2 Shohlar 21
21
21–BOB
Givonliklar Shoul xonadonidan oʻch oladi
1Dovud shohligi paytida uch yil muttasil ocharchilik hukm surdi. Dovud Egamizdan shu haqda soʻragan edi#21:1 …Egamizdan shu haqda soʻragan edi… — 2:1 izohiga qarang., Egamiz shunday javob berdi: “Qon toʻkkan Shoul va uning xonadoni bu ocharchilikka sababchi, chunki Shoul Givonliklarni qirgan edi.”
2Shundan soʻng shoh Givonliklarni chaqirtirib keldi va ular bilan gaplashdi.
Givonliklar Isroil qavmlaridan boʻlmay, Amor xalqlarining#21:2 Amor xalqlari — bu oʻrinda umumiy nom boʻlib, bu nom ostida Isroil xalqi Kanʼon yurtini egallamasdan oldin oʻsha yerda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan. qolgan–qutgani edi. Isroil xalqi Givonliklarga, sizlarni tirik qoldiramiz, deb ont ichishgan edi#21:2 ont ichishgan edi — Yoshua 9:3-27 ga qarang.. Shunga qaramay, Shoul ularni qirib tashlashga harakat qilgan, chunki u butun yurtni Isroil va Yahudo xalqi nazorat qilishini istagandi.
3Xullas, Dovud:
— Sizlar uchun nima qilay? — deb soʻradi Givonliklardan. — Egamning xalqini duo qilishingiz uchun bu gunohni qanday yuvsam boʻladi?
4Givonliklar unga:
— Bizga Shoul va uning xonadonidan oltin ham, kumush ham kerak emas, Isroil xalqidan birortasini oʻldirish niyatimiz ham yoʻq, — deb javob berishdi.
— Nima istasangiz, bajo qilaman, — dedi Dovud. 5Shundan soʻng Givonliklar aytishdi:
— Shoul bizni Isroil yurtida yashamasin deb, qirib tashlashni va bizni yoʻqotishni maqsad qilib qoʻygan edi. 6Shuning uchun Shoulning oʻgʻillaridan yettitasi bizga berilsin. Biz ularni Givonda, aynan Egamiz tanlab olgan Shoulning shahrida, Egamizning huzurida oʻldiramiz. Jasadlarini tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqamiz.
— Sizlarga beraman ularni, — dedi shoh.
7Dovud Shoulning nabirasi — Yoʻnatanning oʻgʻli Mefibositga rahm qilib, uni Givonliklarga bermadi. Dovud bilan Yoʻnatan Egamizning nomini oʻrtaga qoʻyib bir–biriga qasamyod qilishgan edi. 8Shoulga Oyo qizi Rizpa Ormanax va Mofibaset degan ikki oʻgʻil tugʻib bergan edi. Dovud Shoulning oʻsha ikkala oʻgʻlini oldi. Shoulning qizi Merav#21:8 Merav — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Mixal, ammo 1 Shohlar 18:19 ga koʻra, Shoulning katta qizi Merav Maxlalik Odriyolga turmushga chiqqan edi. Shoulning qizi Mixal farzand koʻrmagan. Maxlalik Borzulay oʻgʻli Odriyoldan beshta oʻgʻil koʻrgan edi. 9Dovud oʻsha oʻgʻillarning hammasini Givonliklarning qoʻliga berdi. Givonliklar yettovini togʻda — Egamizning oldida oʻldirib, jasadlarini tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqishdi. Yettovi ham birga jon bergan edi. Ular oʻldirilganda, oʻrim–yigʻim endi boshlangan, arpa oʻrimining ilk kunlari#21:9 arpa oʻrimining ilk kunlari — aprelning oxiri yoki mayning boshi. edi.
10Oyo qizi Rizpa qanor#21:10 qanor — dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. oldi va jasadlar yonidagi bir qirning tepasiga borib, qanorni yoydi. Oʻrim payti boshlangandan to jasadlar ustiga osmondan yomgʻir yoqqunga qadar#21:10 …yomgʻir yoqqunga qadar… — odatda oʻsha yerlarda may oyidan sentabrgacha yomgʻir yogʻmagan., Rizpa oʻsha yerda qoldi. Jasadlarni kunduzi osmonda uchadigan qushlardan, kechalari yovvoyi hayvonlardan qoʻriqladi.
11Shoulning kanizagi#21:11 kanizak — 5:13 izohiga qarang. Oyo qizi Rizpa qilgan ishni Dovudga yetkazishdi. 12Dovud Giladdagi Yobosh xalqining oldiga borib, Shoul va uning oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini ulardan oldi. Filistlar Gilbova togʻida Shoulni oʻldirgan kuni uning va oʻgʻlining jasadlarini Bayt–Shan shahri maydonida devorga qoqib qoʻygan edilar. Giladdagi Yobosh xalqi esa ikkovining jasadini yashirincha u yerdan olib ketishgan edi#21:12 Giladdagi Yobosh xalqi…u yerdan olib ketishgan edi — 1 Shohlar 31:8-13 ga qarang.. 13Dovud Shoul bilan oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini u yerdan olib kelgandan soʻng, oʻldirilgan yetti kishining jasadlarini ham olishdi. 14Shoul bilan oʻgʻli Yoʻnatanning suyaklarini Benyamin hududidagi Zilaga — otasi Kishning xilxonasiga dafn qilishdi. Shunday qilib, shohning hamma farmonlarini ijro etishdi.
Shundan keyin Xudo yurt uchun qilingan iltijolarga javob berdi.
Filistlarga qarshi urush
15Filistlar bilan Isroil lashkari oʻrtasida yana urush boshlandi. Dovud odamlari bilan Filistlarga qarshi urushga otlandi. Ammo janglar davomida Dovud juda toliqib qoldi. 16Filist jangchilaridan biri Yishbibanuv Dovudni oʻldirmoqchi boʻldi. Yishbibanuv Rafa xalqidan#21:16 Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang). edi. U qoʻlida uchi 750 misqol#21:16 750 misqol — ibroniycha matnda 300 shaqal, taxminan 3,4 kiloga toʻgʻri keladi. keladigan bronza nayza koʻtargan, beliga esa yangi qilich bogʻlab olgandi. 17Zeruya oʻgʻli Abushay#21:17 Abushay — Dovudning jiyani, Yoʻabning akasi. Dovudni himoya qilib, oʻsha Filistni magʻlub qilib oʻldirdi. Shundan keyin Dovudning odamlari unga: “Endi siz biz bilan urushga bormaysiz, toki Isroilning chirogʻi oʻchib qolmasin”, deb aytishdi.
18Shundan soʻng Gov shahrida Filistlar bilan yangidan urush boshlandi. Xushalik Sibaxay bu urushda Sof degan odamni oʻldirdi. Sof Rafa xalqidan edi.
19Koʻp oʻtmay Isroil lashkari bilan Filistlar oʻrtasida Govda yana urush boʻldi. Yovir#21:19 Yovir — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yaroʻragim. Uning Yovir degan shakli 2 Shohlar 21:18 dan olingan. oʻgʻli Elxanon Gatlik#21:19 Gat — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. Goʻliyotning ukasini#21:19 Goʻliyotning ukasi — 1 Solnomalar 20:5 dan olingan (yana 1 Shohlar 17:4-11, 40-54 ga qarang). Ibroniycha matnda Goʻliyot. oʻldirdi. Elxanon Baytlahmlik edi. Goʻliyot nayzasining sopi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi.
20Soʻngra yana Gat shahrida urush boʻldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qoʻl–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi boʻlib yigirma toʻrtta barmogʻi bor edi. 21Oʻsha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yoʻnatan uni oʻldirdi. Yoʻnatan Dovudning akasi Shimoning oʻgʻli edi.
22Dovud va uning odamlari tomonidan oʻldirilgan oʻsha toʻrtalasi ham Gatlik boʻlib, Rafa xalqidan edi.
Currently Selected:
2 Shohlar 21: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020