonida turgan lashkarboshisi Yoʻabga shunday buyruq berdi:
— Isroilning hamma qabilalarini — Dandan Bershebagacha boʻlgan joylarni kezib, xalqni sanab chiqinglar, toki qancha aholi borligini men bilayin.
3Lekin Yoʻab shunday dedi:
— Egangiz Xudo xalqning hozirgi sonini yuz karra koʻpaytirsin, shoh hazratlari ham oʻsha kunlarni koʻrsin! Shohim nimaga buni istab qoldilar?
4Lekin Yoʻab va lashkarboshilarning soʻzidan shohning soʻzi ustun keldi. Shundan soʻng ular shohning huzuridan chiqib, Isroil xalqini sanash uchun ketishdi.
5Ular Iordan daryosini kechib oʻtishdi va Aror shahri yonida chodir qurib, oʻsha yerda istiqomat qiladigan Isroil xalqini sanashdi. Aror shahri soylikdan janubda joylashgan edi. Keyin ular Gad qabilasining hududiga borib, Yazir shahrining aholisini sanashdi. 6Soʻng Gilad yerlarini bosib oʻtib, Taxtim–Xodshi yerlariga borishdi. Soʻngra Danyonga, Danyondan esa Sidon atroflariga aylanib borib, bu yerning xalqini sanashdi. 7Yana Tir qalʼasidagi, Xiv va Kanʼon xalqlarining hamma shaharlaridagi Isroil xalqini sanab chiqishdi. Nihoyat, janubga — Yahudoning Nagav choʻlidagi Bersheba shahriga kelishdi. 8Ular toʻqqiz oy va yigirma kun yurtni u boshidan bu boshigacha aylanib chiqqanlaridan keyin Quddusga qaytib kelishdi. 9Yoʻab roʻyxat natijasini shohga maʼlum qildi: Isroilda jang qilishga qodir 800.000 odam, Yahudoda esa 500.000 odam bor ekan.
10Xalqni sanab chiqqandan soʻng Dovudning vijdoni qiynaldi.
— Bu ishni qilib ogʻir gunohga botdim, aqlsizlarcha ish tutdim. Oʻtinaman, ey Egam, bu qulingning gunohini kechir, — deb iltijo qildi.
11Ertasiga ertalab Dovud uyqudan turgach, Dovudning xizmatida boʻlgan valiy — Gad paygʻambarga Egamizning shu soʻzlari ayon boʻldi: 12“Borib Dovudga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday deb aytmoqda: Men senga uchta jazoni taklif qilaman, shulardan bittasini tanla, keyin senga oʻsha jazoni yuboraman.»”
13Gad Dovudning huzuriga borib, uchta jazoni birma–bir bayon qildi:
— Yurtingda uch#24:13 uch — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 1 Solnomalar 21:12 ga qarang). Ibroniycha matnda yetti. yil ocharchilik boʻlsinmi? Yoki seni taʼqib qiladigan gʻanimlaringdan uch oy qochib yurishni istaysanmi? Yo boʻlmasa, yurtingda uch kun oʻlat boʻlsinmi? Endi yaxshilab oʻyla, meni Yuborganga nima deb javob berayin?
14— Men juda ogʻir ahvolda qoldim–ku, — dedi Dovud Gadga. — Nima boʻlsa ham, odamzodning qoʻliga tushmayin. Mayli, Egamning Oʻzi bizni jazolasin, chunki U gʻoyat rahmdil.
15Shunday qilib, Egamiz oʻsha kuni ertalabdan belgilangan vaqtgacha Isroil yurtiga oʻlat yubordi. Butun yurt boʻylab — Dandan Bershebagacha boʻlgan joyda 70.000 kishi oʻldi. 16Egamizning farishtasi, Quddusni yoʻq qilaman deb, qoʻl koʻtarganda, Egamiz rahm qilib, balo–qazo joʻnatmaydigan boʻldi. Xalqni qirayotgan farishtaga:
— Boʻldi, bas! Yetadi! — deb amr berdi.
Egamizning farishtasi oʻsha paytda Quddusda — Yobus xalqidan boʻlgan Aravno degan odamning xirmonida#24:16 …Yobus xalqidan boʻlgan Aravno degan odamning xirmonida… — bu joy qadimgi Quddusning tashqarisidagi tepalikda joylashgan. Keyinroq Sulaymon Maʼbadni shu yerda qurgan (1 Solnomalar 22:1, 2 Solnomalar 3:1 ga qarang). edi. 17Dovud xalqni oʻldirayotgan farishtani koʻrgach, Egamizga dedi:
— Gunoh qilgan menman, men aybdorman! Qoʻyday beozor bu insonlar nima ayb qilibdi? Gʻazabingni menga va otam xonadoniga socha qol!
18Oʻsha kuni Gad Dovudning huzuriga bordi va unga:
— Yobus xalqidan boʻlgan Aravnoning xirmoniga borib, oʻsha yerda Egamga atab bir qurbongoh qurgin, — dedi.
19Dovud Gadning soʻziga kirib, xuddi Egamiz amr etganiday, xirmonga bordi. 20Aravno shoh bilan aʼyonlarning oʻziga tomon kelayotganini koʻrdi va Dovudning oldiga borib, yerga muk tushib taʼzim qildi.
21— Shoh hazratlari nechun bu qulining oldiga tashrif buyurdilar? — deb soʻradi.
— Egamga atab bir qurbongoh qurish uchun xirmoningni sendan sotib olgani keldim, toki oʻlat xalqdan daf boʻlsin, — dedi Dovud.
22— Shoh hazratlari nimani maʼqul topsalar, Egamizga oʻshani nazr qilsinlar, — dedi Aravno. — Ana, kuydiriladigan qurbonliklar uchun hoʻkizlar, oʻtin uchun esa xoʻptir#24:22 xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta. Donni boshoqdan ajratib olish uchun oʻrilib xirmonga yoyilgan bugʻdoy ustidan xoʻptir yurgizilardi. va hoʻkizlarning boʻyinturuqlari bor. 23Ey shohim, bularning hammasini sizga inʼom etaman.
Keyin qoʻshib qoʻydi:
— Egangiz Xudo sizdan rozi boʻlsin!
24— Boʻlmaydi! — dedi shoh. — Sendan bu narsalarni oʻz bahosida sotib olaman. Tekin tushgan qurbonliklarni Egam Xudoga kuydirib nazr qilmayman.
Shundan soʻng Dovud xirmonni va hoʻkizlarni ellik kumush tangaga#24:24 ellik kumush tanga — ibroniycha matnda ellik shaqal kumush, taxminan 550 grammga toʻgʻri keladi. sotib oldi. 25Dovud oʻsha yerda Egamizga atab qurbongoh qurib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini atadi. Egamiz esa Isroil yurti uchun Dovudning iltijolariga javob berdi. Shunday qilib, Isroildan oʻlat daf qilindi.
Currently Selected:
2 Shohlar 24: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: