2 Shohlar 23
23
23–BOB
Dovudning vasiyati
1Essay oʻgʻli Dovudning soʻzlari.
Dovudni Xudo yuksaltirgan,
Yoqubning Xudosi moy surtib, shoh qilgan uni,
Dovud Isroilning suyukli qoʻshiqchisi boʻlgan.
Dovudning oxirgi soʻzlari quyidagilardir:
2“Egamning Ruhi men orqali gapirdi,
Tilimdan Uning kalomi toʻkildi.
3Isroil xalqining Xudosi men orqali soʻzladi,
Isroilning ishongan Qoyasi#23:3 Qoya — 22:2 izohiga qarang. menga shunday deb aytdi:
«Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan,
Xudodan qoʻrqib shohlik qilayotgan inson
4Bamisoli tong shafagʻidir,
Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir,
Nurlari yomgʻirdan soʻng tuproqda maysa undirar.»
5Xonadonim Xudo oldida shunday emasmi?!
Chunki U men bilan abadiy bir ahd tuzgan,
Bu ahd har tomonlama ishonchli, mustahkamdir.
Albatta gʻolib boʻlishim uchun, har qanday tilagimga yetishim uchun,
U shak–shubhasiz menga madad beradi.
6Shakkoklar uloqtirilajak tikan kabidir,
Chunki ularni qoʻl bilan ushlab boʻlmas.
7Tikan yigʻmoqchi boʻlgan kishi
Temir asbob yoki nayzaning sopidan foydalanar.
Tikanlarga oʻt qoʻyib, kulini koʻkka sovurar.”
Dovudning “Uch qahramon” va “Oʻttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar
8Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilarning ismlari quyidagicha: birinchisi — Xaxmoʻn urugʻidan Yoshuvam#23:8 Xaxmoʻn…Yoshuvam — ibroniycha matnda bu ismlarning boshqa variantlari Taxkamon…Yoʻshabashat. Bu ismlarning Xaxmoʻn va Yoshuvam degan shakllari 1 Solnomalar 11:11 dan olingan.. U “Uch qahramon”ning#23:8 “Uch qahramon” — bular eng dongdor jangchilar guruhi edi. Ular mashhur “Oʻttiz qahramon” guruhining maxsus bir qismi boʻlgan. sardori edi. U nayzasi bilan sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda oʻldirgan edi#23:8 U nayzasi bilan sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda oʻldirgan edi — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 1 Solnomalar 11:1 ga qarang). Ibroniycha matnda U Ezlik Adino boʻlib, bir paytning oʻzida sakkiz yuz kishini oʻldirgan edi..
9“Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxoʻva urugʻidan Doʻdoʻ oʻgʻli Elazar edi. U jang qilish uchun toʻplangan Filistlarni Dovud bilan birga magʻlub qilgan edi. Isroil lashkari u paytda chekingan edi. 10Lekin Elazar joyida turaverdi, chekinmadi. Qoʻli toliqib, uvushib qolguncha Filistlarni oʻldirdi. Oʻsha kuni Egamiz uni ulugʻ zafarga erishtirdi. Soʻngra Isroil lashkari faqat halok boʻlganlarni talon–taroj qilish uchun Elazarning orqasidan bordi.
11“Uch qahramon”dan uchinchisi Xarorlik Agey oʻgʻli Shammox edi. Filistlar Lexidagi bir yasmiqzor#23:11 yasmiq — dukkaklilar oilasiga mansub oʻsimlik doni. yoniga yigʻilib kelganda, Isroil lashkari ularning oldiga tushib qochishgan edi. 12Lekin Shammox yasmiqzorning oʻrtasida turib olib, oʻsha yerni himoya qildi va Filistlarni tor–mor qildi. Shu tariqa, Egamiz uni ham ulugʻ zafarga erishtirdi.
13Oʻrim–yigʻim paytida oʻsha uchalasi (ular “Oʻttiz qahramon”#23:13 “Oʻttiz qahramon” — mashhurlikda ikkinchi oʻrinda turgan jangchilar guruhi. guruhi tarkibiga kirar edilar)#23:13 …oʻsha uchalasi (ular “Oʻttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirar edilar)… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …oʻttiztadan uchtasi…. Baʼzilar, matnda “Uch qahramon”dan boshqa uchta jangchiga ishora qilinadi, deb tushunadilar. Lekin shu bobdagi 17–oyatning ikkinchi qismida berilgan xulosada, 8-17–oyatlarda oʻsha uchta jangchi toʻgʻrisida soʻz ketyapti, degan fikr aytiladi. Dovudning yoniga — Adullam gʻoriga ketdilar#23:13 …Adullam gʻoriga ketdilar — Dovud Shoulning taʼqibidan qochib yurgan paytda bu voqea yuz bergan boʻlishi mumkin (1 Shohlar 22:1-6 ga qarang).. Rafa vodiysida#23:13 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 14Bu paytda Dovud oʻzining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qoʻnolgʻasi esa Baytlahmda joylashgan edi. 15Dovud hasrat bilan:
— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi.
16Oʻsha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib oʻtishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga toʻkib, Egamizga bagʻishladi.
17— Ey Egam! — deb xitob qildi. — Bunday qilishdan meni Oʻzing asra! Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qoʻyib, suv olib kelgani borishdi–ku!
Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik koʻrsatishgan edi.
18Yoʻabning akasi Abushay “Oʻttiz#23:18 Oʻttiz — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Uch. “Uch” va “oʻttiz” soʻzlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. Shu bobning 19–oyatida ham bor. qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini oʻldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 19U “Oʻttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yoʻlboshchisi boʻldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.
20Yana Kabzil shahridan Yohayido oʻgʻli Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Moʻablik ikki dovyurak odamni#23:20 Moʻablik ikki dovyurak odam — yoki Moʻabdagi ikkita ulkan sher yoxud Moʻablik Oriyolning ikki oʻgʻli. oʻldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni oʻldirdi. 21Yana devday bir Misrlikni ham oʻldirdi. Misrlikning qoʻlida nayzasi bor edi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qoʻlidan tortib oldi–da, oʻsha nayza bilan uni oʻldirdi. 22Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 23U “Oʻttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qoʻriqchilar sardori qilib tayinladi.
24Quyidagilar ham “Oʻttiz qahramon”dan edilar:
Yoʻabning ukasi Osoyil,
Baytlahm shahridan Doʻdoʻ oʻgʻli Elxanon,
25Xaroʻd shahridan Shammox va Elixo,
26Palat shahridan Xalez,
Taxuva shahridan Ixesh oʻgʻli Ero,
27Onotoʻt shahridan Abuazar,
Xusha shahridan Sibaxay#23:27 Sibaxay — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Mavunnay. Uning Sibaxay degan shakli 1 Solnomalar 11:29 dan olingan.,
28Oxoʻva urugʻidan Zalmon,
Natufo shahridan Maxray,
29Natufo shahridan Banax oʻgʻli Xaled#23:29 Xaled — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalev. Uning Xaled degan shakli 1 Solnomalar 11:30 dan olingan.,
Benyamin naslidan Givolik Ribay oʻgʻli Etxay,
30Piraton shahridan Binayo,
Gash soyliklaridan Xuray#23:30 Xuray — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xidoy. Uning Xuray degan shakli 1 Solnomalar 11:32 dan olingan.,
31Bayt–Araba shahridan Abualvon,
Boxurim shahridan Ozmobit,
32-33Shalbim shahridan Eliyaxba,
Yoshonning oʻgʻillari,
Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan#23:32-33 …Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan… — ibroniycha matnda …Yoʻnatan, Xaror shahridan Shammox…. “Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan” degan ibora 1 Solnomalar 11:34 dan olingan. Qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalarida Xaror shahridan Shammox oʻgʻli Yoʻnatan.,
Xarorlik Shoror oʻgʻli Oxiyom,
34Maxo shahridan Axazbay oʻgʻli Elifalet,
Gilox shahridan Oxitofel oʻgʻli Eliyom,
35Karmil shahridan Xazro,
Orov shahridan Paray,
36Zoʻvo shahridan Natan oʻgʻli Yixal,
Gad qabilasidan Banix,
37Ommon xalqidan Zilax,
Baroʻt shahridan Zeruya oʻgʻli Yoʻabning qurolbardori Naxray,
38Yitar urugʻidan Ero va Goriv,
39Xet xalqidan Uriyo.
Hammasi boʻlib oʻttiz yetti kishi edi.
Currently Selected:
2 Shohlar 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: