2 Solnomalar 17
17
17–BOB
Yahudo shohi Yohushafat
1Yohushafat otasi Oso oʻrniga shoh boʻldi, u Isroildan oʻzini himoya qilish uchun mudofaani kuchaytirdi. 2U Yahudodagi hamma mustahkam shaharlarga harbiy qismlarni joylashtirdi. Yahudo yerlarida hamda otasi Oso qoʻlga kiritgan Efrayim shaharlarida koʻplab qoʻnolgʻalar oʻrnashtirdi. 3Yohushafat otasi Osodan#17:3 otasi Oso — ibroniycha matnda otasi. Baʼzi ibroniy qoʻlyozmalarida va qadimiy yunoncha tarjimada otasi Dovud. Bu oʻrinda Oso hukmronligining dastlabki yillariga ishora qilingan boʻlsa kerak, chunki oʻsha paytlarda Oso Xudoning yoʻlidan yurardi (14:2-6, 11, 15:8-15 ga qarang), hukmronligining soʻnggi yillarida esa u Xudoga suyanmay qoʻygandi (16:7-12 ga qarang). oʻrnak olib, uning ilk hukmronligi yillariga taqlid qilgani uchun Egamiz u bilan birga boʻldi. Yohushafat Baalga sigʻinmay, 4otasining Xudosiga intildi, Isroil shohlari yoʻllaridan yurmasdan, Xudoning amrlariga itoat etdi. 5Shuning uchun Egamiz uning hokimiyatini mustahkam qildi. Butun Yahudo xalqi Yohushafatga oʻlpon toʻlardi, u katta boylik va shuhrat topdi. 6Egamizga itoat qilishdan u zavq olar edi. Shu bois, u Yahudodagi sajdagohlarni#17:6 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang. yoʻqotdi, Asheraga#17:6 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. atalgan ustunlarni chopib tashladi.
7Hukmronligining uchinchi yilida xalqqa taʼlim berish uchun oʻz aʼyonlari Banxayilni, Obodiyoni, Zakariyoni, Natanilni va Mixiyoni Yahudo shaharlariga joʻnatdi. 8Levilardan Shamayo, Nataniyo, Zabadiyo, Osoyil, Shamiromoʻt, Yoʻnatan, Odoniyo, Toʻviyoxu va Toʻdoniyo hamda ruhoniylar Elishama va Yohuram ularga hamroh boʻldilar. 9Ular Egamizning Tavrot kitobini olib, Yahudoning hamma shaharlariga borishdi va xalqqa taʼlim berishdi.
10Yahudo atroflaridagi xalqlarga Egamiz qoʻrquv soldi, shuning uchun oʻsha xalqlar Yohushafatga qarshi urush qilmadilar. 11Baʼzi Filistlar Yohushafatga katta miqdorda kumushni oʻlpon qilib olib keldilar. Arablar ham 7700 ta qoʻchqor va 7700 ta taka olib keldilar. 12Yohushafat tobora kuchayib boraverdi. U Yahudoda qalʼalar va ombor shaharlar qurdirdi. 13U yerga koʻp miqdorda oziq–ovqat toʻpladi. Quddusga tajribali bahodir jangchilarni joylashtirdi. 14Bu jangchilar xonadonlari boʻyicha safarbar qilingan edilar:
Yahudo qabilasining sipohlariga lashkarboshi Adnah edi. Uning qoʻli ostida 300.000 nafar bahodir jangchi boʻlib, ular 1000 nafar jangchidan tashkil topgan boʻlinmalarga boʻlingan edilar.
15Ikkinchi lashkarboshi Yohuxanon edi, uning qoʻli ostida 280.000 nafar sipohi bor edi.
16Uchinchi lashkarboshi Zixri oʻgʻli Amasiyo edi, uning qoʻli ostida 200.000 nafar sipohi bor edi. Amasiyo oʻz xohishi bilan Egamizga xizmat qilayotgan edi.
17Benyamin qabilasining sipohlariga lashkarboshi Elyodax edi. U bahodir jangchi boʻlib, qoʻli ostida yoy va qalqon bilan qurollangan 200.000 nafar sipohi bor edi.
18Elyodaxning oʻng qoʻl yordamchisi Yohuzabad edi, uning qoʻli ostida qurollangan 180.000 nafar sipohi bor edi.
19Bu jangchilar shohga Quddusda xizmat qilar edilar. Bulardan tashqari, shoh mustahkam shaharlarga boshqa harbiy qismlarni joylashtirgan edi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: