YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 24

24
24–BOB
1Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligi davrida Bobil shohi Navuxadnazar#24:1 Bobil shohi Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Yahudoga hujum qildi. Yohayiqim uch yil uning hukmdorligi ostida boʻldi. Oxiri u Navuxadnazarga qarshi isyon koʻtardi.
2Egamiz Oʻz qullari paygʻambarlar orqali aytganiga koʻra, Yahudo xalqiga qarshi Bobil#24:2 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi., Oram, Moʻab va Ommon bosqinchi toʻdalarini yuborib, bu yurt xalqini yoʻq qilmoqchi boʻldi. 3-4Egamizning amri bilan Yahudo xalqining boshiga koʻp kulfatlar keldi. Manashe qilgan barcha gunohlari uchun, aybsizlarning qonini toʻkkani uchun Egamiz Yahudo xalqini Oʻz huzuridan haydamoqchi boʻldi. Manashe Quddusni aybsizlarning qoniga botirgan edi. Egamiz Manasheni bu qilmishi uchun kechirmoqchi emasdi.
5Yohayiqimning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 6Yohayiqim olamdan oʻtgach, oʻrniga oʻgʻli Yohayixin shoh boʻldi.
7Misr firʼavni qaytib oʻz yurtidan tashqariga chiqmadi#24:7 Misr firʼavni qaytib oʻz yurtidan tashqariga chiqmadi — miloddan oldingi 605 yilda Karxamish shahridagi jangda Navuxadnazar Misr lashkarini magʻlub qildi. Ammo bir necha yildan soʻng orqaga chekinishga majbur boʻldi, Yohayiqim esa bundan foydalanib isyon koʻtardi (shu bobning 1–oyatiga qarang).. Bobil shohi Misrning shimoliy chegarasi — Misr chegarasidagi irmoqdan#24:7 Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmogʻi nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18, Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang). tortib, Furot daryosigacha firʼavnga qarashli boʻlgan hamma yerlarni bosib olgan edi.
Yahudo shohi Yohayixin
8Yohayixin oʻn sakkiz yoshida shoh boʻlib, Quddusda uch oy hukmronlik qildi. Onasining ismi Naxushta boʻlib, Qudduslik Elnatanning qizi edi. 9Yohayixin ham, otasi kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
10Oʻsha paytda Bobil shohi Navuxadnazarning lashkari Quddusni qamal qildi. 11Qamal paytida Navuxadnazarning oʻzi Quddusga keldi. 12Yahudo shohi Yohayixinning oʻzi, onasi, xizmatkorlari, lashkarboshilari, saroy aʼyonlari Navuxadnazarga taslim boʻldilar. Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida#24:12 Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida… — bu voqealar miloddan oldingi 597 yilda sodir boʻlgan. Yohayixin asirga olindi.
13Egamizning aytgani boʻyicha#24:13 Egamizning aytgani boʻyicha… — Egamiz aytgan bu soʻzlarning batafsil bayoni 20:16-18 da berilgan., Navuxadnazar Egamizning uyidagi va shoh saroyidagi barcha xazinalarni boʻshatdi. Isroil shohi Sulaymon Egamizning uyi uchun yasattirgan oltin ashyolarning hammasini maydaladi. 14Jamiki Quddus aholisini, beklarni, jasur sipohlarni, hunarmandlarni, temirchilarni, hammasi boʻlib oʻn mingta odamni asir qilib olib ketdi. Yahudo xalqining eng qashshoqlaridan boshqa hech kim bu yurtda qolmadi.
15Bobil shohi Navuxadnazar Yohayixinni asir qilgandan keyin, Bobilga olib ketdi. Yohayixin bilan birga uning onasini, xotinlarini, aʼyonlarini va yurtning obroʻli odamlarini ham Quddusdan Bobilga haydab ketdi. 16Bundan tashqari, hamma jasur sipohlarni — yetti mingta sipohni, jang qilishga qodir mingta hunarmand va temirchini ham asir qilib olib ketdi.
17Yohayixinning oʻrniga esa amakisi Mattaniyoni shoh qilib tayinladi va uning otini oʻzgartirib, Zidqiyo qoʻydi.
Yahudo shohi Zidqiyo
18Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh boʻldi va Quddusda oʻn bir yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Xamutal boʻlib, Libnalik Yeremiyoning#24:18 Yeremiyo — mashhur Yeremiyo paygʻambar emas, uning otdoshi. qizi edi. 19Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun 20Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan gʻoyat gʻazablangan, oqibatda ularni Oʻz huzuridan quvib yuborgan edi.
Quddus qulaydi
Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon koʻtardi.

Currently Selected:

4 Shohlar 24: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in