2 Solnomalar 16
16
16–BOB
Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qiladi
1Oso hukmronligining oʻttiz oltinchi yilida Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qildi. Odamlar Yahudo yurtiga osonlikcha kirib chiqa olmasligi uchun, Basho Rama shahrini#16:1 Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda, Efrayim qirlarida joylashgan. mustahkamladi. 2Oso Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalardan kumush va oltinlarni olib, Damashqda oʻtirgan Oram shohi Banhadadga joʻnatdi. Oso unga shu xabarni ham yubordi: 3“Sening otang bilan mening otam oʻrtasida ittifoq boʻlgani kabi, sen bilan mening oʻrtamda ham ittifoq boʻlsin. Senga kumush va oltin berib yuboryapman. Isroil shohi Basho bilan ittifoq tuzgan eding, endi oʻshani bekor qil, toki u yurtimdan joʻnab qolsin.”
4Banhadad shoh Osoning taklifini qabul qildi, lashkarboshilariga: “Isroil shaharlariga hujum qilinglar”, deb ularni oʻsha yoqqa yubordi. Ular Iyxon, Dan, Ovil–Bayt–Maxo#16:4 Ovil–Bayt–Maxo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ovil–Mayim. Uning Ovil–Bayt–Maxo degan shakli 3 Shohlar 15:20 dan olingan. shaharlarini va Naftali hududidagi barcha ombor shaharlarni bosib oldilar. 5Basho bu voqeani eshitgach, Ramani mustahkamlash fikridan voz kechib, ishni toʻxtatib qoʻydi. 6Shoh Oso jamiki Yahudo xalqini chaqirtirib, ularga Rama shahrini mustahkamlashda Basho ishlatgan tosh va yogʻochlarni tashittirdi. Oso oʻsha tosh va yogʻochlar bilan Gebo hamda Mispax shaharlarini mustahkamladi.
7Shu vaqtda valiy Xonin Yahudo shohi Osoning huzuriga kelib, unga aytdi:
— Sen Egang Xudoga suyanmasdan, Oram shohiga suyanding. Shuning uchun Oram shohining lashkarini qoʻldan boy berding. 8Nahotki Habashistonliklar#16:8 Habashistonliklar — ibroniycha matnda Kushliklar. 12:3 izohiga qarang. bilan Liviyaliklar esingda boʻlmasa?! Ular son–sanoqsiz lashkarlari, koʻplab jang aravalari va otliq sipohlari bilan kelgan edi–ku. Oʻshanda Sen Egamizga suyanganing uchun, Egamiz ularni sening qoʻlingga bergan edi. 9Egamiz yer yuzidagi hammani kuzatib turadi, Unga sodiq boʻlganlarga U kuch–qudrat beradi. Sen aqlsizlarcha ish tutding. Bundan buyon sening boshing urushdan chiqmaydi.
10Oso valiyning bu gaplaridan gʻazablandi. U gʻazab ustida valiyni zindonga tashladi. Xalqdan baʼzilarini ham shafqatsizlarcha eza boshladi.
Oso hukmronligining oxirgi davri
11Osoning butun faoliyati boshidan oxirigacha “Yahudo va Isroil shohlari kitobi”da yozib qoldirilgan. 12Hukmronligining oʻttiz toʻqqizinchi yilida Osoning oyoqlari ogʻriydigan boʻlib qoldi. Uning ahvoli juda ogʻir boʻlishiga qaramay, u kasallik paytida ham Egamizga yuzini burmadi, faqat tabiblardan yordam soʻradi. 13Nihoyat, Oso qirq bir yil hukmronlik qilib, olamdan oʻtdi. 14Uni attorlar tayyorlagan turli–tuman ziravorlar bilan toʻla tobutga yotqizdilar. U Dovudning qalʼasida, oʻzi uchun qoyada oʻydirgan qabrga dafn qilindi. Uning sharafiga katta gulxan yoqdilar.
Currently Selected:
2 Solnomalar 16: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020