4 Shohlar 9
9
9–BOB
Yohu Isroil ustidan shoh qilib tayinlanadi
1Elishay paygʻambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi:
— Qani, boʻl, qoʻlingga anavi moy solingan idishni ol, Giladdagi Ramoʻtga bor. 2U yerga borganingdan keyin, Yohuni qidirib top. Nimshi deganning nabirasi Yohu Yahoshafat degan odamning oʻgʻlidir. Uni oʻrtoqlari orasidan chaqirib chiqib, boshqa xonaga olib kir. 3Soʻngra moy solingan idishni ol. Yohuning boshiga moyni surtgin–da, shunday degin: “Egamiz shunday aytmoqda: senga moy surtib, Isroil ustidan shoh qilib tanladim.” Keyin eshikni ochgin–u, kutmasdan qoch.
4Yosh paygʻambar Giladdagi Ramoʻtga ketdi. 5Oʻsha joyga yetib kelganda, lashkarboshilar suhbatlashib oʻtirgan edi.
— Senda gapim bor, lashkarboshi, — dedi u.
— Qaysi birimizda gaping bor? — deb soʻradi Yohu.
— Senda, lashkarboshi, — dedi u Yohuga. 6Yohu oʻrnidan turib, boshqa xonaga kirdi. Yosh paygʻambar uning boshiga moyni surtgach, dedi:
— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Senga moy surtib, Oʻzimning xalqim Isroil ustidan shoh qilib tayinladim. 7Sen hukmdoring Axabning xonadonini qirib tashlaysan, toki paygʻambar qullarim va boshqa hamma qullarimning toʻkilgan qonlari uchun Men Izabeldan oʻch olay. 8Axabning butun xonadoni yoʻq boʻladi. Isroilda Axabning urugʻidan har bir erkak zotini, xoh qul boʻlsin, xoh ozod boʻlsin, qirib tashlayman. 9Axab xonadonini Nabat oʻgʻli Yeribomning xonadoni va Oxiyo oʻgʻli Bashoning xonadoni koʻyiga solaman. 10Izabel esa Yizril yerlarida itlarga yem boʻladi, uni dafn qiladigan hech kimsa boʻlmaydi.”
U shunday deb eshikni ochdi–yu, qochdi.
11Yohu lashkarboshi doʻstlari oldiga qaytdi.
— Tinchlikmi? Anavi telba sening oldingga nima uchun kelibdi? — deb soʻrashdi doʻstlari undan.
— E, bunaqa odamlarni bilasizlar–ku, valdirayveradilar–da, ular, — dedi Yohu doʻstlariga.
12— Ey yolgʻonchi! Qani, bizga ham ayt–chi, — deyishdi ular.
Yohu doʻstlariga: “Egamiz menga moy surtib Isroil ustidan shoh qilib tayinlabdi”, deb paygʻambarning gaplarini aytib berdi.
13Hammalari shoshilib qolishdi. Har kim liboslarini yechib, Yohu turgan zinapoyaga toʻshadilar va burgʻu chalib: “Yohu shoh boʻldi!” deb jar soldilar.
Yohu Yoramni oʻldiradi
14Yohu Yoramga qarshi fitna uyushtirdi.
Bu paytda butun Isroil lashkari shoh Yoram boshchiligida Giladdagi Ramoʻt shahrini Oram shohi Xazayildan himoya qilayotgan edi. 15Yoram#9:15 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohuram (shu bobning 17, 21, 22, 23, 24–oyatlarida ham bor). Xazayil bilan jang qilganda, Oram lashkari uni yaralagan, Yoram esa yaralarini davolatish uchun Yizrilga qaytgan edi#9:15 Yoram…Yizrilga qaytgan edi — 8:28-29 ga qarang..
Yohu doʻstlariga:
— Agar sizlar men tomonda boʻlsangizlar, shahardan biror kimsa chiqib ketishiga va Yizrilga xabar olib borishiga yoʻl qoʻymanglar, — dedi. 16Yohu otiga minib, Yizril shahriga yoʻl oldi, chunki Yoram kasal boʻlib, u yerda yotgan edi.
Yahudo shohi Oxoziyo ham Yoramni koʻrgani kelgan edi.
17Yizril minorasi ustida qorovul turardi.
Yohuning odamlari yaqinlashib kelardi. Qorovul ularni koʻrib qolib: “Bir talay odamni koʻryapman”, dedi. Yoram qorovulga aytdi:
— Birorta otliqni yubor, odamlarni kutib olib: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrasin.
18Suvori Yohuga peshvoz chiqib dedi:
— Shoh: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrayapti.
— Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu. Qorovul esa: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, lekin qaytib kelmayapti”, deb xabar berdi.
19Endi boshqa bir otliqni yuborishdi, bunisi ham ularning oldiga kelib:
— Shohimiz: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb soʻrayapti, — dedi.
— Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu.
20Qorovul: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, qaytib kelmadi, oʻpkasi ogʻziga tiqilganday hovliqib ot choptirib kelishidan Yohuga oʻxshaydi”, deb xabar yetkazdi.
21— Aravani qoʻsh! — deb buyurdi Yoram. Shohning jang aravasini qoʻshdilar. Isroil shohi Yoram va Yahudo shohi Oxoziyo oʻz aravalariga minib, Yohuni kutib olgani chiqdilar. Ular Yohuni Yizrillik Navoʻtning dalasida#9:21 …Yizrillik Navoʻtning dalasi… — Navoʻt va uning dalasi bilan bogʻliq boʻlgan voqeaning bayoni 3 Shohlar 21:1-29 da berilgan. kutib oldilar. 22Yoram Yohuni koʻrgach, unga:
— Tinchlik bilan keldingmi, Yohu? — deb soʻradi.
— Onang Izabel boshlagan zinoyu sehr–jodu bizda hanuzgacha davom etib kelar ekan, qanaqasiga tinchlik boʻlsin?! — dedi Yohu.
23Yoram Oxoziyoga: “Qochdik, Oxoziyo! Xoinlik bu!” dedi–yu, ot tizginini burib, qochib qoldi. 24Yohu kamonni kuchi boricha tortib, Yoramning ikkala kuragi oʻrtasini moʻljallab otdi. Oʻq Yoramning qoq yuragini teshib oʻtdi. Yoram aravasi ichiga yiqildi.
25Yohu xizmatkori Bidkarga dedi:
— Uning jasadini Yizrillik Navoʻtning dalasiga olib borib tashla, shuni yodingdan chiqarmaginki, biz, ikkovimiz, Yoramning otasi Axabning ortidan jang aravasida borganimizda, Axabga qarshi Egamiz shuni ayon qilgan edi: 26“Kecha Navoʻt bilan uning oʻgʻillari qonini koʻrdim. Sendan oʻsha dalada qasos olaman.” Endi Egamizning aytganiga koʻra, Yoramning jasadini olib, Navoʻtning dalasiga olib borib tashla.
Yahudo shohi Oxoziyo oʻldiriladi
27Yahudo shohi Oxoziyo bu hodisani koʻrib, Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi#9:27 …Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi… — yoki …bogʻdagi uyning yoʻlidan qochdi….. Yohu uning ortidan quvib ketayotganda:
— Uni ham oʻldiringlar! — deb baqirdi. Yiblayom shahri yonidagi Gur tepaligida aravasida turgan Oxoziyoni otdilar. Oxoziyo Magidoʻ shahriga qochib borib, oʻsha yerda jon berdi. 28Aʼyonlari uning jasadini aravada Quddusga olib keldilar va Dovud qalʼasida, ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar.
29Axab oʻgʻli Yoram hukmronligining oʻn birinchi yilida Oxoziyo Yahudo shohi boʻlgan edi.
Izabel oʻldiriladi
30Yohu Yizrilga bordi. Izabel esa bu xabarni eshitib koʻzlariga surma surtib, sochlarini tarab, derazadan qarab turgan edi. 31Yohu shahar darvozasidan kirgach, Izabel:
— Ha, senmisan, hukmdorini oʻldirgan Zimridan#9:31 …hukmdorini oʻldirgan Zimri… — Zimri lashkarboshi edi, u taxtni egallash niyatida Isroil shohi Eloxni va uning butun oilasini oʻldirgan edi. Ammo Zimrining hukmronligi yetti kun davom etgan, xolos (3 Shohlar 16:8-20 ga qarang). qolishadigan joying yoʻq! Tinchlik bilan keldingmi? — dedi.
32Yohu koʻzlarini derazaga qadab:
— Kim men tomonda? Kim? — deb baqirdi. Tepada haram ogʻalaridan ikki–uchtasi paydo boʻldi. 33— Uni pastga uloqtiringlar! — deb buyurdi Yohu. Ular Izabelni ushlab pastga uloqtirdilar. Uning qoni devorga, otlarga sachradi, Yohuning oti jasadni ezgʻilab tashladi.
34Shundan keyin Yohu kelib, yeb–ichdi. Soʻngra:
— Anavi laʼnatini topib, koʻminglar, — dedi, — nima boʻlganda ham, shoh qizi–da#9:34 shoh qizi — Izabel Sidon shohi Etbaalning qizi edi (3 Shohlar 16:31 ga qarang)..
35Lekin Izabelning jasadini dafn qilishga borgan odamlar, uning bosh suyagi, oyogʻi va qoʻl panjasidan boshqa biror aʼzosini topa olmadilar. 36Hammalari qaytib kelib, Yohuni ahvoldan xabardor qildilar. Yohu ularga shunday dedi:
— Egamizning Oʻz quli Ilyos orqali aytgan bu soʻzlari bajo boʻldi#9:36 Egamizning…aytgan bu soʻzlari bajo boʻldi — Egamiz aytgan soʻzlarning batafsil bayoni 3 Shohlar 21:23 da berilgan.:
“Izabelning jasadi Yizril yerlarida koʻppaklarga yem boʻlar,
37Uning jasadi Yizril dalalaridagi goʻngga oʻxshab qolar,
Shuning uchun hech kim, bu Izabeldir, deb aytmas.”
Currently Selected:
4 Shohlar 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: