YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 8

8
8–BOB
Shoh Sulaymonning erishgan yutuqlari
1Sulaymon Egamizning uyini va oʻz saroyini yigirma yilda bitirgan edi. 2Soʻngra u shoh Xiram bergan shaharlarni qaytadan qurib, Isroil xalqini oʻsha shaharlarga joylashtirdi.
3Sulaymon Xomat–Zoʻvoga#8:3 Xomat–Zoʻvo — yoki Xomat va Zoʻvo (1 Solnomalar 18:9-10 ga qarang), bu yurtlar Damashqdan shimolda joylashgan edi. yurish qilib, u joyni qoʻlga kiritdi. 4U sahrodagi Tadmoʻr shahrini va Xomatdagi ombor shaharlarni tuzatib mustahkamladi. 5U yana Tepadagi Bayt–Xoʻronni va Pastki Bayt–Xoʻronni qaytadan qurdi, bu shaharlarni devor bilan oʻradi, tambalanadigan darvozalar oʻrnatdi. 6Baalat shahrini, oʻzining hamma ombor shaharlarini, hamma jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari#8:6 otliqlar — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz otlar maʼnosini ham ifodalashi mumkin. turadigan shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi. 7Kanʼonda qolib ketgan Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi. 8Isroil xalqi ularning bu yurtda qolib ketgan avlodlarini qirib bitirmagan edi. Sulaymon oʻsha qolib ketganlarini qarol qilib oldi. Ular bugungacha#8:8 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. bor. 9Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini qarollik uchun qul qilmadi. Aksincha, ularni shohning sipohlari, aʼyonlari, jang aravalarining qoʻmondonlari va suvorilarining qoʻmondonlari lavozimiga tayinladi. 10Sulaymonning ishboshilari 250 kishi boʻlib, ular odamlar ustidan nazoratchi edilar.
11Sulaymon firʼavnning qizini Dovud qalʼasidan unga atab barpo qilgan yangi saroyga koʻchirtirdi. U shunday degan edi: “Mening xotinim Dovud qalʼasida ortiq yashay olmaydi, chunki Egamizning Sandigʻi saqlangan har qanday joy muqaddasdir.”
12Sulaymon Maʼbad ayvonining qarshisida qurgan qurbongoh ustida Egamizga qurbonliklar kuydira boshladi. 13Bu qurbonliklarni u Musoning talablariga rioya qilgan holda, Shabbat kunlarida, yangi oy shodiyonalarida va yilda bir martadan nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramida, Hosil bayramida#8:13 Hosil bayrami — ibroniycha matnda Haftalar bayrami, Hosil bayramining yana bir nomi. va Chayla bayramida keltirar edi. 14Sulaymon, otasi Dovud joriy qilgan qoidaga koʻra, ruhoniylar va levilarning xizmatlarini taqsimlab berdi. Levilar Egamizni madh qilishda va kundalik ishlarda ruhoniylarga yordam berardilar. Sulaymon Maʼbad darvozabonlarini ham guruhlarga boʻlib, har bir darvozada ularning har kuni qiladigan ishlarini taqsimlab berdi. U bularning hammasini Xudoning odami Dovudning farmoniga muvofiq qildi. 15Shoh Dovudning ruhoniylarga, levilarga, xazinalarga va boshqa narsalarga oid birorta koʻrsatmasi eʼtibordan chetda qolmadi.
16Shunday qilib, Sulaymon hamma ishni oʻz nihoyasiga yetkazdi. Egamiz uyining poydevori qoʻyilgandan boshlab, to uy tamomila qurilib boʻlguncha bajarilgan hamma ish muvaffaqiyatli boʻldi. 17Shundan soʻng Sulaymon Edom yurtidagi Qizil dengiz#8:17 Qizil dengiz — ibroniycha matnda dengiz. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qoʻltigʻiga (yaʼni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qoʻltigʻiga) ishora qiladi. qirgʻogʻida joylashgan Ezyoʻn–Geber va Elet shaharlariga ketdi. 18Shoh Xiram oʻz kemachilari va tajribali dengizchilari boshchiligida kemalarni Sulaymonga joʻnatdi. Ular Sulaymonning odamlari bilan birga Ofir yurtiga#8:18 Ofir yurti — Arabiston yarim orolining janubida joylashgan boʻlishi mumkin. Ofir oltini eng sifatli oltin hisoblangan. suzib borib, u yerdan Sulaymonga 960 pud#8:18 960 pud — ibroniycha matnda 450 talant, taxminan 15 tonnaga toʻgʻri keladi. oltin keltirib berdilar.

Currently Selected:

2 Solnomalar 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in