4 Shohlar 12
12
12–BOB
Yahudo shohi Yoʻsh
1Isroil shohi Yohu hukmronligining yettinchi yilida Yoʻsh#12:1 Yoʻsh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohoʻsh (shu bobning 2, 4, 6, 7, 18–oyatlarida ham bor). Yahudo shohi boʻlgan edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheba shahridan boʻlib, ismi Zibiyox edi.
2Yoʻsh umri boʻyi Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi, chunki ruhoniy Yohayido unga yoʻl koʻrsatardi. 3Lekin sajdagohlar#12:3 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. Baʼzi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar. hamon yoʻq qilinmagan, xalq hali ham oʻsha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi.
4Yoʻsh ruhoniylarga farmon berdi:
— Egamizning uyiga ehson sifatida olib kelingan kumushni, doimiy soliqni, vaʼda qilingan nazrni va ixtiyoriy berilgan hadyalarni toʻplanglar. 5Bu kumushlarni ruhoniylar olib keluvchilardan qabul qilib olib, Egamiz uyining buzilgan joylarini tuzatishga sarflashsin.
6Yoʻsh hukmronligining yigirma uchinchi yilida ham ruhoniylar Egamiz uyining buzilgan joylarini hali tuzatmagan edilar. 7Shundan keyin shoh Yoʻsh ruhoniy Yohayido bilan boshqa ruhoniylarni chaqirib:
— Nimaga Egamizning uyini tuzatmayapsizlar? — dedi ularga, — endi odamlardan kumush olmanglar. Olgan kumushlaringizni Egamizning uyini tuzatishga beringlar.
8Ruhoniylar xalqdan oʻzlari pul yigʻmaslikka va Egamizning uyi taʼmirlanishini nazorat qilmaslikka rozi boʻlishdi. 9Ruhoniy Yohayido bir quti olib, qopqogʻi ustidan teshik ochdi. Uni qurbongohning yoniga — odamlar Egamizning uyiga kiradigan joyning oʻng tomoniga joylashtirdi. Ostonada qorovul boʻlib turgan ruhoniylar Egamizning uyiga keltirilgan hamma kumushni qutiga tashlayverishdi. 10Qutida koʻp pul yigʻilgandan keyin, shohning mirzasi bilan oliy ruhoniy kelib, Egamizning uyiga keltirilgan kumushlarni qoplarga solib tortishardi. 11Tortilgan kumushlar Egamizning uyidagi ishlarning boshida turgan odamlarga berilardi. Ular esa bu kumushlarni Egamizning uyida ishlayotgan duradgor va binokorlarga, 12tosh teruvchilarga, sangtaroshlarga toʻlashar, uyni tuzatmoq uchun yogʻoch va tosh sotib olishga ishlatishar, uyni tuzatishga kerak boʻlgan boshqa ashyolarga sarf qilishardi.
13Egamizning uyida yigʻilgan kumush bu joy uchun kumush togʻoralar, qaychilar, togʻorachalar va karnaylar, har xil oltin yoki kumush buyumlar yasashga sarf qilinmadi. 14Bu kumushning hammasi ishlovchilarga toʻlashga va uyni tuzatishga sarf qilindi. 15Egamizning uyida ishlovchilarga pul taqsimlaydigan odamlardan hisob–kitob talab qilinmadi, chunki ular halol ishlashdi.
16Ayb va gunoh qurbonliklariga qoʻshib, zararni qoplash uchun beriladigan pul esa Egamizning uyiga olib kiritilmasdi. Bu pul ruhoniylarga tegishli edi.
17Oʻsha paytda Oram shohi Xazayil Gat shahriga#12:17 Gat shahri — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. hujum qilib, shaharni qoʻlga kiritdi. Keyin Quddusga hujum qilmoqqa qaror qildi. 18Yahudo shohi Yoʻsh esa ota–bobolari — Yahudo shohlari Yohushafatning, Yohuramning, Oxoziyoning va oʻzining Egamizga atagan hamma muqaddas nazrlarini, Egamizning uyidan va saroy xazinalaridan olingan jamiki oltinlarni Oram shohi Xazayilga yubordi. Shundan keyin Xazayil Quddusga hujum qilish qaroridan qaytdi.
19Yoʻshning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 20Shoh Yoʻshning aʼyonlari isyon koʻtarib, uni Silloga boradigan yoʻlda — Millodagi#12:20 Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni oʻpirilib ketgani uchun uni tuzatish shart boʻlgan. Tepalikning oʻpirilib ketgan joyi tuproq bilan toʻldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi. uyda oʻldirdilar. 21Uni oʻldirganlar Yoʻshning aʼyonlaridan Shimat degan odamning oʻgʻli Yoʻzabad bilan Shoʻmer deganning oʻgʻli Yohuzabad edilar. Yoʻsh Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Emoziyo shoh boʻldi.
Currently Selected:
4 Shohlar 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: