YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 11

11
11–BOB
Yahudo malikasi Otaliyo
1Otaliyo#11:1 Otaliyo — Isroil shohi Axabning qizi — Yahudo shohi Yoramning bevasi edi (8:16-18, 26 ga qarang). oʻz oʻgʻli shoh Oxoziyoning oʻldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxoziyoning jamiki urugʻini qirib tashlashga kirishdi. 2Shohning hamma oʻgʻillarini oʻldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning#11:2 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram. Yohusheva#11:2 Yohusheva — 2 Solnomalar 22:11 ga koʻra, Yohusheva ruhoniy Yohayidoning xotini edi (shu bobning 4–oyatiga qarang). degan qizi bor edi. Yohusheva Oxoziyoga oʻgay singil edi. Yohusheva Oxoziyoning oʻgʻli Yoʻshni shohning oʻgʻillari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Otaliyo bolani oʻldirmasligi uchun uni enagasi bilan birga Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. 3Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Egamizning uyida enagasi bilan birga yashirinib yurdi.
4Yettinchi yili ruhoniy Yohayido Xaryollik qoʻriqchilarning#11:4 Xaryollik qoʻriqchilar — shoh yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qoʻriqchilari boʻlib xizmat qilgan. lashkarboshilariga va saroy qoʻriqchilarining lashkarboshilariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Hammalarini Egamizning uyiga yigʻib, ular bilan ahd tuzdi. Hammalariga Egamizning uyida ont ichirgandan keyin, shohning oʻgʻli Yoʻshni ularga koʻrsatdi. 5Yohayido ularga shunday buyurdi: “Endi sizlar bunday qilasizlar: Shabbat kuni xizmatda boʻlgan qoʻriqchilarning uchdan biri shoh saroyini qoʻriqlashadi. 6Uchdan biri Sur darvozasini, uchdan biri esa saroy darvozasini qoʻriqlashadi va saroy qoʻriqchilari oʻrniga turishadi. 7Shabbat kuni xizmatda boʻlmagan boshqa ikki qism sipohlaringiz esa Egamizning uyi atrofida turib shohni qoʻriqlasin. 8Hamma qoʻlida quroli bilan shohni har tomondan oʻrab olsin, kim safga yaqinlashsa, oʻldirilsin. Shoh kirganda ham, chiqqanda ham, unga hamroh boʻlinglar.”
9Yuzboshilar ruhoniy Yohayidoning amrlarini soʻzsiz bajardilar. Har bir yuzboshi Shabbat kuni xizmatini boshlagan va xizmatini tugatgan qoʻriqchilarini olib, Yohayidoning yoniga bordi. 10Ruhoniy Egamizning uyida turgan shoh Dovudning nayzalariyu qalqonlarini yuzboshilarga tarqatdi. 11Shohni qoʻriqlash uchun uyning janub tomonidan shimol tomonigacha, qurbongohning va uyning atrofiga soqchilar jangga shay holda qoʻyildi.
12Yohayido Yoʻshni tashqariga olib chiqib, boshiga toj kiydirdi. Unga shohlik qonunlarini#11:12 shohlik qonunlari — yoki shohlik muhri. Bu oʻrinda ishlatilgan ibroniycha soʻz qonunlarning bir nusxasini (Qonunlar 17:18-19 ga qarang) yoki shohlik muhri boʻlgan uzukni bildiradi. Bunday muhr shoh hokimiyatining ramzi edi. berdi. Yoʻsh shoh deb eʼlon qilindi. Uning boshiga moy surtishdi, soʻngra: “Shohimizning umrlari uzoq boʻlsin!” deya olqishlab, qarsak chaldilar.
13Otaliyo qoʻriqchilar bilan xalqning shovqin–suronini eshitgach, Egamizning uyiga, u yerda yigʻilganlarning yoniga bordi. 14Qarasaki, odatga koʻra, Egamizning uyiga kiraverishdagi ustun oldida shoh turibdi, shohning atrofini lashkarboshilar, karnaychilar oʻrab olgan. Yurtning butun xalqi shod–xurram, karnay chalyapti. Shunda Otaliyo gʻazabdan liboslarini yirtib: “Xoinlik! Xoinlik!” deb baqirdi.
15Ruhoniy Yohayido yuzboshilarga: “U xotinni bu yerdan olib chiqib ketinglar, kimki unga ergashsa, qilichdan oʻtkazinglar”, deb buyruq berdi. Ruhoniy oʻsha ayolning Egamiz uyida oʻldirilishini istamadi. 16Otaliyo ushlandi va saroyning Ot darvozasiga keltirilib, oʻsha yerda qatl qilindi.
Yohayido qilgan islohotlar
17Ruhoniy Yohayido xalq, shoh va Egamiz orasida “Biz Egamizning xalqi boʻlamiz” deb ahd tuzdi. Undan keyin xalq bilan shoh orasida ham ahd tuzdi. 18Soʻng butun xalq Baalning uyiga borib, uni buzib tashladi, u yerdagi qurbongohlarni va Baalning tasvirlarini sindirdi, Baalning ruhoniysi Mattonni esa qurbongohlarning roʻparasida oʻldirdi. Ruhoniy Yohayido Egamizning uyiga qoʻriqchilar tayin qildi. 19Soʻngra yuzboshilarni, Xaryollik qoʻriqchilarni, saroy qoʻriqchilarini va jamiki xalqni yoniga olib, shohni Egamizning uyidan olib chiqdi. Ular qoʻriqchilar darvozasidan oʻtib, shohni saroyga olib keldilar va taxtga oʻtqazdilar. 20Otaliyo shoh saroyida oʻldirilgani uchun yurt xalqi sevindi. Quddus osoyishta boʻlib qoldi. 21Yoʻsh#11:21 Yoʻsh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohoʻsh. taxtga oʻtirgan paytda yetti yoshda edi.

Currently Selected:

4 Shohlar 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in