YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 8

8
8–BOB
Shunamlik ayol qaytib keladi
1Elishay oʻzi tiriltirgan bolaning#8:1 …oʻzi tiriltirgan bola… — bu voqeaning batafsil bayoni 4:8-37 da berilgan. onasiga shunday degan edi:
— Tur oʻrningdan, oʻzing va xonadoning ahli bilan birga joʻna. Qayerda yashay olsang, oʻsha yerda yashayver, chunki Egamiz yurtga yetti yil qahatchilik yuborishga qaror qildi.
2Ayol paygʻambarning aytganlariga quloq soldi. Uning oʻzi va xonadoni ahli Filistlar yeriga borib, u yerda yetti yil istiqomat qildi. 3Oradan yetti yil oʻtgach, oʻsha ayol Filistlar yeridan qaytib keldi. Soʻng uyimni va dalamni qaytarib olay deb, shoh huzuriga keldi.
4Shu paytda shoh Elishayning xizmatkori Gaxazi bilan gaplashayotgan edi:
— Elishay qilgan hamma ajoyibotlar haqida menga aytib ber–chi, — dedi shoh. 5Paygʻambar oʻlikni qanday tiriltirganini Gaxazi shohga gapirayotgan edi, haligi ayol shohdan oʻz uyi va dalasini qaytarib olish uchun soʻrab kelib qoldi.
— Shoh hazratlari! — dedi Gaxazi. — Bu oʻsha ayoldir. Ana, Elishay tiriltirgan oʻgʻli ham yonida turibdi.
6Shoh ayoldan boʻlib oʻtgan voqealarni soʻradi. Ayol shohga hammasini aytib berdi. Shundan soʻng shoh saroy amaldorlaridan birini chaqirib, ayol bilan birga joʻnatar ekan, amaldorga amr berdi:
— Bu ayolning hamma narsasi, bu yurtdan chiqib ketgan kundan boshlab bugungacha olingan jamiki daromadi bilan birga dalasi qaytarilsin.
Elishay va Oram shohi Banhadad
7Elishay Damashqqa keldi. Oram shohi Banhadad xasta edi. “Paygʻambar shu yerga kelibdi”, deb shohga xabar yetkazishdi. 8Shoh shunda Xazayil degan odamga#8:8 …Xazayil degan odam… — Banhadadning aʼyonlaridan biri boʻlishi mumkin. dedi:
— Birorta hadya olgin–da, paygʻambarga peshvoz chiq. U orqali Egamizdan soʻrab koʻr–chi, men shu kasallikdan xalos boʻlarmikanman.
9Xazayil Damashqdagi eng yaxshi hadyalardan qirqta tuyaga yuklab, Elishayni kutib olgani ketdi. Elishayning oldiga kelgach, unga shunday dedi:
— Oram shohi — qulingiz Banhadad meni sizning huzuringizga yubordi. “Shu kasallikdan xalos boʻlarmikanman yoki yoʻqmikan, bilib kel”, dedi.
10— Shohning huzuriga borib, albatta sogʻayib ketarkansiz, deb ayt, — dedi Elishay Xazayilga, — lekin Egamiz menga ayon qildi: shoh oʻladi.
11Xazayil uyatdan qizarguncha, Elishay uning yuziga tik qarab turaverdi. Keyin paygʻambar yigʻlay boshladi.
12— Hazratim nechun yigʻlayaptilar? — deb soʻradi Xazayil.
— Isroil xalqiga qiladigan yovuzliklaringni bilganim uchun yigʻlayapman, — dedi Elishay. — Sen Isroil xalqining qalʼalariga oʻt qoʻyasan, yigitlarini qilichdan oʻtkazasan, goʻdaklarini yerga urib oʻldirasan, homilador ayollarning qornini yorib tashlaysan.
13— Koʻppakdan farq qilmaydigan men, qulingiz, kim boʻlibmanki, shunaqa ishlarni qila olar ekanman?! — dedi Xazayil.
— Egamiz menga ayon qildi: sen Oram shohi boʻlasan#8:13 …sen Oram shohi boʻlasan… — ilgari Xudo buni Ilyos paygʻambarga ayon qilgan edi (3 Shohlar 19:15 ga qarang). Ilyos paygʻambar Elishayning ustozi edi., — deya javob berdi Elishay.
14Xazayil Elishayning huzuridan chiqib, hukmdori Banhadadning yoniga qaytib keldi.
— Elishay senga nima dedi? — soʻradi shoh Xazayildan.
— U menga aytdiki, siz albatta sogʻayib ketarkansiz, — deb javob berdi Xazayil. 15Ertasi kuni Xazayil koʻrpani olib, suvga botirdi–da, hoʻl koʻrpani shohning yuziga yopib, uni boʻgʻdi. Shunday qilib, Xazayil shohni oʻldirib, uning oʻrniga oʻzi shoh boʻldi.
Yahudo shohi Yohuram
16Yohushafat hali Yahudo shohi boʻlib turganda, uning oʻgʻli Yohuram ham taxtga oʻtirdi#8:16 Yohushafat hali Yahudo shohi boʻlib turganda, uning oʻgʻli Yohuram ham taxtga oʻtirdi — qadim zamonlarda ota bilan oʻgʻil bir vaqtning oʻzida taxtda oʻtirib hukmronlik qilgan hollar ham boʻlgan. Shoh ota vafot etgan paytda, oʻgʻil anchadan beri shohlikni boshqarib kelayotgan boʻlar edi.. Bu voqea Isroil shohi Yoram hukmronligining beshinchi yilida yuz berdi. 17Yohuram Yahudo shohi boʻlganda, oʻttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
18Xotini Axabning qizi boʻlgani uchun Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yoʻlidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi. 19Egamiz Oʻz quli Dovud haqi–hurmati uchun Yahudoni halokatga uchratishni istamadi, chunki Egamiz Dovudga: “Sening naslingga to abad soʻnmaydigan chiroq beraman”, deb vaʼda qilgan edi.
20Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi oʻzlarining mustaqil shohligini qurdilar. 21Shundan soʻng Yohuram#8:21 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram (shu bobning 23, 24–oyatlarida ham bor). hamma jang aravalarini boshlab Zoirga bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini oʻrab olgan edi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. Yahudo lashkari uylariga qochib ketdi. 22Oʻsha paytdan beri hozirgacha#8:22 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Edom xalqi Yahudo hukmronligidan ozoddir. Oʻsha davrda Libna shahri#8:22 Libna shahri — Quddusdan qariyb 20 kilometr gʻarbda joylashgan. ham isyon koʻtargan edi.
23Yohuramning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 24Yohuram olamdan oʻtdi. U Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Oxoziyo shoh boʻldi.
Yahudo shohi Oxoziyo
25Isroil shohi Yoram oʻn ikkinchi yil shohlik qilayotganda, Oxoziyo Yahudo shohi boʻldi. U Yohuramning oʻgʻli edi. 26Oxoziyo taxtga oʻtirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo boʻlib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi. 27Oxoziyo ham Axab xonadonining yoʻlidan ketdi. Axab nasliga oʻxshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Chunki u Axab xonadoniga qarindosh edi.
28Oxoziyo bilan Yoram birga Giladdagi#8:28 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi oʻlka. Ramoʻtga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Shoh Yoram shu urushda yarador boʻldi. 29U yarasini davolatish uchun Yizril shahriga#8:29 Yizril shahri — Isroilning shimolida, Ramoʻtdan qariyb 65 kilometr masofada joylashgan. qaytib keldi. Yahudo shohi Oxoziyo esa yaralangan Yoramni koʻrgani Yizrilga bordi.

Currently Selected:

4 Shohlar 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in